Transport iqtisodiyoti


Kurs ishi yozishning maqsad va vazifalari


Download 82.22 Kb.
bet2/15
Sana21.09.2023
Hajmi82.22 Kb.
#1683899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs

1.Kurs ishi yozishning maqsad va vazifalari
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishini tayyorlash barcha iqtisodiyot ta’lim yo’nalishidagi bakalavriat talabalari uchun o’quv rejasiga ko’ra 2-semestrda ko’zda tutilgan.
Kurs ishi yozma ish tarzda yozilib, talabalarda mustaqil ijodiy faoliyat yuritish qobiliyatlarini aniqlash va ilmiy izlanish ko’nikmalarini shakillantirish maqsadida bajariladi. Kurs ishining eng muhim jihati shundaki kerakli bilimlarni olish hamdachuqurlashtirish vositasi ekanligida.
Kurs ishi talaba uchun jamiyatning iqtisodiy hayoti jarayonlarini chuqurroq bilishga,turli hil iqtisodiy ta’limotlar hamda modellarni tahlil qilish, ularni amaliy jihatdan ishlata olish ehtimoli hamda mustaqil ijodiy faoliyatning asosi sifatida zarur. Shu bilan birga dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy yangiliklardan boxabar bo’lish, respublikamiz hamda xorijiy mamlakatlar iqtisodchilariningo’tgan va hozirgi davr asarlarini, zamonaviy mualliflik ishlarini, mamlakatning hamda boshqa davlatlarning statistic va aniq asoslangan ma’lumotlarini O’zbekistoning iqtisodiyotida qo’llanishini o’rganish uchun imkon yaratadi. Kurs ishi talabaning ilmiy izlanish usullarini o’zlashtirish,adabiyotlar bilan ishlash, mantiqiy jihatdan izchillik bilan o’zini fikrini chiroyli qilibbildira olish, nazariya qonun-qoidalarini amaliy jihatdan mavjud muammolarni yechish uchun birlashtira olishni o’rgatadi.
Bu maqsadga erishish quydagi vazifalarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:

  • talabalarning ma’ruza va seminar mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim mobaynida olgan nazariy bilimlarini ma’lum bir mavzu yoki muammo bo’yicha chuqurlashtirish;

  • o’quv va ilmiy adabiyotlardan mustaqil o’rganish ,axborot to’plash tajribasini hosil qilish;

  • iqtisodiy tahlil,jumladan, siyosiy tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni baholash hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko’nikmalarini shakillantirish.

Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish jarayonida yakuniy nazorat shakli bo’lib xizmat qiladi. Kurs ishi ustida ishlash shuningdek talabalarni kelajakda bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash bo’yicha zarur bilim va ko’nikmalarni hosil qilishga ham yordam beradi.

Download 82.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling