Davlat transport universiteti


Shahar ko’chalarida yoritish inshootlarini loyihasi va joylashtirish tartibi to’g’risida ma’lumotlar


Download 0.59 Mb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1592878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nuriddin Salomov Diplom ish.

Shahar ko’chalarida yoritish inshootlarini loyihasi va joylashtirish tartibi to’g’risida ma’lumotlar.

Transport vositalari, piyodalar harakat xavfsizligini ta’minlash, qorong‘uda yo‘lning o‘tkazish xususiyatini oshirish uchun statsionar yoritish vositalari ko‘zda tutiladi. Ularning loyihasi tuzilganda quyidagi talablarga amal qilish kerak:


-yoritish vositalarining turi va joylashtirish usuli tanlanganda yo‘l qatnov qismi o‘rtacha yorug‘lik me’yorlariga muvofiq yoritilishi, yo‘l yoqasi va trotuarlar o‘rtacha gorizontal yoritilishi ta’minlanishi kerak:
yorqinlik taqsimlanishining bir tekisligi (qatnov qismi alohida nuqtalarida maksimal yorug‘likning minimal yorug‘likka nisbati);
ko‘z qamashtirish ko‘rsatgichi;
-nur manbaalari yorishishining o‘zgarishi, ustun va yoritgichlarning joylashishi, qatnov qismi xavfli zonadagi yorug‘likning oshishi xavfli zonalarni (yo‘l kesishadigan, birlashadigan, torayadigan joylar, piyodalar o‘tish joylari, avtobus bekatlarini ) ajratib ko‘rsatishi kerak.
-ustun va yoritgichlarni oqilona joylashtirib, yo‘l yoqasidagi yorug‘lik manbaalari yorug‘ligini o‘zgartirib, haydovchini chalg‘itadigan reklama, vitrina chiroqlari, yo‘l yaqinidagi ob’ektlarni qo‘riqlash maqsadida o‘rnatilgan chiroqlar ta’sirini kamaytirib haydovchi yo‘lda mo‘ljalni to‘g‘ri olishiga yordam berish;
-yo‘lning murakkab va xavfli qismida yorug‘lik keskin o‘zgarishiga, yoritiladigan va yoritilmaydigan uchastkalar almashinishiga yo‘l qo‘ymaslik, yo‘lning yoritiladigan qismlari bir-biridan 250 m dan kam oraliqda joylashgan bo‘lsa yoritish uzluksiz bo‘lishini ta’minlash;
-yoritiladigan qismdan yoritilmaydigan qismga o‘tganda, uzunligi 150-250 m bo‘ladigan o‘tish zonasini tuzib qatnov qismi yoritilishi ohista kamaytirilishigi erishish;
-estetika talablariga javob beradigan, yo‘l me’morchilik ansambli va undagi inshootlar ko‘rinishini buzmaydigan yoritish jihozlarini ishlatish;
-yoritish asboblarini yo‘l transport hodislariga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l va yo‘l kesishgan joylar elementlariga o‘rnatmaslik;
-avtomobil urilganda qarshiligi kam bo‘ladigan tayanchlar ishlatish.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling