Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Muqaddima
Toshkent davlat o4zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida bududlardagi davlat universitetlari va pedagogika institutlari qoshida bo'linmalarga ega bo4lgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etildi. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor boiishi, kundalik so‘zlashuv tili dan tashqari, rasmiy ish yuritish til ini ham bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dchqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, ban bir, hech bo‘lmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to‘glri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili ha- qida»gi Qonunimizning o‘zak moddalari (8-14-moddalar)da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qila- di. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil boMgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamt- yati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o4zaro munosa- batlaridagi muayyan muhim holatlami muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792 -1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094-yil- lar)ning qonunlari1 va boshqa manbalaming mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog'li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum- larning almashinishi, aniqrog‘i, kishilar o'rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlaming takomillashishi baro- barida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o'rxun-enasoy, sug‘d, 1 Qarang: Кьера Э. Они писали на глине. - М., 1984, стр. 124. 6
eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman, yozma manbalar ma’lum. Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o‘rinda Tobxtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag‘aylaga yo'llagan yorlig'i, Temur Qutlug‘ning 1397-yilda- gi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg^lonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i,’ Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797-yil 2-iyunda Peterburgga — Rossiya podshosiga o4z elchilari orqali yuborgan yoriig‘r va boshqalami eslab o‘tish mumkin. Mazkur davr yorliqlarida o‘ziga xos lisoniy qolip shakl- langan, yorliqlar matn jihatidan an’anaviy tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan. Masalan, eslab o‘tilgan yoriiqlaming birinchisi «To‘xtamish so‘zim Yag‘aylag‘a» deb, ikkinchisi «Temur Qutlug‘ so‘zim» deb, uchinchisi esa - «Sulton Umarshayx Bahodur sokzim» deb boshlangan. Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek, albalta, yorliq yozilgan sana va joy ko‘rsatilgan.^ XIX asrda Qo‘qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri «patta»lardir.4 Pattada ma’lum kishiga muayyan miqdor- dagi pul, mahsulot, urug‘ (don) yoki boshqa narsalami berish Jozimligi haqida ma’lumot aks ettirilgan. Patta mamlarida ham o‘ziga xos doimiy muayyan tarkib va nutqiy qolip bor- ki, bu ham o'zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir. 1 Qarang: Sodiqov Q. Eski uyg‘ur yozuvi. T. 1989, 34-35-betlar. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling