Transport iqtisodiyoti


Kurs ishining tarkibiy tuzilishi


Download 82.22 Kb.
bet8/15
Sana21.09.2023
Hajmi82.22 Kb.
#1683899
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
kurs

4. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishi mavzusi tanlanib, ungа ilmiy rahbar tasdiqlangandan so’ng, talaba ushbu mavzu bo'yicha adabiyotlar, ilmiy maqolalar, adabiy manbalar, hujjatlarni o'rganishga kirishadi.
To'plagan materiallar asosida ishning to'liq rejasi tuziladi.
Kurs ishi rejasi kirish, asosiy qism (3 yoki 4 ta bobdan va paragrafdan iborat) xulosa (fikr-mulohaza va takliflardan iborat), foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalani o'z ichiga oladi.
Paragraflar nomi mavzu nomini takrorlamasligi kerak.
Kurs ishi titul varag'i yagona nusxa bo'yicha rasmiylashtiriladi (2-ilovaga qarang).

      • titul varag'idan keyin ishning mundarijasi beriladi (tarkibiy tuzilishi).

Bunda har bir paragraflar nomi va varaqlar soni yoziladi. (3-ilovaga qarang).

      • ishning kirish qismida ishning maqsadi, vazifalari, mavzuning dolzarb­ligi, ilmiy, amaliy va uslubiy yondashuvi asosi, ishning mazmuni beriladi.

      • asosiy qismda har bir paragraflaning to'liq mazmunini, statistik ma'lu­motlarning iqtisodiy tahlillari qonuniy asoslari qo'yilgan muammolar bo'yicha iqtisodiy hisob-kitoblar, tashkilot va korxonalarning tajriba­lari, hozirgi vaqtdagi mavjud muammolar tahlili va ularni bartaraf etish yo'llari yoziladi.

Bularning barchasi qo'yilgan talablarga javob berishi, ish ilmiy, aniq, asoslangan xarakterga ega bo'lishi kerak. Har bir paragraflar qisqa xulosalar bilan tugallanishi kerak.
Kurs ishining asosiy qismi, ish umumiy hajmining 60 % ni tashkil qilishi kerak. Ishda izlanish ob'ektlarining tashkiliy va iqtisodiy xarakteristikalari, boshqaruv sxemalari va ularning bog'liqligi ko'rsatiladi.
Statistik ko'rsatkichlar, jadvallar, sxemalar, diagrammalar ko'rinishida beriladi va ular iqtisodiy tahlil etiladi, ular yuzasidan izohlar beriladi.
Ishda iqtisodiy ko'rsatkichlar bir nесhа yillar misolida tahlil etilishi, har o'zgarishidagi tendensiyalar, qonuniyatlar va sabab, oqibat bog'lanishlari ochib berilishi kerak.
Kurs ishining хulоsа qismida ish yuzasidan barcha хulоsаlar umumlashtiriladi, o'z fikr-mulohazalari bildiriladi, аmаliу taklif va tavsiyalar beriladi. Taklif va mulohazalar talabaning o'ziniki bo'lib, u ishda qayd etilgan taklif1arni takrorlamasligi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatida talaba kurs ishida foydalangan adabiyot va hujjatlarnigina keltirishi lozim.
Adabiyotlar го'ухаtini berishda hujjatlarni joylashishi va bibiografik yozuvlarning to'g'ri yozilishiga ahamiyat berish kerak.



Download 82.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling