Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Alfred Mexen ta‟limotida dengiz kuchlarining qudrati masalalari


Download 0.61 Mb.
bet19/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

4. Alfred Mexen ta‟limotida dengiz kuchlarining qudrati masalalari.
A.Mexen (1840 - 1914) AQSH harbiy - dengiz floti admirali, harbiy - dengiz nazariyotchisi, tarixchi. A.Mexen Amerika oddiy zobitdan admiral darajasigacha ko’tarilgan. 1885 - yildan boshlab Nyu - Portdagi (Roud - Aylend, AQSH) «Naval War College’da harbiy flot tarixidan dars bera boshlagan. 1890 - yil u o’zining
«Tarixda dengiz kuchlari (1660 - 1783)’ nomli birinchi kitobini nashrdan chiqardi. A.Mexenning mazkur asari keyinchalik harbiy strategiya borasida bitilgan klassik manba sifatida jamoatchilik o’rtasida tan olindi.
A.Mexen umrining oxirigacha yuqoridagi Harbiy - dengiz kollejida o’qituvchi bo’lib ishlagan. A.Mexen 1914 - yil 74 yoshida vafot etgan. Mashhur asarlari: «Tarixda dengiz kuchlari (1660 - 1783)’ (1890), «Dengiz kuchlarining Fransuz revolyutsiyasi va imperiyasiga ta‘siri (1793 - 1812)’ (1892), «Dengiz kuchlari markazida Amerika manfaatlari: bugun va kelajak’ (1897), «Osiyo muammolari va uning xalqaro siyosatga ta‘sir etishi’ (1900), «Dengiz kuchlari va uning urushga munosabati’ (1905)14.
Alfred Mexen geosiyosat olamiga hech qanday geosiyosatshunos olimlarning ta‘sirisiz o’zining kasbiy faoliyati sabab mustaqil ravishda kirib kelgan. U F.Ratsel, R.Chellen, F.Nauman, X.Makkinder singari olim emas edi. Asarlarida "geosiyosat" atamasini qo’llamagan, biroq uning o’rtaga tashlagan mulohazalari nafaqat uslubiy jihatdan, balki tahliliy yondashuvi va yakuniy xulosalari geosiyosiy muhitga to’la mos keladi.
A.Mexen "Dengiz kuchlarining tarixga ta‘siri (1660 - 1783)" nomli asarida sivilizatsiya tarixida dengiz omilining katta ekanligiga urg’u beradi. Shuni unutmaslik kerakki, yer sayyorasining umumiy maydoni 500 mln. kv.km ni tashkil etsa, uning 361 mln kv.km ni dunyo okeani tashkil etadi. Demak by arealda hukmronlik qilishning imkoniyatlari cheksiz: hayvonot olami, dengiz tubi boyliklari, tabiiy zaharalari, transport va sh.k. U yoki bu xalqlarning o’z hayotida dengizdan foydalanish darajasi o’sha xalqlarning nechog’li farovonligi va boshqalarga ta‘sir etish kuchiga qodir yoki qodir emasligini ko’rsatib beradi. Bunday davlatlar qatoriga u qat‘iy ravishda Buyuk Britaniyani XX asr boshlarigacha dunyoda asosiy dengizlar hokimi bo’lganligini misol qilib ko’rsatgan. U o’zining nazariy bashoratlarini amaliyotga qo’llash uchun AQSH ni Buyuk Britaniyaga qarama - qarshi qo’yadi va AQShning dengiz kuch markaziga aylanishi uchun avvalo Tinch okeanida Fillipin orollarini o’ziga bo’syndirishini ta‘kidlagan. Negaki, A.Mexen Fillipin orollarini AQSh ning dengiz kuch markaziga aylanishidagi va u egallashi lozim bo’lgan strategik mintaqa deb biladi.15
A.Mexen uchun tashqi siyosatning asosiy quroli savdo hisoblanadi. Shuning uchun harbiy yurishlar natijasi kurrai zaminda savdo sivilizatsiyasining rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarni yaratib berishi lozim. Savdo bu iqtisod. Iqtisod uchun esa quyidagi uch omilni muhim deb biladi:
ishlab chiqarish - dengiz yo’llari orqali tovar va xizmat ko’rsatish

almashinuvi; navigatsiya;
mustamlakalar (jahon miqyosida tovar almashish harakatini yo’lga qo’ygan ishlab chiqaruvchilar).2
Har bir davlat o’zining geosiyosiy maqomiga ega. Davlat geosiyosiy imkoniyatlarini aniqlash quyidagi oltita jihatlarda namoyon bo’ladi:

  1. Davlatning geografik joylashuvi, hududlarini dengizga tutashganligi, dengiz kommunikatsiya tizimiga chiqish imkoniyatlari. Quruqlikdagi chegaralari, strategik sarhadlarini nazorat qilishga va raqibga o’z dengiz kuchlari bilan qarshi chiqishga qodirligi;

  2. Davlatning «jismoniy konfiguratsiya’si, ya‘ni davlatning qirg’oqbo’yi hududlari, portlar soni va ularning joylashuvi. Tashqi savdoning yuksalishi, davlatning strategik jihatdan himoyalanishi aynan ushbu omillarga bog’liq;

  3. Hududlarining uzunligi, shu jumladan, dengiz qirg’oqbo’yi chiziqlarining uzunligi;

  4. Aholining statistik miqdori;

  5. Milliy xarakter. Aholining savdo bilan mashg’ul bo’lishga qodirligi;

  6. Boshqaruvning siyosiy xarakteri. Har qanday davlatning dengiz kuchi sifatida shakllanishi, avvalo o’sha davlatdagi tabiiy va insoniy resurslarning to’g’ri yo’nalishga qo’yilganligiga bog’liq.

Ko’rinib turibdiki, A.Mexenning geosiyosiy konsepsiyasi avvalo "dengiz kuch markazi" va uni ta‘min etuvchi masalalarni nazarda tutadi. Tadqiqotchi nazdida «Dengiz kuch’larining tarixiy namunasi – bu Karfagen, zamonaviysi (bizga davr jihatidan yaqinrog’i) esa Buyuk Britaniyaning XVII - XIX asrlarda jahon siyosatida tutgan o’rnidir. Shuningdek, A.Mexen yuqorida keltirilgan jihatlar asosida Buyuk Britaniyaning Napoleon Fransiyasi ustidan g’alabasini uning geografik jihatdan orol holatida joylashganligidan va davlatning Yevropa, Osiyo, Afrika mintaqalarini tutashtirib turgan dengiz yo’llarini o’z nazoratiga kirita olganligi bilan izohlaydi.
Davlatning dengiz kuchiga aylanishi bir qator parametrlar bilan belgilanadi. A.Mexen dengiz kuchida mujassam bo’lishi kerak bo’lgan quyidagi parametrlarni ko’rsatadi:

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling