Transport iqtisodiyoti


Kurs ishini tashkillashtirish


Download 82.22 Kb.
bet4/15
Sana21.09.2023
Hajmi82.22 Kb.
#1683899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs

3. Kurs ishini tashkillashtirish
3.1. Ishning mavzusini tanlash
Kurs ishni bajarish mavzuni tanlashdan boshlanadi. Har bir talaba òzi uchun eng qulay va aktual( imkon darajasida) bòlgan mavzuni tanlaydi.Mavzuni tanlashda talaba olingam mavzusi iqtisodiyotning u yoki bu muammosini kòtargan bòlishi va bu muammosini yoritib, tushuntirishga e’tibor qaratishi kerak bòladi.
Kurs ishlari yuzasidan eng keng tarqalgan kamchiliklardan biri bu kurs ishiga u yoki bu mavzu yuzasidan tuzilgan va yiģilgan nazariyalar yeģindisi deb qarashdir. Talaba xulosalar chiqara olishi kerak va bu uning mavzularini tanlashida hisobga olinishi zarur.
Talaba tomonidan tanlangan mavzu uning rahbari tomonidan ma’qullangan bòlishi kerak.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bòyicha kurs ishi mavzulari har òquv yilida kafedraning yetakchi professoròqituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda kafedraning sentabr oyidagi yiģilishida muhokama qilinadi. Kafedra professor-òqituvchilari tavsiya etayotgan mavzular soni 100 (yuz) nomdan kam bòlmasligi zarur. 2020-2021 o’quv yilida talabalarga talabalarga tavsiya etilgan kurs ishi mavzulari 1ilovada keltirilgan.
Shuningdek,kafedra bilan kelishilgan holda, mazkur ròyxatga kiritilmagan boshqa bir dolzarb mavzu ham kurs ishi uchun talaba tomonidan tanlanishi mumkin.
Kurs ishi mavzusini tanlashda, talabaning qiziqishi sohasi, tanlangan mavzuning dolzarbligi, ilmiy va statistik axborot bazasining mavjudligi, mavzuning aynan “Iqtisodiyot nazariyasi” fani predmeti doirasida bòlishiga e’tibor qaratiladi.
3.2. Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish
Talaba kurs ishi rejasini kafedra tominidan biriktirilgan ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda tuzishi kerak. Kurs ishining tayyorlangan rejasi kafedra mudiri yoki uning yordamchisidan tasdiqlatib olinishi lozim.
Kurs ishida belgilangan reja topshiriqlarini bajarilish muddatlari ilmiy rahbar tomonidan talabaga belgilab beriladi.
Talaba tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilishi, unda belgilangan vazifalarni (reja savollarini) bosqichma-bosqich hamda ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak.

Download 82.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling