Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari


Download 0.51 Mb.
bet8/37
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185910
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari

Davlat tipologiyasi — davlatning mohiyatan о`ziga xos xususiyatlarini ajratishda yoki biror tipga mansubligini belgilashda foydalanadigan ta`limot, bilimlar tizimidir.
Demak, davlat tipologiyasi — davlatlarni muayyan mezon asosida turlarga ajratish, tasniflashdir. Huquqshunoslik fanida davlat tipologiyasiga ikki xil yondashuvni sinfiy va ma`rifiy — ajratib kо`rsatish mumkin.


Davlat tipologiyasiga sinfiy yondashuv


Birinchi yondashuv — sinfiy yondashuv bо`lib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni ijtimoiyiqtisodiy formatsiyalar hisoblanadi. Davlat ishlab chiqarish munosabatlari tipiga kо`ra, iqtisodiy bazis ustidagi element sifatida — quldorlik, feodal, burjua va sotsialistik davlat tiplariga bо`inadi. Bu tipologiya davlatlarning sinfiy tipologiyasi deb ataladi.
Bu tipologiyada, birinchidan, davlatlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlatlar о`z taraqqiyotida ma`lum bosqichlarni о`tishini ularning tabiiy-tarixiy xarakteri kо`rsatadi.
Sinfiy tipologiyaning kamchiliklari quyidagilardan iborat: birinchidan, barcha davlatlarni bu tipologiya doirasiga kiritish mumkin emas;
ikkiichidan, bu tipologiyada milliy, madaniy, diniy va boshqa bir qator omillarga yetarlicha e`tibor berilmaydi.


Davlat tipologiyasiga ma`rifiy yondashuv
Ikkinchi yondashuv — sivilizatsiya1[4] mezoniga asoslangan davlat tipologiyasidyr. Bu yondashuvda ma`naviy belgilar, ya`ni madaniy, milliy, diniy, psixologik va boshqalar tipologiyaning asosiy mezoni hisoblanadi. Bu tipologiyani davlatlarning ma`rifiy (sivilizatsiyaviy) tipologiyasi deb atash mumkin.
Bu yondashuvning kо`zga kо`ringan vakili A. Toynbidir. Uning fikricha, sivilizatsiya — jamiyatning milliy, diniy, jugrofiy va boshqa belgilarining yaxlitligi bilan ajralib turadigan muayyan holatidir. Shu belgilarga kо`ra, davlatlarni Sharq, va Rarb sivilizatsiyasi asosida — Fapo va Sharq davlatlariga, qadimiy va о`rta asrlar sivilizatsiyasiga kо`ra — qadimiy va о`rta asrlar davlatlariga bо`lish mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling