3. «Umumiy farovonlik davlati» nazariyasi. Mazkur nazariya ikkinchi jadon urushidan sо`ng paydo bо`lgan va u ilgari mavjud bо`lgan, davlatning ijtimoiy dayotga aralashmasligi ta`limotiga qarama-qarshidir. Bunda huquqbuzarlik holatlari istisno etiladi («davlat tungi qorovuldir» nazariyasi). Uning mohiyati 30-yillarda D. Keyns tomonidan ifoda etilgan. Mazkur nazariya D. Myurdal, G. Pigu, K. Boulding, V. Mundlarning tadqiqotlarida rivojlantirilgan. Bu nazariyaning bosh g`oyasi — davlatning sinflar ustidan maqomidir. Shu bois, u aholining barcha qatlamlari manfaatlarini ifoda etishi, barchaning farovonligini ta`minlashi lozim. Mazkur nazariyaning vujudga kelish sabablari rivojlangan mamlakatlardagi aholi hayot darajasining yuqori darajada ta`minlanganligi, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yirik davlat dasturlarining amalga oshirilganligidir. Bu nazariya har bir insonning qadr-qimmatiga e`tibor beradi, uning manfaatlarini davlat faoliyatining asosi deb hisoblaydi.
Mazkur nazariyaning ijobiy jihati, fikrimizcha, umuminsoniy qadriyatlar va inson huquqlarining ustuvorligi unga asos qilib olinganligidir.
4. «Texnokratik davlat» nazariyasi. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vujudga kelib, 60-70 yillarda ancha keng tarqaldi. Ushbu nazariya tarafdorlari orasida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell kabi olimlar bor. Bu nazariya elitar nazariya tgishiniga juda uxshab ketadi. Lekin u xozirgi voqelikni ham inobatga oladi.
Mazkur nazariyaga kо`ra, jamiyatni mutaxassis boshqaruvchilar, menedjerlar boshqarishlari lozim (aksariyat hollarda ular chindan ham boshqaradilar). Ayni paytda shular jamiyatning haqiqiy ehtiyojini, uning oqilona rivojlanish yо`llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodir. Bu jamiyatning ilmiy asoslangan progressiv rivojini ta`minlaydigan boshqaruv imkonini yaratadi. Mazkur ta`limotning g`oyalaridan boshqa nazariyalarda ham faol foydalanilmoqda, chunki ular faqat davlatning moxiyatiga emas, balki uning boshqa jihatlariga ham taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |