Davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish
Metrologik ta‘ minotning ta’rifi, to’zilishi, vazifalari
Download 1.3 Mb.
|
Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – rasm. Metrologik ta’minotning tashkil etuvchilari.
- O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning qonuniy asoslari
Metrologik ta‘ minotning ta’rifi, to’zilishi, vazifalari va tashkil etuvchilari
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tannarxi va samaradorligi kabi tavsiyalar kiradi. Barcha sifat tavsiyalarining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin: o‘lchashlar birligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarining belgilanishi va tadbiq etilishi. Metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar kiradi: o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish; o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish; hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish; o‘lchash vositalarining davlat sinovlari; o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar. Metrologik ta’minotning 4 ta tashkil etuvchisi mavjuddir (3 – rasm). 3 – rasm. Metrologik ta’minotning tashkil etuvchilari.Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari: mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish; detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash; moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash; atrof – muhitni himoya qilish; salomatlikni saqlash va hokazolar. Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eskport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning qonuniy asoslari1993 yilning 28 dekabrida Respublikamizda «Metrologiya to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun mamlakatimizda amalga oshiraladigan metrologik faoliyatlarning, bu sohada davlat idoralari va turli tashkilotlar tomohidan olib boriladigan ishlarning qonuniy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, unda Davlat metrologik nazorati bo‘yicha faoliyat doiralari va tegishli amallar aniq hamda ravshan belgilab berilgan. Qonunda asosan, iste’molchilarning huquqlarini himoya etish asosiy maqsad etib qo‘yilgan bo‘lib, bu huquqiy davlatlarda turg‘un qonunlar vositasida boshqarilib turadi. Qonunning alohida xususiyati shundaki, asosiy faoliyat doirasi hisoblangan ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, atrof – muhitning muhofazasi va qurilish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash kabi sohalar aniq ko‘rsatib berilgan. «Metrologiya to‘g‘risida» gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Unda Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish, bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va vazifalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan. Qonundagi muhim yangiliklardan biri davlat boshqaruv idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini, asosiy vazifalarini belgilab berilganligidir. Mutaxassislarning bildirayotgan fikrlaricha, davlat boshqaruv idoaralaridagi metrologik xizmatga nisbatan yuridik shaxslarning mustaqil faoliyati salmoqliroq rivojlanadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling