Transport iqtisodiyoti


Download 82.22 Kb.
bet1/15
Sana21.09.2023
Hajmi82.22 Kb.
#1683899
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI


IQTISODIYOT FAKULTETI

TRANSPORT IQTISODIYOTI”


KAFEDRASI


IQTISODIYOT NAZARIYASI
fanidan


KURS ISHINIBAJARISH BO’YICHA
USLUBIY QO’LLANMA


TOSHKENT 2021 y

TASDIQLAYMAN
IQTISODIYOT” fakulteti
Ilmiy kengashi raisi
____________________
_____” ______________2021 y
TAVSIYA ETILGAN”
IQTISODIYOT kafedrasida muhokama qilingan va ma’qullangan
(kafedra majlisining ____sonli bayonnomasi)
Kafedra mudiri
i.f.n., dos. Yuldasheva S.A.
________________
____”_______________2021 y.


Taqrizchlar: i.f.n. prof. N.G.Mo’minov
i.f.fn., dotsent M.N. Abdullaeva

Tuzuvchilar: Sh.A.Xolbutayeva
D.D.Raimova

Kirish
O'zbekiston so'nggi yillarda oldingdan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning takomillashgan bosqichlariga o’tib bormoqda.
Shuningdek, “Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy qudrat emas, balki intellectual salohiyat, aql-idrok , fikr, ilg’or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. “Mana shunday davrda kishilarni yangicha fikirlashga, bozor ruhida ishlashga tayyorlash dolzarb vazifa hisoblanadi.
Zamonaviy iqtisodiy fikirlashning dastlabki asosi bo’lib iqtisodiy nazariya xizmat qiladi. Ayniqsa, Oliy o’quv yurtlarida Iqtisodiyot nazariyasini atroflicha bilish maxsus iqtisodiy fanlarni muvaffaqiyatli o’rganish garovidir. Jahon oily ta’lim andozalarida iqtisodiy yo’nalishda bilim olayotgan talabalar Iqtisodiyot fani erishgan yangiliklarni bakalavrlarga mo’ljallangan kurs ishi chegarasida o’zlashtiradilar va mustahkamlaydilar. Kurs ishi ‘Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o’qitish jarayoning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Kurs ishining bosh g’oyasi, milliy istiqlol mafkurasining mohiyati va xususiyatlarni, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, milliy xo’jalikda yuzaga kelayotgan tarkibiy o’zgarishlar jumladan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadini, milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi o’rtasidagi o’zaro aloqa va ziddiyatlarni chuqurroq bilishga qaratilgan.
Mustaqil ta’limning ajralmasqismi sanalgan kurs ishi talabaga iqtisodiyot tushunchalari, uning qonun-qoidalari, rejamli xo’jalik yuritish sirlari, turlikishilar va ho’jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo;lib , unumli mehnat qilish yo’llarni va shakillarni kishilarning turmush darajasi milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog’liqligini, iqtisodiy jarayonlarning mohiyativa o’zaro aloqasi,ularning ziddiyatlarini hal qilish yo’llarini aniqlashga, iqtisodiyotda bozor mexanizimini uning davlat tomonidan tartibga solinish usullarini o’rganishga imkon yaratadi.
Taniqli iqtisodchi olim Mark Bangning e’tirof etishicha iqtisodiyotfani o’ziga xos labaratoriyadir. Har bir iqtisodchi anglagan va anglamagan holda bu labaratoriyanio’zi bilan birga olib yuradi. Bu labaratoriya doim harakatda, doim izlanishda.
Yuqoridagilarni hisobga olib, iqtisodiyot ta’lim yo’nalishida bakalavr darajasini olish uchuno’qiyotgan talabalar uchun “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi yozish va baholash bo’yicha asosiy mezonlar, talablar ushbu uslubiy qo’llanmada yoritilgan.



Download 82.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling