Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet92/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Вауоппота


shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha jamoaning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Yig‘ilish stenografiya usulida (stenografik) yoki diktofon yordamida yozib olinayotgan (fonografik) bo‘l- sa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomo­nidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Muassasa nomi.

  2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘i- lishning nomi).

  3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).

  4. Yig‘ilish sanasi.

  5. Shartli raqami.

  6. Yig'ilishjoyi.

  7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo‘lsa).

  8. Yig'ilish raisi va kotibining familiyasi.

  9. Matn:

  1. qatnashuvchilar ro4yxati yoki soni;

  2. kun tartibi;

  1. eshitildi;

  2. solzga chiqdilar;

  3. qaror qilindi.

  1. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).

  2. Imzolar.

Bayonnomani tuzishda ularning huquqiy jihatdan to‘laqonliligini ta’minlash kerak. Buning uchun bayonno- mada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo4lishi, ular to‘g‘ri rasmiylashtirilishi lozim.
Doimiy maslahat organi yig‘ilishining bayonnomasida yigMlishda ishtirok etuvchilar soni ko‘rsatilishi juda muhimdir, chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul qilish va uning qonuniy bo'lishi uchun ishtirokchilaming nizom bo4yicha yetarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi.


219


Ma 'lumot-axborot hujjatlari




Ma’muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma bir necha sahifadan iborat boMsa, faqat birinchi sahifa bosma ish qog‘ozida, qolgan betlari esa oddiy qog‘ozda yoziladi.
Yig‘ilish o‘tkazilgan kun bayonnomaning sanasi hisobla­nadi. Muntazam ish ko'mvchi organlar bayonnomasining tar- tib raqami kalendar yili bo‘yicha izchil davom etadi.
Majlis bayonnomasida qatnashuvchilar ro‘yxati beril- ganda, doimiy a’zolar va taklif etilganlar familiyasi alohi- da-alohida alifbo tartibida qayd etiladi. Taklif etilganlar soni

  1. kishidan oshmasa, ularning familiyasini, qavs ichida esa ish joyini ko‘rsatish kerak.

Kcngaytirilgan majlislarda ishtirok etuvchilaming soni ko‘rsatiladi va qatnashuvchilar ro‘yxati majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.
Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo‘lib, kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan berila­di. Har qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ularning o‘zaro tartibi masalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab belgilana- di. Majlis bayonnomasida KUN TARTlBlni bosh kelishikda ifodalash va bosh (katta) harflar bilan yozish kerak.
Kun tartibidagi masalalami bayon qilishdama’ruzachining ismi, familiyasi, lavozimini alohida jumla bilan yozish maq- sadga muvofiqdir.
Ba’zan kun tartibining oxirgi qismida «Turli masalalar» sarlavhasi bilan alohida qism beriladiki, bu maqsadga muvofiq emas, chunki kun tartibidagi har bir masala aniq va ravshan bo‘lishi lozim.
Matnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga mu­vofiq joylashadi. Har bir bo‘lim uch qismdan iborat bo£ladi: ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQDILAR, QAROR Q1LINDI. Agar kun tartibida ikki yoki undan ortiq masala ko‘riladigan bo‘lsa, «ESHITILDI» so‘zidan oldin kun tartibidagi ma-


220



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling