Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet186/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Hujjatlar ustida ish lash tartiboti


Hujjatlar ijrosini nazorat qilish
0‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mu- him vazifalarini hal etish muayyan darajada qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
О‘zbekiston Respublika­si Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarining barcha dav­lat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o‘z vaqtida va samarali bajarilishini tashkil etishning aniq yo‘lga qo‘yilgan tizimi bilan belgilanadi. Ushbu talabni hisobga olib, 0‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g4risida» 1999-yil 12-yan- vardagi 12-sonli Qarori qabul qilingan. 0‘tgan davr mobayni- da masalaning dolzarbligini va qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishning shakl va metodlari doimiy ravishda takomil- lashtirib borildi va uning monitoringi kuchaytirildi. О‘zbekis­ton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktyabrdagi PQ- 3962-sonli «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to"g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Bu borada Hukumatning metodik tavsiyalari ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining ish yuritish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomasiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilgan bar­cha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat qilishga quyidagilar kiradi:

  1. Hujjatni nazoratga olish.

  2. Hujjatning ijrochiga o‘z vaqtida yetib borishini tek- shirish.

  3. Ijroning borishini tekshirish va yo‘naltirib turish.

  4. Hujjatlar ijrosini nazorat qilishni umumlashtirish va hisobga olish.

Ijroni nazorat qilishni tashkil etishdan asosiy maqsad hujjat ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashdir. Nazoratni rahbar- lar, devonxona xodimlari, mas'ul ijrochilar olib boradilar.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, far- moyishlari va topshiriqlari, shuningdek, О‘zbekiston Res-


451


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti




publikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 1999-yii 12-yanvardagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan Asosiy qoi- dalarga muvofiq amalga oshiriladi. Unda bunday hujjatlarni nazorat qilishning maxsus tizimi ishlab chiqiJgan.

Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, hujjat jo‘natilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak. Shu tarzda hujjat­lar ijrosining muayyan huquqiy muddati davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari, shuningdek, boshqaruvning markaziy va tarmoq organlari hujjatlari bilan belgilanadi. Ijroning yakka tartibdagi muddatini esa tashkilot rahbari bel- gilaydi.
Ijro etish muddatlari hujjat imzolangan (tasdiqlangan) sanadan boshlab kalendar kunlarda hisoblanadi. Ijro etish- ning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki rahbar rezolyutsiyasida ko‘rsatiladi.
Hujjatlaming ijro etilishini to‘xtatib qo‘yish, shuningdek, ulami bekor qilish yoki o‘zgartirish huquqiga faqat hujjatni tuzgan yuqori tashkilot va davlat nazorat organlari egadirlar. Ijrochining uzrli sababi bilan hujjatning bajarish muddatini o'zgartirishga to‘g‘ri kelsa, undan. bu haqda bildirishnoma olingach, rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Ijro muddati­ni boshqa kunga ko'chirish rahbaming yangi rezolyutsiyasida ifodalanadi va undan nazorat qog‘ozchasiga o‘tkaziIadi.
Ijroning nazoratini tashkil qilish uchun ro‘yxatga olish-na- zorat varaqchasidan foydalaniladi. Bu varaqcha, yuqorida ta’kidlanganidek, hujjat ro‘yxatga o'tkazilayotgan paytda tu­ziladi.
Ro‘yxatga olish-nazorat varaqchasi qismlari hujjat qayer- dan tushganiga qarab farqlanadi. 5-ilovaning 1-a, 1-b shakl- larida (458-, 459-betlar) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, topshiriqlarining bayonnomalari, topshiriqlari (yozma va og‘zaki), O'zbekiston Respublikasi


452


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti




Prezidenti Kotibiyati va Davlat maslahatchilarining topshiriq- larini; 6-ilovaning 2-a, 2-b shakllarida (460-, 461-betlar) esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror- lari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari, 0‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rin- bosarlarining topshiriqlari, tashkilot kollegial organlarining buyruqlari, qarorlarini ro‘yxatga olish-nazorat varaqchasi ko‘rsatildi. Shakllardan ko‘rinib turibdiki, nazorat qilinadi- gan hujjatlar varaqcha!ari (nazorat varaqchasi) hujjatlami ijro etish muddatlari, ijro etuvchilar, hujjatlar guruhlari bo"yicha turkumlanadi.

Ijroning borishini tekshirish barcha bosqichlarda muddati tugaguncha quyidagi tartibda amalga oshiriladi: keyingi yillar topshiriqlari - yiliga kamida bir marta; joriy yitning keyingi oylari topshiriqlari - har oyda kamida bir marta; joriy oy va- zifalari - har o‘n kunda va muddati tugagunga qadar besh kun awal.
Devonxona faqat ijroni amalga oshirishning rasmiy mud- datini kutib o'tirmay, ogohlantirish nazoratini ham olib boradi, ya’ni faqat ijro muddati yaqinlashganini eslatibgina qolmaydi, balki ijro holatiga aniqlik kiritadi, belgilangan muddat buzi- lishining sababini ochib beradi va buni bartaraf etish chorasini ko‘radi.
Hujjat vazifalar, topshiriqlar, so‘rovlar bajarilgandan so‘ng, natijalari manfaatdor muassasalarga va shaxslarga xabar qilingandan keyin yoki ijro hujjatlari tasdiqlangandan key in ijro etilgan deb hisoblanadi va nazoratdan chiqariladi. Ijro natijalari ro‘yxatga olish-nazorat varaqchalarida belgila­nadi.
Nazorat xizmati (guruhi) tarkibiy bo‘Iinmalarda hujjatlar­ning bajarilishi bilan bog‘liq ishlaming ahvolini doimo tahlil qiladi, tegishli rahbarlami ular tomonidan ta’sirchan choralar ko‘rish uchun ijro intizomining ahvoli to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qiladi, keyingi oyda ijro ctilishi lozim


453








Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling