Yoritish tizimidan foydalanish
Foydalanish jarayonida yoritish vositalarining svetotexnik samaradorligi yo‘l turli nuqtalari yoritilishi o‘lchab o‘rganiladi. Yoritilishni YU-116 yoki YU-117 lyuksometrlar bilan o‘lchash tavsiya qilinadi. Tashqi yoritish vositalarining samaradorligi asosan ulardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Foydalanish davrida asosan yoritgichlarni chang va kirdan tozalab turish lozim. Yoritgichlar kirlanganda ularning foydali ish koeffitsienti keskin pasayadi, ko‘zguli va aralash aks ettirgichli yoritgichlar nur egilish kuchini buzadi.
SHahar hududida yoritgichlarni yiliga kamida ikki marta tozalab turish tavsiya qilinadi. Aks ettiruvchi bilan tarqatuvchi shisha sovunli suvda yuvilib, so‘ng yumshoq mato bilan quriguncha artiladi. Quruq changni quruq mato bilan artish yoki havo oqimi bilan tozalanishi mumkin. Yoritgichlar o‘rnatilgan joyida ham ustaxonada ham tozalanishi mumkin. Albatta, kuygan lampochkalar imkoni boricha tez almashtirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |