Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari
Ma`rifiy tipologiyaning ijobiy tomonlari
Download 0.51 Mb.
|
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shu bilan birga, davlatlarning ma`rifiy tipo logiyasi ham bir k,ator kamchiliklarga eta. Ular kuyi dagilardan iborat
- Davlatning tarixiy tiplari tushunchasi
Ma`rifiy tipologiyaning ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat: birinchidan, ma`lum sharoitlardagi madaniy omillar tipologiyaning asosiy mezoni qilib olinadi; ikkinchidan, ma`naviy mezonlarning kо`pligi, muayyan sivilizatsiya ning о`ziga xos xususiyatlari tipologiyani aniq amalga oshirishga imkon beradi.
Shu bilan birga, davlatlarning ma`rifiy tipologiyasi ham bir k,ator kamchiliklarga eta. Ular kuyidagilardan iborat: birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetarlicha hisobga olinmaydi; ikkinchidan, bu tipologiya davlat tipologiyasiga qaraganda, kо`proq jamiyat tipologiyasidir. Sivilizatsiyaviy tipologiya sinfiy yondashuvdan ancha keng. Ma`rifiy tipologiyada davlat sivilizatsiya maxsuli sifatida namoyon bо`ladi. Davlatning tarixiy tiplari tushunchasi Tipologiya davlat tipi degan ilmiy tushunchani ajratib kо`rsatishga olib keladi. Davlatning tipi quyidagi xususiyatlardan iborat: birinchidan, davlatning tipi, iqtisod, ishlab chiqarish usuli, ijtimoiyiqtisodiy formatsiyalarning tabiatiga bog`liq bо`lgan hokimiyatning sinfiy taalluqligidan kelib chiqadi, Davlatdagi hokimiyat odatda, qо`lida ishlab chiqarish vositalari mavjud bо`lgan iqtisodiy jihatdan hukmron sinfga xizmat qiladi; ikkinchidan, sinfiy manfaatlarning aks etishiga asoslangan bir mohiyatli hokimiyatga ega davlatlar guruhi birlashtiriladi. Bu davlatlarni quldorlik, feodal, burjua va sotsialistik davlatlarga bо`lishga olib keladi; uchinchidan, davlatning tipi biror davlatning uyushganligi, maqsadga intilishi, amal qilish va rivojlanishidagi umumiy, jо`z`iy jihatlarni belgilashga imkon beradi; tо`rtinchidan, bir tipdagi davlatlardan keyin boshqa tipdagi davlatlar, ya`ni quldorlik davlatidan sо`ng feodal davlat, feodal davlatdan sо`ng burjua davlati kelishi qonuniyatlari aniqlangan. Albatta, oxirgi almashuv (burjua davlati bilan sotsialistik davlat almashuvi)da oldingi tiplarning о`zaro almashuv qonuniyatlari tarixan tasdiqlandi. Davlat va huquqning mohiyati hamda mazmunini chuqur tushunib yetish uchun umumiylikdan xususiylikka, davlat va huquq umumiy tushunchasidan qadimiy davr davlati va huquqi tushunchasiga, о`rta asrlar davlati va huquqi tushunchasidan yangi va hozirgi zamon davlati va huquqi tushunchasiga tomon borish va kurib chiqish lozim. Shunda muammoni yanada aniqlashtirish muayyan davlat va huquqni о`rganib bо`lib, davlat va huquq tarixi va nazariyasini о`rganishga о`tishga imkon beradi. Kishilik jamiyati tarixi uch katta tarixiy davrdagi davlat va huquqning uch turini, ya`ni qadimiy, о`rta asr va yangi zamon davlati va huquqi tizimini bergan. Jamiyat, davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyati ana shunday. Tarixning taraqqiyot yо`li shundan iborat. Kishilik jamiyati о`zining quyi bosk;ichidan yuqori bosqichiga, qadimiy jamiyatdan о`rta asrlarga, undan yangi va hozirgi zamon jamiyati tomonga rivojlanadi, buning teskarisi bо`lmaydi. О`z taraqqiyotida ba`zi bosqichlarni chetlab о`tish, ba`zi taraqqiyot bosqichini boshqa mamlakatlardan farqri о`larok; boshdan kechirish mumkin, lekin bunda taraqqiyotning bosh yо`li barcha xalqlar uchunumumiy bо`lib qolaveradi, ular kishilik sivilizatsiyasshteng umumiy qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Shunisi xarakterliki, jamiyat taraqqiy etgan sari xalqlarning bir-birlari bilan munosabati, bir-biriga ta`siri ham tobora oshib boradi. Buni shunda kо`rish mumkinki, ibtidoiy-jamoa tuzumidan davlatli jamiyatga о`tish ba`zn xalqlarda eramizdan bir necha ming yil oldin. boshqa xalqlarda esa kо`p asrlardan keyin boshlangan. Dunyo miqyosida о`rta asrlarga о`tishdn kо`ra ozroq vaqtni oldi. О`rta asrlardan yangi zamonga о`tish bundan ham tezroq bо`ldi. Huquqshunoslik fanida, aynikra sovet davridagi huquqshunoslikda, asosan tо`rt tipdagi — quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik davlatlar farqlanadi. Fikrimizcha, ilk ikki tiplar faqat Yevropada mavjud bо`lgan, qolgan hududlarda — Osiyoda, Afrikada, Amerikada esa davlatlar boshqacha tipga mansub bо`lganlar. Ularni Rarbdagi davlatlardan farqli ravishda, davlatning sharqona tipiga mansub deyish mumkin. Ular bir-biridan ham mohiyat, ham funksiyalari, ham jamiyat hayotidagi roli, vazifasi, shakli, faoliyat metodlari, maqsadlari jihatidan farq qiladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling