Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari


Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat


Download 0.51 Mb.
bet14/37
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185910
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari

Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1. О`ziga xos ommaviy hokimiyatning – davlat hokimiyatining mavjudligi, ya`ni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining borligi.
2. Aholining hududlar bо`yicha uyushganligi. Bu fuqarolarning davlat chegaralari doirasida, muayyan ma`muriy-hududiy birliklarda yashashini bildiradi.
3. Suverenitet, ya`ni ichki va tashqi siyosatni о`tkazishda mustaqil bо`lish.
4. Huquq ijodkorligi, ya`ni davlat hududida yashovchi barcha kishilar rioya etadigan qonunlarni chiqarishga qodirlik.
5. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam ta`minlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni tо`p-lash.
6. Umuminsoniy funksiyalarni (vazifalarni) bajarish, ya`ni hu-dudni kо`riqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.
Davlat hokimiyatining о`ziga xos xususiyatlari
Davlat hokimiyati — ijtimoiy hokimiyatning bir turidir. «Davlat hokimiyati» tushun«siyosiy hokimiyat» tushunchasiga yaqin turadi. Bir guruh huquqshunos olimlar siyosiy hokimiyat davlat hokimiyatidan kengroq tushuncha, deb hisoblaydilar. Chunki siyosiy hokimiyat faqat davlat tomonidangina emas, balki jamiyat siyosiy tizimining boshqa tarkibiy qismlari bо`lmish siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqalar tomonidan ham amalga oshiriladi. Ikkinchi guruh mualliflar esa «siyosiy hokimiyat» va «davlat hokimiyati» tushunchalari sinonim deb hisoblaydilar.
Davlat hokimiyatining о`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, davlat hokimiyati butun jamiyatga joriy etiladi;
ikkinchidan, davlat hokimiyati ommaviysiyosiy xarakterga ega;
uchinchidan, davlat hokimiyati davlat majburloviga tayanadi;
tо`rtinchidan, davlat hokimiyati maxsus shaxslar, ya`ni mansabdor shaxslar, davlat xizmatchilari, siyosatdonlar va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi;
beshinchidan, davlat hokimiyati soliklar tizimini о`rnatadi;
oltinchidan, davlat hokimiyati axrlining hududiy belgisi bо`yicha bо`ladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling