Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Muqaddima
Mazkur tarixiy nutqda ta’kidlanganidek, «dunyodagi qadi- miy va boy tillardan biri bo'lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, beba- ho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir». Albatta, bu bebaho boylik, buyuk qadriyat milliy o‘zlikning asriy ildizlari sifa- tida o‘zbck qavmining ona tilisi sifatida o‘zbekning milliy- ma’naviy dunyosini charog‘on qilib tursa, davlat tili sifatida ko'p millatli mamlakatimiz fuqarolari qalbiga bir davlatga, bir yurtga mansublik, birdamlik tuyg4ilarini joylaydi, ulami yagona davlat ramzi sanalmish bayroq, gerb, madhiya kabi muqaddas timsollar singari bir yurtning sadoqatli farzand- lari o‘laroq birlashtiradi. Aytish mumkinki, ana shu ma’noda o‘zbektili 0‘zbekistonda faqatbir emas, balki ikki ijtimoiy-si- yosiy va ma’naviy-ma’rifiy vazifani bajarmoqda, ana shunday zalvorli va muazzam vazifalami yelkasiga ortmoqlagan holda takomil yoilaridan jadal odimlamoqda. Davlatimiz rahbari 2019-yil 21-oktyabr kuni imzolagan «0‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tub- dan oshirish chora-tadbirlari to‘glrisida»gi Farmonida haq- li ravishda alohida qayd etganidek, «bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o^z milliy man- faatlarini ta’minlash, bu borada, avvalo, o4z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga jiddiy ahamiyat qaratishi tabiiydir». Davlatimiz rahbarining mazkur Farmonida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi hayotimizning barcha jabhalari- da to‘la-to‘kis joriy qilinishi uchun tegishli chora-tadbirlar aniq belgilab berilgan, mazkur maqomning muntazamligi uchun davlat va boshqa tashkilotlar, fuqarolarning mas’ullik intizomi ko‘rsatilgan. Aytish joizki, shu tarzda bir necha o‘n yillar davomida tilimiz rivoji borasida harakatga kelolmagan mexanizmlar bugun faol va samarador harakatga kelmoqda. Ayni paytda shuni ham hech mubolag‘asiz aytish joizki, bugun davlat tilining taraqqiyoti, uning nufuzini oshirish, unga teran muhabbat va ehtirom tarbiyasi borasida ham tamo- 4
mila yangi bosqich boshlandi, so‘z va ish birligi tamoyili rost o‘zanlarda namoyon bo‘la boshlamoqda. Davlatimiz rahbari tajribali tabibday tilimiz tomirlarini qo‘lida tutib, uning dard-u og‘riqlariga malham topmoqda, qaddini ozod ko‘tarishi va emin-erkin faoliyati uchun madad berish yo‘llarini ko‘rsat- moqda. Mamlakatimizning milliy yuksalishday ulug‘ va ezgu maqsadlarga erishuvida ona tili - davlat tili bcnazir tayanch- dir. Shuning uchun ham Prezidentimiz o‘z nutqlarida «davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur»ligini alohida uqtirdilar. 0‘zbek tilining ham ona tili, ham davlat tili sifatidagi taraqqiyotini ta’minlash, hech bir shubhasiz, milliy manfaat- larimiz himoyasining tamallarini tashkil etadigan muqaddas harakatlardan hisoblanadi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamen- ti bugun ana shunday harakatlaming boshini qovushtirish, bu boradagi ishlarga yangicha ruh berish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Shuningdck, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nu- fuzi va mavqeini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-ama- liy tadqiqotlami qo‘llab-quwatlashi, o‘zbek tilining boy ifoda imkonlarini ko‘rsatadigan izohli va terminologik lug'atlami nashr etish, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalaming o'zbe- kona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, pirivordida esa har bir fuqaro qalbida davlat tiliga ehtirom tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Davlat tilining jadaljoriy qilinishidagi o‘zakmasalalardan biri mamlakatimizda ish yuritish tizimini to‘lasicha o'zbek tiliga o‘tkazishdan iborat. Bunda ish yuritish bo‘yicha turli, hat- to aniq sohalar bo‘yicha qoilanmalar yaratish va ko‘p nusxa- larda nashr qilish ham alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda turli soha xodimlarining ish yuritish borasidagi bilim va malakalarini muntazam oshirib borish ham zaruriy ehtiyojlardandir. Shuning uchun ham hukumatning 2020- yil 3-martdagi qaroriga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling