Transport iqtisodiyoti


Kurs ishi uchun qo'yilgan talablar


Download 82.22 Kb.
bet3/15
Sana21.09.2023
Hajmi82.22 Kb.
#1683899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs

2. Kurs ishi uchun qo'yilgan talablar
Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasi fanidan va ushbu uslubiy ko’rsatmada qo’yilgan talablarga javob bersagina himoya qilish uchun ruxsat beriladi. Asosiy kurs ishi uchun qo’yiladigan talablar quyidagilar:

  • Kurs ishini yozishda talabalar respublikamizning va dunyoning mashhur namoyondalarining turli xil iqtisodiy fikrlashga oid asarlari, iqtisodchilarning kitoblari va risolalari, O’zbekiston Respublikasining zamonaviy iqtisodiyotga oid hujjatlari,iqtisodiyot sohasiga oid jurnallar hamda gazetalar maqolalardan foydalangan bo’lishlari lozim. Kurs ishida foydalangan manbalar ro’yxati 10 tadan kam bo’lmasligi lozim.

  • Kurs ishida zamonaviy statistika ma’lumotlaridan foydalanish zarur. Tahlil qilishda tanlab olingan mavzu bo’yicha aniq bir korxona yoki tashkilotlarning aniq ma’lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

  • Kurs ishida ishlatilganma’lumotlar uning mana shu o’quv yilida yozilganini tasdiqlash kerak.

  • Kurs ishini yozishda reja tuziladi hamda uning ichida alohida kirish qismi, asosiy qism va uning paragrflari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.

  • Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini bibliografiya qoidalariga asoslangan holda, albatta izohlari bilan rasmiylashtirilib yozilishi kerak. Kurs ishida jadvallar, grafiklar, diagrammalar bo’lishi shart (kamida 5 yoki 7 ta)

  • Kurs ishida tuzilgan reja bo’yicha hamma mavzularnihamda qo’yilgan savollarni ochib berish zarur.

  • Kurs ishi tarixiy, yuridik yoki aniq tarmoqqa oid emas, balki nazariy-iqtisodiy xarakterga ega bo’lishi kerak.

  • Nazariy qismi albatta iqtisodiyotning real holatidan kelib chiqib, shu asosda amaliyot bilan bog’labochib berishi kerak.

  • Nazariy qismi albatta iqtisodiyotning real holatidan kelib chiqib, shu asosda amaliyot bilan bog’lab ochib berilishi kerak.

  • Matnlar adabiyotdan xuddi shunday ko’chirma orqali emas balki mustaqil ravishda tuzilishi kerak.

  • Kurs ishi texnik rasmiylashtirish talablari asosida kopyuterda yoki qo’lda teriladi.

  • Kurs ishida qaytarilishlardan, alohida ifodalangan fikirlarni qaytarilishidan hamda raqamlar bilan ifodalangan ma’lumotlarni qaytarilib qolishidan qochish kerak.

  • Kurs ishi 35-45 sahifalar hajmida bajariladi. Agarda kurs ishining hajmi kerakli darajada bo’lmasa yoki undan ortgan har bir sahifa uchun ball pasaytiriladi. Kurs ishining umumiy hajmiga titul sahifasi hamda retsenziya(taqriz) uchun ajratilgan sahifa (sahifalar) kirmaydi.

  • Kurs ishining oxirida bajarilgan sanasi hamda talabaning imzosi qo’yiladi.




Download 82.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling