Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.61 Mb.
bet20/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

SP = N + MM + NB
ya‘ni SP (Sea Power) - dengiz qudrati, N – harbiy flot, MM savdo floti, NB – harbiy - dengiz bazalari (dunyodagi muhim nuqtalarda nazoratni o’rnatish)16.
Ko’rinib turibdiki Mexenning dengiz qudrati bilan bog’liq harbiy strategik konsepsiyasi geosiyosiy xarakter kasb etmoqda, harbiy strategik konsepsiyadan dengizda hukmronlik qilish konsepsiyasiga aylanmoqda. Shuningdek dengiz qudrati faqatgina harbiy paytda emas, balki barcha jarayonlarda zarurligiga e‘tibor qaratadi. Bunga erishish uchun kuchli flot tuzib urush taqdirini yirik dengiz jangida hal etish zarur. Mexenning bu ta‘limotiga e‘tiroz bildiruvchilar ko’p. Masalan, V.V.Jeltovning fikricha bu strategiya birinchi jahon urushida ham, ikkinchi jahon urushida ham biron davlatga, yoki koalitsiyaga muvaffaqiyat keltirmadi. Harbiy harakatlarda har doim ham flot hal qiluvchi rol o’ynayvermaydi. Ayniqsa bunday harbiy harakatlar xalqaro masshtabni egallagan bo’lsa. Shu jihatdan olib qaraydigan bo’lsak Mexenning harbiy dengiz strategiyasi zaif bo’lib chiqadi2. Lekin unutmaslik lozimki, yirik natija u iqtisodiy sohadami, siyosiy sohadami, texnika sohasidami, harbiy sohadami aynan bitta omil sabab amalga oshmaydi. B.Isayevning fikricha, dengiz qudrati mustamlakalar bosib olishda, savdo va yuk tashishda, flot madadi bilan gegemonlikni qo’lga kiritishda o’zini oqladi3. Shu bilan birga yana shuni ta‘kidlash lozimki AQSH ning keyingi harbiy operatsiyalari asosan harbiy dengiz floti ko’magida amalga oshirilmoqda.
Mexen konsepsiyasida shunningdek birinchi bo’lib geosiyosiy tuzilishning umumsayyoraviy xaritasi berilgan. U jahon siyosatida muhim bo’lgan makon – «shimoliy yarim doira’ni quyidagi ko’rinishda chizadi, ya‘ni «shimoliy yarim doira’ning janubiy chiziqlari Suvaysh va Panama kanallarini bir - biriga tutashtiradi. Suvaysh va Panama kanallari jahon savdosi va siyosiy munosabatlar davomiyligi va tadrijiyligini ta‘minlab beruvchi o’ta muhim geosiyosiy nuqtadir. A.Mexen fikricha, bu ikki nuqta o’rtasidan Yevrosiyoga tutash yerlarda o’ta muhim bo’lgan borliq – dominant, kontinental kuch Rossiya joylashgan. Biroq Rossiyaning geosiyosiy joylashuvi bir tomondan qulayliklarga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan bir qator geosiyosiy noqulayliklarga ham ega, deydi A.Mexen. U dengiz kuchlari masalasida AQSH ga Buyuk Britaniyaning vorisi sifatida qaraydi.
A.Mexen g’oyalari ko’pchilikning diqqatini o’ziga tortdi va bir qator yevropalik strateglar dasturlariga o’z ta‘sirini o’tkazdi. Hattoki, quruqlik va mintaqaviy kuch markazi bo’lgan Germaniya ham A.Mexen tezislarini e‘tiborga olgan. Shaxsan nemis admirali Tirpitsa davlat harbiy dengiz qudratini kuchaytirishda Mexen tezislaridan keng foydalandi. Bundan tashqari, A.Mexenning asarlari XX asr mobaynida dunyoning ko’plab davlatlarida nashr qilingan. Shu jumladan, 1940 va 1941- yillari sobiq SSSR da ham uning ikkita kitobi chop etilgan.
AQSH harbiy dengiz floti zobitining geosiyosiy qarashlari birinchi navbatda Amerika va amerikaliklarning manfaatlarini nazarda tutadi. Shuning uchun ham A.Mexen siyosatda prezident J.Monro (1758 - 1831) ilgari surgan doktrinani yoqlaydi. Biroq «Monro doktrinasi’ avvaliga mintaqadagi davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va betaraflik siyosatini nazarda tutgan edi. Vaqt o’tishi bilan uning mohiyati o’zgarib avvalo mintaqaga keyin esa jahonga "hokimlik qilish" g’oyasi bilan yo’g’riladi ("Olni doktrinasi").

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling