Davlat va huquq asoslari 10 sinf 12 $ Oʻzbekiston respublikasi fuqarolik huquqi
Download 35.69 Kb.
|
10sinf 12 mavzu
Davlat va huquq asoslari 10 sinf12 $ Oʻzbekiston respublikasi fuqarolik huquqiFuqarolik huquqi tushunchasi Fuqarolik huquqi deyilganda huquqning me’yorlari mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni (sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni) tartibga soladigan sohasi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi manbalariga quyidagilar kiradi: — Konstitutsiya; — Fuqarolik kodeksi; — amaldagi qonunlar; — qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari); — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari; — ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar); — mahalliy odat va an’analar. Fuqarolik huquqi subyektlari Jismoniy shaxslar Yuridik shaxslar Fuqarolar Chet el fuqarolari Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar. O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 39-modda. Huquqiy layoqat — fuqarolarning huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va butun hayoti davomida saqlanadi. shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh cheklanishlari bilan bog‘liq Muomala layoqati Download 35.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling