Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari


Download 0.51 Mb.
bet12/37
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185910
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari

О`tish davri davlatlari


Mustamlakachilik asoratidan ozod bо`lgan mamlakatlardagi davlat tabiatini tahlil etish katta qiziqish uyg`otadi. Ularda aksariyat shunday vaziyat vujudga keladiki, unda birorta ham sinf hokimiyatni olish va uni о`z qо`lida saqlab turish uchun yetarlicha kuchga, uyushqoqlikka ega bо`lmaydi, Bunday mamlakatlarda aksariyat turli ijtimoiy kuchlarning bloki vujudga keladi, ular umummilliy manfaatlar asosida birlashadilar. Biroq bunday birlashmalar aksariyat vaqtinchalik bо`ladilar va umummilliy manfaatlarni yechish asnosida ularda sinfiy yoki umumijtimoiy manfaatlarning kuchayishi vujudga keladi. Shu bois, davlatning bunday tipini о`tish davri davlati deb atash mumkin.
Biroq bunday vaziyat uncha kо`p uchramaydi. Aksariyat hokimiyat sinfiy kuchlar bloki qо`lida emas, balki kichik partiyaviy, harbiy yoki boshqa turdagi elita qо`lida bо`lib, u umumijtimoiy vazifalarni amalga oshiradi, eng avvalo, о`z manfaatlarini kо`zlab ish yuritadi.
Bundan tashqari, an`anaviy sinfiy yondashuv bir ijtimoiyiqtisodiy formatsiyadagi davlatlar orasida mohiyatan farqlar mavjudligini tushuntirmaydi. Chunonchi, hozirgi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) davlati bilan aparteid davridagi JAR davlati о`rtasida farq mavjud. Yoxud sobiq sovet davlati stalinizm va «qayta kurish» davrlarida turli mohiyatga ega davlat edi. Ushbu muammolar davlat mohiyatining yana bir jihatidan kelib chiqqan holda tushuntirilishi mumkin. Shunga qaramay, davlatning umumijtimoiy moxhiyati (sinfiy mohiyat singari) hokimiyat munosabatlarida kо`rinadi. Bu yerda davlat hokimiyatining aholining katta qismiga taalluqliligi xususida emas, balki jamiyatning qо`lida davlat hokimiyati bо`lgan qismi tо`g`risida ran bormokda.

Hozirgi zamon davlatlarining turlari


Hozirgi kunda huquqshunoslik fanida davlatlar totalitar, avtoritar, liberal va demokratik davlatlarga bо`lib о`rganilmokda. Bunday tasniflash tobora keng qо`llanilmokda. Uning о`ziga xos jihatlari bor.
Totalitar davlatda «davlat — hamma narsa, inson esa — hech narsa» degan g`oya hukmronlik qiladi. Barcha hokimiyat hukmron elita qо`lida bо`lib, boshqalar davlatni boshqarishdan chetlatiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling