Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Hujjallarni «uning o‘rniga» degan ibora, shuningdek, lavozim nomi oldiga qiya chiziq bilan imzolashga у о “I qovilmaydi


Download 0.58 Mb.
bet18/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Hujjallarni «uning o‘rniga» degan ibora, shuningdek, lavozim nomi oldiga qiya chiziq bilan imzolashga у о “I qovilmaydi.

36




Komissiya raisi

(imzo)

V. Mahmudov

Komissiya a’zolari

(imzolar)

A. Hakimov







R. Abrorov







B. Nabiycv


Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzo- langanda, ulaming imzolari egallab turgan lavozimlariga mu- vofiq ustma-ust navbat bilan joylashtiriladi. Masalan:

Institut direktori

(imzo)

Z. Hoshimov

Bosh hisobchi

(imzo)

V. Sobirov


Hujjat lavozimlari teng bir necha shaxslar tomonidan imzolanganda, ulaming imzolari egallab turgan lavozimlariga muvofiq ketma-ket navbat bilan joylashtiriladi. Masalan:

0‘zbekiston Respublikasi

Alisher Navoiy nomidagi

Moliya vaziri

0‘zbekiston milliy




kutubxonasi direktori

O. Nasriddinxo‘iayev

U. Teshaboyeva

(imzo)

(imzo)


Elektron hujjat aylanishi jarayonida elektron raqamli im- zolardan elektron hujjatlami tasdiqlashda foydalanilmoqda.


37


Hujjat turlari va xususiyatlari




Elektron raqamli imzo elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot- da xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining cgasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo turidir. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elek­tron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilin­gan, faqat imzo qo^uvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo4jallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi. Elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo o‘z shartlarga rioya etilgan taqdirda qog‘oz hujjatga qoida qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi.1
@). «Kelishuv ustxati». Kelishish hujjat loyihasini dast- labki ко‘rib chiqish va baholash usulidir. Kelishish tashkilot ichida ham (turli tarkibiy bo‘linmalar va mansabdor shaxslar bilan), uning tashqarisida ham (hujjat loyihasidagi masala- larga obz vakolatlariga muvofiq bevosita munosabati boMgan bo‘ysunuvchi va bo‘ysunmaydigan tashkilotlar bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Hujjat loyihasini ichki kelishish imzolovchining shaxsiy imzosi va imzolash sanasini o‘z ichiga olgan viza bilan ras- miylashtiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda imzolovchining lavozi- mi ko'rsatilishi mumkin. Uning imzosini ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi bilan ko'rsatib yozish shart.
Masalan:


KELTSHILDI
0‘zR Moliya vazirligi reja bo‘limi boshlig‘i (imzo) A. Usmonov


1 0‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonuni. 2003-yil 11 -dekabr.


38


Hujjat turlari va xususiyatlari




Hujjat kollegial organ bilan kelishilishi lozim boigan hol­larda «kelishuv ustxati»da hujjat nomi bosh kelishikda ko‘rsa- tilib, sana va tartib raqami qo‘yiladi. Masalan:
KELISHILDI
«0‘zbekturizm» milliy kompaniyasi mehnat jamoasi
kengashi yig‘ilishi bayonnomasi. 2019-yil U-fevral. 3-son.
Agar hujjat kelishuvi boshqa hujjat vositasida amalga oshirilsa, «Kelishuv ustxati»da o‘sha hujjatning turi, muallifi (tashkilot nomi), sanasi, shartli raqami ko‘rsatiladi. Masalan:
KELISHILDI
«0‘zstandart» agentligi xati. 2019-yil 15-mart. 7/05-09-son


Hujjat loyihasi bo'yicha mulohazalar va qo‘shimcha- lar alohida varaqda bayon qilinadi va bu haqda loyihada te­gishli belgi qo‘yiladi. Ustxat belgisi hujjatlaming tashkilotda qoldirilayotgan nusxalariga - old tomoniga, «imzo» rekviziti ostiga qo‘yiladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling