Davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish


Download 1.3 Mb.
bet7/112
Sana19.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1364438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Bog'liq
Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se (2)

O‘lchashlar birliligini ta’minlash – O‘BT Qonunlar, shuningdek o‘lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq o‘lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan metrologik xizmatlar faoliyati.
Metrologik xizmat – bu o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil etiladigan xizmat.
Davlat metrologik xizmati – bu mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi.
Metrologik tekshiruv o‘lchash jarayoni elementlarini me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o‘z ichiga olgan vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
Metrologik nazorat – o‘lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va o‘rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish – o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan texnikaviy talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari (vakolat berilgan boshqa idoralar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchash birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Metrologiyaning rivojlanish tarixi haqida yana nimalarni bilasiz,

  2. Metrologiya fan sifatida qanday shakllandi?

  3. Metrologiyaning fan sifatida shakllanishida qaysi olimlarning hissasi bor deb hisoblaysiz?

  4. Metrologiya sohasida ishlatiladigan asosiy atamalar va tushuchalarni ayting.

  5. Qadimiy va qo‘hna o‘lchov birliklaridan yana qaysilarni bilasiz?




Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling