Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet19/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

«Rozilik belgisi (viza)» hujjatning ichki kelishuvini ifodalaydi. «Viza» so‘zi aslida lotin tilida «ko‘ri!gan», «qa- rab chiqilgan» ma’nosini berib, amaliyotda biron-bir hujjatni tayyorlagan shaxsning bu hujjatga mas’ulligini tasdiqlovchi imzosini, shuningdek, mansabdor shaxsning muayyan hujjat- dagi tikrga (iltimos yoki talabga) roziligini anglatadi. Shu o‘rinda pasportdagi chet elga chiqishga ruxsat berilganligini bildiradigan belgi ham ko‘chma ma’noda «viza» deb atalishi- ni eslatib o‘tish mumkin. «Rozilik belgisi», ya'ni «viza»da shaxsiy imzo, uning yoyilmasi, sanasi, zarur holatlarda ro­zilik bildirayotgan shaxsning lavozimi qo‘yiladi. Masalan:
Yuriskonsult
(imzo) M. Begmatov
2019.16.05


39


Hujjat turlari va xususiyatlari




Rozilik belgisini qo‘yuvchi shaxslarda hujjat matni yuza­sidan e’tiroz boTgari taqdirda, bu rekvizitga «Rozi emasman», «E’tirozim bor», «7-bandiga qo‘shilmayman», «Mulohazalar ilova qilindi» kabi iboralar qo‘shilishi mumkin.
Hujjatning tashkilot ichidagi kelishuvini belgilashda (roziligini olishda) quyidagi ketma-ketlikka rioya etiladi:

  • hujjatni tuzuvchi shaxs;

  • hujjat tuzilgan tarkibiy boiinma rahbari;

  • tashkilot ichidagi boshqa manfaatdor bo‘linmalar man­sabdor shaxsi;

  • jamoat tashkilotlari (zaruriyatga qarab);

  • moliya yoki hisobxona xizmati rahbari;

  • tashkilotning mazkur yo'nalish faoliyatiga rahbar]iк qi- luvchi o‘rinbosari;

  • tashkilot yuriskonsulti, huquqshunosi yoki huquqiy xiz­mat rahbari;

Tegishli hujjat bilan tanishtirish ham «rozilik belgisi» bi­lan rasmiylashtiriladi.
Rozilik yoki tanishish belgisi «imzo» rekviziti ostiga qo‘yiladi. Agar jo‘natilayotgan hujjat bo‘lsa, «Rozilik belgi­si» tashkilotda qoladigan hujjat nusxasiga, boshqa hujjatlarda esa birinchi nusxasiga qo‘yiladi.
@). «Muhr». Muhim hujjatlar (pul mablag‘lari va moddiy boyliklaming sarflanishini qayd qiluvchi mansabdor shaxs- lar, shuningdek, huquqiy hujjatlar - ishonchnomalar, shart- nomalar, buyurtmanomalar, kafolat xatlari va boshqalarda nazarda tutilgan javobgar shaxslar imzolari) haqiqiyligini tasdiqlash uchun muhr qo‘yiladi. Muhr gerbli (davlat ger­bi tasviri tushirilgan) va oddiy bo‘ladi. Tijorat tuzilmalarida oddiy yumaloq muhrdan foydalaniladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling