Davlat tuzilish shakllari va ularning mamlakatdagi davlat byudjeti tuzilishiga ta’siri


Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog’onali byudjet tizimi shakllangan bo’lib, quyidagi bo’g’inlarni o’z ichiga oladi


Download 0.94 Mb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1702782
1   2
Bog'liq
DB

Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog’onali byudjet tizimi shakllangan bo’lib, quyidagi bo’g’inlarni o’z ichiga oladi:

  • Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog’onali byudjet tizimi shakllangan bo’lib, quyidagi bo’g’inlarni o’z ichiga oladi:
  •  federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet);
  •  federatsiya subyekt(a‘zo)larining byudjetlari;
  •  mahalliy (munitsipal) byudjetlar.

Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir qancha byudjet tuzilishi modellari shakllangan.
Markazlashmagan model
Markazlashgan model
Aralash model

Byudjet qurilishining markazlashmagan (nomarkazlashgan) modelida markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom (mustaqil) bo’lib, ularning har biri o’z xarajatlarini to’liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo’ladi. Markazlashgan model barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi. Byudjet qurilishining aralash modeli barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir mahalliy byudjetning o’z xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan o’z daromad manbalari mavjud bo’lgani holda, har bir yuqori turuvchi byudjet o’zidan quyi turuvchi byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini o’taydi.

  • Byudjet qurilishining markazlashmagan (nomarkazlashgan) modelida markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom (mustaqil) bo’lib, ularning har biri o’z xarajatlarini to’liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo’ladi. Markazlashgan model barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi. Byudjet qurilishining aralash modeli barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir mahalliy byudjetning o’z xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan o’z daromad manbalari mavjud bo’lgani holda, har bir yuqori turuvchi byudjet o’zidan quyi turuvchi byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini o’taydi.

Byudjet tuzilishining har qanday modeli byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish shakli sifatida, quyidagi uchta holatning mavjudligiga asoslanadi: birinchidan, hokimiyatning barcha darajalarida xarajat vakolatlarining aniq chegaralanishi; ikkinchidan, bu vakolatlarni to’liq bajarish uchun har bir darajadagi hokimiyatning yetarli fiskal resurslar bilan ta‘minlangan bo’lishi; uchinchidan, byudjet tizimidagi vertikal va gorizontal nomutanosiblikni byudjet transfertlari yordamida tekislash va shu asosda mamlakatning barcha hududlarida davlat xizmatlarining bir xildagi standartini ta‘minlash. Lekin jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, hech bir mamlakatda fiskal federalizmning eng mukammal modelini yaratishga muvaffaq bo’linmagan. Mamlakatlardagi siyosiy, tarixiy va milliy omillarning ta‘sirida dunyoda turlicha byudjet tizimlari shakllangan bo\lib, ular bir-biridan jiddiy farq qilish bilan birga, ko’p hollarda nazariy jihatdan eng oqilona hisoblangan modellarga ham zid keladi.
Fiskalfederalizm – federal hukumat va hududiy hokimiyatlarning moliya sohasidagi vakolatlarining o‟zaro taqsimlanishi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari. Byudjet tizimi. Byudjet tizimi byudjetlari to’g’risida tushuncha Byudjet qurilishining asosiy tarkibiy qismi byudjet tizimidir. Bir qator adabiyotlarda byudjet tizimi tushunchasiga keng va tor ma‘nodagi yondashuvlardan kelib chiqib, quyidagicha ta‘riflar berilgan: Keng ma’noda byudjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat tuzilishi shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar shuningdek, har bir byudjet bo’g’iiniga tegishli bo’lgan soliq va yig’imlar markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajat vakolatlari taqsimoti hamda byudjetlararo transfertlar yig’indisidan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining ―Asosiy tushunchalar‖ deb nomlangan 6-moddasida: ―Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular Fiskalfederalizm – federal hukumat va hududiy hokimiyatlarning moliya sohasidagi vakolatlarining o’zaro taqsimlanishi O’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi , - deb ta‘rif berilgan. Tor ma’noda byudjet tizimi mamlakat ma‘muniy-hududiy tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi byudjetlar yig’indisidan iborat.
O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil qabul qilinadigan ―O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risidagi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan ―O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida‖gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat
Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi– daromadlar va xarajatlarni tasnif obyektlariga ko‗ra guruhlovchi xos raqam(kod)lar berish bilan guruhlash ko’rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi. Byudjet tasnifi – O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishidan iborat. Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma‘lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va byudjet ma‘lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma‘lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi
Byudjet tasnifi:
 davlat byudjeti daromadlari;
davlat byudjeti xarajatlari;
 davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o’z ichiga oladi.
Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasining yuqorida ta‘riflangan davlat byudjeti tuzilmasi O’zbekiston Respublikasirespublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tashkil topgan. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo’lib xizmat qiladi
Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling