Davlat transport universiteti


Yoritish tizimi loyihasini tuzish


Download 0.59 Mb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1592878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Nuriddin Salomov Diplom ish.

Yoritish tizimi loyihasini tuzish
Ko‘chalar, yo‘llar, transport echimlari, tonnel va boshqa transport inshootlarining yoritilish loyihasini tuzish yorug‘lik texnikasi va elektrotexnik qismlardan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, texnik iqtisodiy asoslash ishlab chiqilishi, yoritish vositalari va ularni joylashtirish variantlari solishtirilishi kerak. Tashqi yoritish loyihasini ishlab chiqish bir-biri bilan bog‘liq quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
yorishish me’yorini tanlash (yoritiladigan territoriyaning hammasi uchun bir xil yoki uning alohida qismlari uchun har xil bo‘lishi kerak);
yoritish tizimini tanlash;
yorug‘lik manbaasini tanlash;
yoritish asboblari turini tanlash;
yoritiladigan territoriyada yoritish asboblarini joylashtirish variantlarini ishlab chiqish;
yoritish asbobi hisobini bajarish;
loyihaning elektrotexnik qismi;
variantlar texnik iqtisodiy asoslarini taqqoslash va loyiha borasida so‘nggi qaror qabul qilish. Tashqi yoritish loyihasi yangi qurilayotgan avtomobil yo‘li loyihasining bir qismi yoki foydalanayotgan yo‘l uchun alohida loyiha bo‘lishi mumkin. Loyihaning yoritish texnikasi qismi SNiP II-4-79 «Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalash me’yorlari» talablariga muvofiq yo‘l to‘shamasi o‘rtacha yoritilish me’yoriy ko‘rsatgichi belgilanishini nazarda tutadi. Bunday hollarda B toifa ko‘chalar, yo‘llar va maydonlar uchun gorizontal yorishish darajasi 6 lk, V toifadagi ko‘chalar va yo‘llarda to‘shamasi o‘tuvchi bo‘lganda 4 lk va past toifali to‘shamalarda 2 lk bo‘ladi.
SHahar chetidagi yo‘llarning o‘rtacha yoritilishi kamida 0,8 kd/m2 bo‘lishi kerak. Yo‘l to‘shamasi yuqori darajada yoritilishi uchun nur manbai kuchli, haydovchilarning ko‘zini qamashtiradigan yoritish moslamalari ishlatishi kerak. Harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan va yoritish jihozlari tejamli bo‘lishi uchun qamashtirish koeffitsienti 1,15 ga teng qilib olinadi. Qamashtirish koeffitsienti qancha baland bo‘lsa, ko‘rish sharoiti shunchalik yomon bo‘ladi. Qamashtirish koeffitsienti ruxsat etilgan darajada bo‘lishi uchun yoritgich ilinadigan balandlik to‘g‘ri topilishi kerak.
«Yoritish vositasi – yo‘l to‘shamasi» tizimi variantlari loyihasini tuzish uchun yo‘l to‘shamasining turi aniqlanadi. SHundan so‘ng bir-biridan svetotexnik xususiyati bilan farq qiladigan har bitta yo‘l to‘shamasi uchun yoritgichlar joylashtiriladigan optimal koordinata, nur manbaalarining turi va quvvati, yoritish jihozlarini o‘rnatish va ishlatish xarajatlari hisoblanadi. YUqoridagi iqtisodiy ko‘rsatgichlarni belgilab, umumiy xarajatlarni hisoblab, qulay variant tanlanadi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling