Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari


Download 0.51 Mb.
bet15/37
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185910
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari

Davlatning mohiyati
Davlat — syyosiy hokimiyat tashkiloti bо`lib, muayyan hududda turli sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy. va boshqa manfaatlarni amalga oshirishga kо`maklashadi.
Davlatning mohiyati uning faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Davlatni uning faoliyati bilan aralashtirmaslik kerak. Davlat faoliyati uning muayyan voqelik sifatida namoyon bо`lishidir. Har bir davlat u yoki bu jamiyatda tutgan о`rniga qarab о`z mohiyatiga ega bо`ladi.
Davlatning mohiyatini aniqlashda shakl va mazmun jihatiga e`tibor berish zarur:
birinchidan, har qanday davlat — siyosiy hokimiyat tashkiloti. Bu masalaning shakliy tomoni.
ikkinchidan, davlat kimning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu masalaning mazmun jihatidir.
Davlatning mohiyatiga asosan ikki xil (sinfiy va umumijtimoiy) yondashuvlarni kо`rsatish mumkin.
Sinfiy yondashuvda davlat ik,tisodiy hukmron sinfning siyosiy hokimiyatining tashkiloti sifatida qaraladi. Bunda davlat faqat hukmron sinfning manfaatlarini ta`minlashga xizmat qiladi, uning umuminsoniy jihati ikkinchi darajali bо`ladi.
Umumijtimoiy yondashuvda davlat turli sinf va ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini kelishtiruvchi siyosiy hokimiyat tashkiloti sifatida namoyon bо`ladi.
Davlatning mohiyatiga taalluqli bu ikki asosiy yondashuvdan tashqari, yana diniy, milliy, irqiy va boshqa yondashuvlarni kо`rsatish mumkin. Ular muayyan, bir davlat siyosatida milliy, Diniy, irqiy va boshqa manfaatlar ustuvor ahamiyatga ega bо`lganda ayniqsa muhimdir. Demak, davlatning mohiyati murakkab va kо`p qirrali. Davlatning mohiyati sinfiy va umumijtimoiy xususiyatlar bilangina cheklanmaydi. Har qanday davlatning mohiyati aniq tarixiy sharoitlardan kelib chiqadi, unda u yoki bu jihatlar ustunlik qiladi.


Davlatning mohiyati tо`g`risidagi nazariyalar


Davlatning mohiyatini ilmiy о`rganish uchun faqat sinfiy yondashuv kifoya emas. Bu о`rinda davlat tutrisidagi turli nazariyalardan, ya`ni «elitar», «texnokratik davlat», «plyuralistik demokratiya», «umumiy farovonlik davlati» kabilarning xulosa va qoidalaridan foydalanish zarur.
Davlatning paydo bо`lishi, davlat hokimiyatining mohiyati, maqsadi, vazifalari, davlat rivojlanishining yullari tо`g`risida har xil nazariyalar mavjud. Bu davlatning murakkab ijtimoiy hodisa ekanligi, uning utmishda va xozirgi kundagi turlituman shakllari, ayni paytda davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish, undagi faoliyatining har xil sinf va ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga dahldorligi bilan bog`liq. Bu obyektiv omil.
Agar muammoga ilmiy nuqtai nazardan yondashilsa, u turli mualliflarning har xil mafkuraviy va siyosiyfalsafiy nuqtai-nazarlari bilan ham bog`liqligini kо`rish mumkin.
Davlat haqidagi nazariyalarni tо`rt guruhga ajratish mumkin.
Birinchidan, davlatning mohiyati haqidagi nazariyalar;
Ikkinchidan, davlatning maqsad va vazifalari tо`g`risidagi nazariyalar;
Uchinchidan, davlat faoliyatining vosita va usullari tо`g`risidagi nazariyalar;
Tо`rtinchidan, davlatning rivojlanish yо`llari va istiqbollari tо`g`risidagi nazariyalar.
Turli huquqshunosolimlar davlat bilan bog`liq muammolar tо`g`risida mulohaza yuritib, qayd etilgan masalalarning barchasiga u yoki bu yusinda murojaat etadilar. Turli guruhlarga oid nazariyalar umumiylikka ega bо`lgan har xil nazariyalarni vujudga keltiradi.
Davlatning modiyati haqidagi nazariyalarga quyidagilarni kiritish mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling