O'zbekiston respublikasi fuqarolik huquqi asoslari. Fuqarolik huquqi huquq umumiy tushuncha
Download 20.72 Kb.
|
o'zbekiston respublikasi fuqarolik huquqi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HUQUQI Fuqarolik huquqi asoslari. Fuqarolik huquqi huquq umumiy tushuncha. Fuqarolik huquqi - tovar-pul munosabatlarini va tomonlarning tengligiga asoslangan boshqa munosabatlarni, mulkiy munosabatlarni va unga bog’liq bo’lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar majmuidan iborat. Huquq sub’ektining aniq bir buyumga aloqasi mohiyatini aniqlovchi, ashyoning bir shaxsdan boshqasiga o’tishini tartibga soluvchi, fuqarolik-huquqiy shartnomalarini tuzish va ular bo’yicha olingan majburiyatlarni bajarish qoidalarini belgilovchi, shuningdek, etkazilgan mulkiy va ma’naviy zararni qoplash tartibini ko’rasatib beruvchi ijtimoiy munosabatlarning juda keng doirasi fuqarolik-huquqning predmeti bo’lishi mumkin. Fuqarolik huquqi - insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan huquq sohalaridan biridir. Kundalik hayotda barchamiz mulkiy munosabatlarda ishtirok etamiz. Masalan: fuqaroning o’ziga tegishli mulkini boshqa shaxsga sotishi, ijaraga berishi, hadya qilishi kabilar. Mulkiy bo’lmagan shaxsiy munosabatlar mulkiy munosabatlardan shu bilan farq qiladiki, bunda o’zaro munosabatlar qiymat (pul) bilan ifodalanmaydi, balki shaxsning o’zi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Mulkiy va mulkiy bo’lmagan munosabatlar fuqarolik huquqiga taalluqli manbalar bilan tartibga solinadi va himoyalanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar-shaxslar o’rtasida bo’ladigan va fuqarolik-huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Fuqarolik - huquqiy munosabatlarga mulkiy va ayrim nomulkiy shaxsiy munosabatlarning teng huquqli, mustaqil sub’ektlarining yuridik bog’liqligi deb ham qarash mumkin bo’ladi. Bu bog’liqlik ularda sub’ektiv huquq va majburiyatlarni buzuvchilarga nisbatan mulkiy harakterdagi davlat-huquqiy majburlov choralarini ko’rish imkoniyati ta’minlanganida o’z ifodasini topadi. Odatda, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ularda qatnashuvchi shaxslar hoxish-irodasi bilan vujudga keladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning asosiy xususiyati uning ishtirokchilarining yuridik tengligidan iborat. Moboda bunday tenglik bo’lmasa-fuqarolik huquqiy munosabatning o’zi ham bo’lmaydi. Fuqarolik munosabatidan u boshqa huquqiy munosabatlarga aylanib ketadi. Fuqarolik-huquqiy munosabat tarkibi: huquqiy munosabat ishtirokchilari sub’ektiv huquq va majburiyatlaridan; huquqiy-munosabat ob’ektlaridan; huquqiy-munosabat sub’ektlaridan iborat. Sub’ektiv huquqlar-bu fuqarolik-huquqiy munosabat sub’ektining izojat berilgan xatti-harakati mezoni bo’lib, fuqarolik huquqiy munosabati sub’ektlari uning doirasida o’zlariga berilgan huquqlar ko’lamidan foydalanishning potensial imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Fuqarolik-huquqiy munosabat sub’ekti ega bo’lgan huquqlar doirasi qonuniy huquqlilik deyiladi. Qonuniy huquqlilik uch guruhga bo’linadi: 1.Talab qilish qonuniy huquqliligi-majbur tarafdan o’ziga yuklangan majburiyatlarni bajarishni talab qilish imkoniyati. 2.O’z harakatlari uchun qonuniy huquqlilik-u yoki bu yuridik ahamiyatga molik harakatlarni mustaqil sodir etish mikoniyati. 3.O’zini himoya qilishga qonuniy huquqlilik-sud organlariga buzilgan sub’ektiv huquqini tiklash maqsadida va huquqbuzarga nisbatan davlat-majburlov chorasida qo’llashni talab qilib murojaat etish imkoniyati. Sub’ektiv majburiyatlar-bu fuqarolik-huquqiy munosabati sub’ektining tegishli xatti-harakatlari mezonidir. Bular ikki xildir. 1.Passiv xildagi majburiyatlar-fuqarolik-huquqiy munosabatlardan vujudga keladi va qonuniy qonuniy huquqli taraf yoki davlat manfaatlariga zarar keltiruvchi harakatlarni sodir etishning yuridik mumkin emasligini bildiradi. 2.Faol xildagi majburiyatlar-ijtimoiy foydali xatti-harakatlarni sodir etishga undashdan iborat. Fuqarolik-huquqiy munosabat mazmuni deb-sub’ektlar tomonidan kirishilayotgan munosabat natijasida kelib chiqadigan huquq va burchlarning yig’indisiga aytiladi. U ikki qismga bo’linadi, ya’ni umumiy mazmun va sub’ektiv huquq va burchga. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar ob’ektlari-bular mazkur huquqiy munosabatlar vujudga kelishiga sabab bo’ladi, ushbu huquqiy munosabat sub’ektlarining huquq va majburiyatlari yo’naltirilgan narsalardir yoki harakat nimaga qaratilgan bo’lsa, hamda nimalar asosida vujudga kelgan bo’lsa, bu munosabat ob’ekt deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiy munosabat ob’ektlari jumlasiga pul va qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, madaniyat, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy boyliklar hisoblanishi qayd etilgan. Fuqarolik huquqida fuqarolik- huquqiy munosabatlarning ob’ektlari o’z navbatida nomulkiy ob’ektlar va mulkiy ob’ektlarga bo’linadi. Nomulkiy ob’ektlar-bo’lar ijodiy faoliyat natijalari, axborotlar, shuningdek, shaxsiy nomulkiy ne’matlar. Intellektual mehnat natijalari, dasturiy ta’minlash, ixtiro va sana’at asarlariga maulliflik huquqi va boshqa ijodiy faoliyat natijalari kiradi. SHaxsiy ne’matlarga esa, qadr-qimmat, obro’, etkazilgan ma’naviy zararni qoplash va boshqalar kiradi. Mulkiy ob’ektlar-bo’lar aniq ashyolar, pullar, qimmatli qog’ozlar, ishlar, xizmatlar, shuningdek mulkiy huquq va majburiyatlardir. Fuqarolik-huquqiy munosabatlari sub’ektlari-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar hisoblanadi. Jumladan: *jismoniy shaxslar; *yuridik shaxslar; *o’z organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari timsolida davlat. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-moddasiga ko’ra jismoniy shaxslar-bular O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hisoblanadi. O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. YUridik shaxslar tijorat va notijorat turlarga bo’linadi. Tijorat yuridik shaxslar jumlasiga xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarini, ishlab chiqarish kooperativlari, unitar korxonalarni keltirish mumkin. Notijorat yuridik shaxslarga esa, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, muassasalar, uyushmalar, ittifoqlarni ko’rsatish mumkin. YUridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham qonunda belgilangan huquqlarni amalga oshirishlari hamda qonun talab qiladigan burchlarni bajarishlari shart. YUqorida aytilganidek, mulkiy huquqiy munosabatlarda fuqarolik huquqlari buzilsa, albatta, sudga, tegishli davlat organlariga murojaat etiladi. Mulkiy munosabatlarda huquqlari buzilgan jismoniy va yuridik shaxslar faqat qonunda belgilangan ma’lum muddat davomida o’z buzulgan huquqlarining himoya qilinishini tegishli davlat organlaridan talab qilishga haqlidir. Bu muddat da’vo muddati deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga ko’ra-da’vo muddati umumiy (bir yildan uch yilgacha) va qisqartirilgan (olti oygacha) muddatlarga bo’linadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar bitimlar, shartnomalar asosida vujudga keladi. Bitimlarda fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik huquqlari va vazifalari belgilanadi. Bitimlar bir tomonlama, ikki tomonlama yoki ko’p tomonlama bo’lishi mumkin. Bitimlar tuzilishiga ko’ra: oddiy va murakkab shaklda bo’ladi. Bundan tashqari bitimlar og’zaki yoki yozma shaklda tuzilishi mumkin. Taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo’yilmagan bo’lsa, u tuzilayotgan vaqtda bajariladigan bitim og’zaki tuzilishi mumkin Bitimning yozma shakli oddiy yozma va notarial tasdiqlanadigan yozma bitim turlariga bo’linadi. Fuqarolar o’rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravaridan ortiq bo’lmagan summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda bitim summasidan qa’tiy nazar oddiy yozma shaklda tuzilishi mumkin. Boshqa hollarda esa, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 110-moddasiga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab etiladi. Fuqarolik- huquqiy munosabatlar ishonchnoma ya’ni bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat orqali ham amalga oshrilishi mumkin. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda va notarial shaklda rasmiylashtiriladi. YUridik shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosilishi kerak. Ishonchnoma Fuqarolik Kodeksining 139-moddasiga ko’ra ko’pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar unda muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, berilgan kundan bir yil muddatgacha o’z kuchini saqlaydi. Muddati ko’rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy sanalmaydi. Ishonchnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: ishonchnoma muddatining tamom bo’lishi; ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi;ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi; nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to’xtatilishi; nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to’xtatilishi; ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo’qolgan deb hisoblanishi, yohud uning vafot etishi; -ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo’qolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi; Ishonchnoma bergan shaxs istagan vaqtida ishonchnomani bekor qilishi, ishonchnoma berilgan shaxs esa-undan voz kechishi mumkin. Bu huquqdan voz kechish huquqgi bitim haqiqiy emas. Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo’lishi bilan uni boshqa shaxsga o’tkazilsa ham o’z kuchini yo’qotadi. Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo’lganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki uning merosxo’rlari darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart. Download 20.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling