Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.61 Mb.
bet18/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

Davlatning qudrati =
Tabiiy – geografik omillar + ho’jalik + xalq + boshqaruv shakli
Davlat xo’jaligi deganda R.Chellen davlatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib o’zini istalgan sharoitda zaruriy mahsulotlar bilan ta‘minlashga asos bo’ladigan omillar – tabiiy resurslarga, bozor tuzilmalariga va shu kabi boshqa omillarga egaligini, ularning dunyo xo’jalik tarmoqlari bilan qanday darajada bog’langanligini nazarda tutadi. Iqtisodiy munosabatlarda R.Chellen avtarkiyani – davlatning zarur narsalarni chetdan olmasdan mamlakat aholisiga o’zi yetkazib berishga asoslangan milliy xo’jalik tizimiga erishishni yoqlaydi.
Tabiiy - geografik xususiyatlar - davlatning qanday geografik makonda joylashganligi, xalqaro savdo tarmoqlariga chiqish imkoniyatlari, havfizlik jihatdan qulayligi, iqlimi va b.
Xalq - bu mamlakatda istiqomat qiluvchi milliy - etnik guruhlar. Biroq R.Chellen davlatda yashayotgan xalqni madaniy, etnik va demografik munosabatlardan kelib baholaydi.
Davlat boshqaruv shaklini davlatning konstitusion va ma‘muriy tuzilishidan kelib chiqib baholaydi. U bir tomondan, davlatdagi vijdon erkinligi, hurfikrlilik, yig’ilishlar o’tkazish erkinligi va shu kabilarni, ikkinchi tomondan, davlatga soliq to’lashning majburiyligi, harbiy xizmat majburiyatlari, maktabda o’qish va boshqa shu kabi masalalarni nazarda tutadi. Chunki ushbu omillarning amaliyotda o’z aksini topishi o’sha davlat boshqaruv shaklining nechog’li kuch - qudratga egaligini namoyon etadi.
Shuningdek, R.Chellen geosiyosat fanining quyidagi bo’limlardan
iboratligini aytadi:

  • toposiyosat - davlatning siyosiy jihatdan qanday muhit bilan qurshalganligini o’rganadi. Topopolitikada davlat uchun tashqi dunyodan bo’ladigan kuchlarning ta‘sir etish yoki etmaslik masalasi muhimdir. Bunday omillar davlatga atrofdan ittifoqdoshlar qidirish va davlatlararo kelishuvlarning boshqa variantlarini yuzaga keltirish uchun muqobil siyosatlarni ishlab chiqish masalasini yuzaga chiqaradi. Bu jihatdan R.Chellen davlatning geografik joylashuvini «davlat siyosatining kalitidir’, - deydi.

  • morfosiyosat - davlatning hududiy shakllarini o’rganuvchi bilimlar majmuasi. Morfopolitika uchun davlat hududlari qanday boyliklarga egaligi muhim emas. Bunda davlat hududan qanday ko’rinishga ega, yoysimon, dumaloq yoki uzunchoq holatda joylashganligi, davlatda markaz bilan joylar o’rtasidagi aloqalarning geografik tizimi va davlatning tashqi dunyoga geografik jihatdan chiqish imkoniyatlari masalasiga e‘tibor beriladi. Masalan, Norvegiya, Italiya davlatlarining geografik joylashuvi. R.Chellen fikricha, davlatning katta - kichikligi uning qudratiga poydevor bo’lishi mumkin.

  • fiziosiyosat – davlat hududlarining markazga qanday pozitsiyada ekanligini, ular munosabatlari ko’lamini tadqiq etuvchi bilimlar. R.Chellen fiziopolitikani davlatning, davlatga qarashli boshqa hududlarning qay darajada jismoniy kuchga egaligi yoki ega emasligi bilan bog’laydi. Joylarning (davlat hududlarining) davlat siyosatiga ta‘sir etuvchi jismoniy - geografik xususiyatlarini o’rganish va tahlil etish fiziopolitikaning tarkibiy qismini tashkil etadi.

Birinchi jahon urushi yakunlangach Versal tinchlik shartnomasi imzolanadi. Albatta Germaniya foydasiga emas. Azaliy raqib Buyuk Britaniya yanada keng imkoniyatlarga ega bo’ladi. Aynan shu davrda Chillen tomonidan global siyosatdagi uchta muhim omil haqida tezisini bayon etadi: hududni kengaytirib borish; hududning monolitligi; erkin harakat.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling