Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet93/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Bayonnoma


salalaming raqami qo‘yiladi, so‘zdan keyin csa ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan ma’ruzachining ismi, familiyasi bosh kelishikda yoziladi. Familiyadan so‘ng tire qo‘yilib, ma’ru- za yoki xabaming qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar ma’ruza matni tayyor holda bo‘lsa, tiredan keyin «Matn ilova qilinadi» deb yozib qo‘yiladi.
«SO‘ZGA CHIQDILAR» birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi. Zaruriyatbo‘lganda, qavs ichida har bir so‘z- lovchining ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi. Masalan: SO‘Z- GA CHIQDILAR: A.I. Rahimov (maktab direktori) - ...
Majlisda berilgan savollar ham bayonnomada yoziladi. Ma’ruzachiga savollar va ularga beriladigan javoblar «So'zga chiqdilar» bo'limiga kiritiladi va ko‘rsatilgan tartibda rasmiy- lashtiriladi («savob va «javob» so‘zlari o‘mida so‘rovchining ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi; javob beruv- chining ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi esa faqat savolga ma’ruzachining o‘zi javob bermagan hollardagina ko‘rsatiladi).
Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masa­la bo‘yicha qaror qabul qilinadi. «QAROR QILINDI» bi­rikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohi- da «ESHTTILDI», «SO‘ZGA CHIQDILAR», «QAROR QILINDI» sarlavhalari qo‘yiladi va so6zlovchilar nutqining qisqacha mazmuni, qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi (223-betdagi 1-ilovaga qarang).


221


Ma ’lumot-axborot hujjatlari




BAYONNOMADAN KO‘CHIRMA
Zaruriy at tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlar- dan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidek, bayonnomadan ko‘chirma ham imzo bilan tas- diqlanadi. Bayonnomadan kolchirma quyidagi asosiy qism- lardan iborat:

  1. Tashkilot nomi.

  2. Hujjat nomi (Bayonnomadan ko‘chirma).

  3. Sana (majlis o‘tkazilgan sana).

  4. Shartli raqam.

  5. Bayonnoma tuzilgan joy.

  6. Matn:

  1. KUN TART1BI;

  2. ESHITILDI;

d) QAROR QILINDI.

  1. Imzolar.

  2. Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi (muhr bilan).

Ba’zan bayonnomadan ko‘chirmalarda yig‘ilishda qatna-
shuvchilaming familiyasi yoki soni, shuningdek, ko‘rilgan masala bo‘yicha muhokamada ishtirok etganlar familiyasi ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Bayonnomaning matn qismlaridan faqat tashkilot yoki shaxsga yetkazilishi kerak bolgan qismigina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bo4Isa, kerakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi.

  1. ilovada bayonnomadan ko'chirma shakli, 3-^4-ilovalar- da esa uning namunalari berildi.


222


Bayonnomadan ко ‘chirma





Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling