Davlat transport universiteti


Avtomobil yo‘llaridagi statsionar yoritgichlar quyidagi joylarga qo‘yilishi kerak


Download 0.59 Mb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1592878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Nuriddin Salomov Diplom ish.

Avtomobil yo‘llaridagi statsionar yoritgichlar quyidagi joylarga qo‘yilishi kerak:
-aholi punktlariga;
-birinchi 5 yil ishlatilganda harakat jadalligi 20 ming avt./sutka bo‘ladigan I toifa yo‘llarga;
-I va II toifali yo‘llar bir-biri bilan bir darajada yoki turli darajada kesishgan, turli darajadagi kesishgan yo‘llarga birikkan yo‘llarda, ularga yaqinlashish joylarida o‘tish-tezlashish polosasi boshlangan joydan kamida 250 metr joyda;
-temir yo‘llardan o‘tish joylarida;
-I va II toifali yo‘llardagi avtomobil tonnellarida va ularga yaqinlashish joyida, tonnel boshlanishidan 150 m oldin;
-I-III toifalari yo‘llarda, agar ular ostidagi o‘tish joyining uzunligi 30 m dan oshsa;
-avtobus bekatlarida, er osti o‘tish yo‘llarida, klublar, kinoteatrlar va piyodalar ko‘p yig‘iladigan boshqa, tunda yo‘l-harakat hodisasi bo‘lish ehtimoli ko‘p bo‘ladigan joylarda, ko‘cha yoritilmaydigan aholi punktlarida elektr quvvati ta’minotigacha masofa 2 km bo‘lganda, Davlat avtomobil nazorati talablari e’tiborga olinib;
Aholi pukntlaridan tashqaridagi yo‘llar, ko‘priklar (yo‘l o‘tkazgichlar) qatnov qismining o‘rtacha yorug‘ligi quyidagicha bo‘lishi kerak:
- I toifalari yo‘llarda 0,8 kd/m2 ;
- II toifali yo‘llarda 0,6 kd/m2 ;
- turli darajada kesishgan yo‘llarga birlashgan yo‘llarda 0,4 kd/m2 .
Yo‘l yoqasining o‘rtacha gorizontal yoritilishi quyidagicha bo‘lishi kerak:
- I toifali yo‘llarda 8 lk;
-II toifali yo‘llarda 6 lk;
-turli darajada kesishgan yo‘llarga birlashgan yo‘llarda 4 lk.
Ko‘priklar (yo‘l o‘tkazgichlar) o‘rtacha gorizontal yoritilishi aholi punktlaridagi trotuarlarni yoritish me’yorlariga muvofiq belgilanadi.
Avtomobil yo‘llaridagi tonnellar va (uzunligi 60 m dan oshiq) yo‘l o‘tkazgichlar ostidagi yo‘llarning yoritilish me’yori kamida 15 lk deb qabul qilinadi, maksimal yoritilishning o‘rtachaga nisbati esa 3:1 dan ko‘p bo‘lmaydi. Tashqi yoritish vositalarining ko‘z qamashtirishi 150 dan oshmasligi kerak.
Yoritgich ustunlari odatda yo‘l to‘shamasi qoshidan kamida 0,5 m narida o‘rnatiladi. Balandligi 3 m dan baland ko‘tarmalarda tayanch o‘rnatish uchun o‘lchami 2x2 bo‘lgan, ko‘miladigan berma kovlanadi. Ko‘tarma bundan balandroq bo‘lganda, qiyalik barqaror bo‘lsa tayanch uzunligi 5-6 m, kallakli qoziqoyoqqa o‘rnatiladi. Tuproq bo‘sh bo‘lsa yoki abadiy muzoq tumanlarda tayanch yog‘och to‘siq bilan o‘ralgan kotlovanga o‘rnatiladi, yon tomoni zax qochiradigan tuproq bilan to‘ldiradi. Istisno tariqasida (3 m dan baland 3 ko‘tarmada, yo‘l uchun ajratilgan joy yoni barqaror bo‘lmaganda, tayanch o‘rnatilishiga kabel, havodan o‘tgan aloqa liniyalari yoki elektr uzatish liniyalar xalaqit berganda) tayanchlarni yo‘l yoqasida yoki (kengligi kamida 3 m bo‘lganda) ajratish polosasida o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Yoritgich tayanchini tuproqda mahkamlash sxemasi.
a) – tuproq sharoiti yaxshi bo‘lganda; b) – g‘ovak tuproqda; 1 - ustun; 2 - kallak; 3 - qoziqoyoq; 4 – yog‘och quti.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling