Transport iqtisodiyoti
Download 82.22 Kb.
|
kurs
5. Kurs ishi matnini yozish
Iqtisodiyot sohasiga oid adablyotlar statistik va yig'ilgan haqqoniy faktlar o'rganilib sistemalashtiriladi va oxirgi yakuniy reja tuzilganidan so'ng kurs ishini yozishga kirishiladi. Rejada asosiy qismning ko'pi bilan 5-8 paragrafini o'z ichiga olgan kirish qismi bо'lishi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda izohlar (agar u kerak bo'lsa) bo'lishi kerak. Kurs ishining asosiy qismini bir necha paragrflarga (bo'limlarga) bo'lishga ruxsat etiladi, faqat paragrflar soni 5-8 tagacha bo'lishi tavsiya qilinadi. Bitta bo'limda bittagina paragf bо'lishi mumkin emas, xuddi shunday tarzda bir xil ma'lumot ikki xil nomlanib alohida paragrf sifatida ko'rsatilishi mumkin emas. Hamma tuzilgan rejadagi masalalar kurs ishining ichki yozma qismida ham to’liqligicha yoritilishi zarur. Kirish qismida quyidagilarga ahamiyat qaratish tavsiya etiladi: tanlangan mavzuning iqtisodiyot nazariyasi kursida qisqacha mazmuni, kurs ishida ishlangan savollarning asosliligini va muhimligini ko'rsatib о'tish kerak; mavzuning ochilayotgan savollariga tushuntirishlar berish va uning maqsadini hamda ishlash vazifalarini ifodalab berish; kurs ishi mavzusining iqtisodiy adabliyotlardagi о'rganilganlik darajasini, muhokama mavzulari, foydalanilgan adabiy manbalar, statistik to'plamlar, tashkilotlarning materiallari, qaydnomalari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning hujjatlarini belgilash kerak bo'ladi. Kirish qismining hajmi 3-4 sahifadan oshmasligi kerak. Kurs ishining asosiy qismi rejaning bо'limlari va paragrflariga mоs holda yoritiladi. Unda ishda asosli holda olingan nazariy qonunlar isbotlanadi, haqiqatda olingan materiallar umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, ziddiyatlari ko'rsatiladi, muammolar va ularning yechimlari topiladi. Вunda hаr bir nazariy qonunlarni asoslashga tо'gri keladi hamda buni qilishda umumiy bo'lgan fтazalardan iloji boricha chetlanish tavsiya etiladi. Albatta bunda talaba u yoki bu savolga turli xil yondoshilgan va turlicha fikrlar yuritlgan holatlarga yetarlicha duch keladi. Вundау holatlarda talaba har bitta iqtisodiyotchilarning qarashlarini jiddiylik bilan о'rganib uning nozik jihatlarini aniqlashi va о'z qarashini asoslab ko'гsatib berishi lozim. Asosiy qismda turli xil yo’nalishdagi davlatlarning iqtisodiyot sohasidagi ilg'or fikr egalarining ishlari, iqtisodiy nazariyadan o'quv adabiyotlar, monografiyalar, qonun organlarining hujjatlari, oxirgi yillarda chiqqan iqtisodiyot sohasiga oid jurnallar vа gazetalardan, qonun ostidagi mе'уоriу hujjatlar va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqalardan foydalanishlari shart. Kurs ishida talabalar sitatalardan foydalanishlari mumkin, lekin ular me'yordan oshmasligi va yig'ilgan materiallarga muvofiq holda tanlab ishlatilishi kerak. Matnda raqamli ma'lumotlardan, diagrammalardan, jadval va graf1ilardan foydalanilishi kerak. Bunday matnda foydalanilgan sitatalar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, sxemalar uchun ularning olinish manbalarini ko'rsatadigan dastaklar (ssilklar) qilinishi kerak. Xulosada esa hamma yig’ilgan ma'lumotlarga qo'yilgan asosiy savollarga umumiy tarzda fiklar bildiriladi. Xulosa qismida quyidagilarni ko' rsatish zarur: talabaning izlanishlari nimani ko’rsatdi; tahlilda biz topgan yetishmovchiliklar va kamchiliklar; kamchiliklarni tuzatadigan muhokamalarga beriluvchi izohlar va tavsiyalar; Kurs ishining maqsadi va xulosasi bir-biriga mos kelishi kerak. Xulosa 2-3 sahifa hajmida bо 'lishi kerak. Xulosadan keyin kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati beriladi. Unda butun ish davomida ko’rilgan, reja savollarini yoritishda izlangan, ya'ni о 'rganilgan adabiyotlarning ro'xati kiritiladi. Foydalanilgan adabiyotlardan keyin o’z ichiga jadvallar, diagrammalar, sxemalar, grafiklar va boshqa haqqoniy materiallarni olgan matnga kiritilmagan izohlar berilishi mumkin. Download 82.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling