O'zbekiston respublikasi fuqarolik huquqi asoslari. Fuqarolik huquqi huquq umumiy tushuncha
Fuqarolik huquq va burchlarning vujudga kelishi, ularni amalga oshirish va himoya qilish, fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati
Download 20.72 Kb.
|
o'zbekiston respublikasi fuqarolik huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-T.:O’zbekiston (yangi kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar bilan) 2009.
2.Fuqarolik huquq va burchlarning vujudga kelishi, ularni amalga oshirish va himoya qilish, fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati.
Fuqarolik huquqida fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelish jarayonlari qayd etilgan bo’lib, ular quyidagi holatlarda vujudga keladi: * Qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo’lmasada, lekin unga zid bo’lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan; * Qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari hujjatlaridan; * Sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan; * Qonun yo’l qo’yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida; *Fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida; *Boshqa shaxsga zarar etkazish natijasida; * Asossiz boyib ketish natijasida; * Fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida; * Qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog’laydigan hodisalar natijasida. O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga ko’ra fuqarolik huquqlari quyidagi yo’llar bilan himoya qilinadi: huquqni tan olish; huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi havfini tug’diradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo’llash; davlat organining yoki fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; shaxsning o’z huquqini o’zi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararni to’lash; neustoyka undirish; ma’naviy ziyonni qoplash; huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o’zgartirish; davlat organining yoki fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo’llamasligi. Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin. Ma’lumki, har bir fuqaroning huquq layoqati-fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslarning huquq va burchlarga ega bo’lish layoqatini belgilaydi. U barcha shaxslar uchun teng darajada belgilanadi. Huquq layoqati inson tug’ilishi bilan vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. YAngi tug’ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, masalan, o’z nasl-nasabiga ega bo’lish, tibbiy yordam olish, ota-onasidan tarbiya va ta’minot olish, turar joyga ega bo’lish kabi huquqlarga ega bo’ladi. Aqli zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. Ular ham davolanish, nafaqa olish, mulkdor bo’lish va boshqa fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan turli iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga egadirlar. Huquq layoqatiga ega bo’lgan barcha shaxslar o’z mulkiy huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshiravermaydi. Mulkdan to’g’ri foydalanish, o’ziga majburiyat olish kabi layoqat muayyan yoshdan boshlanadi. SHuning uchun fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar uchun muomala layoqati belgilangan. «SHaxsning o’z xatti-harakati bilan aniq fuqarolik huquqini olish va o’zi uchun fuqarolik burchlarini tug’dirish layoqati – muomala layoqati» - deb ataladi. Muomala layoqatiga ega bo’lgan fuqarolar aqli rasolik bilan o’z harakatlarining oqibatlarini tushunadilar. Masalan, yangi tug’ilgan bola huquq layoqatidan to’liq foydalansa ham, lekin muomala layoqatiga ega bo’lmaydi. YA’ni biror bir mulkiy majburiyatni olmaydi. Qonunda to’liq muomala layoqatiga ega bo’lish o’n sakkiz yoshdan belgilangan. O’n sakkiz yoshga to’lgan shaxslar mulkiy munosabatda to’la qatnashib, fuqarolik huquq va majburiyatlarni oladilar. Ular mustaqil ravishda bitimlar va shartnomalar tuzishlari mumkin. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko’ra, nikoh tuzish natijasida ega bo’lingan muomala layoqati o’n sakkiz yoshga to’lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham saqlab qoladi. Qonunda to’liq muomala layoqatidan tashqari, to’liq bo’lmagan muomala layoqati ham ko’rsatilgan. To’liq bo’lmagan muomala layoqati o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga etmaganlar bitimlarni o’z ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuziladi. Bunday voyaga etmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki homiysi tmonidan yozma ravishda ma’qullaganidan so’ng, u haqiqiy hisoblanadi. YUqorida qayd etilgan yoshdagi shaxslar quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli: *o’z ish haqi, stependiyasi va boshqa daromadlarni tasarruf etish; *fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o’z intellektual faoliyatining qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish; *qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo’yish va ularni tasarruf etish; *O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ya’ni mayda maishiy bitimlar; tekin manfaat ko’rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro’yhatidan o’tishni talab qilmaydigan bitimlar; qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish borasidagi bitimlarni tuzish. SHuningdek, o’n olti yoshga to’lgan voyaga etmagan shaxs mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan bo’lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud uning homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, u to’la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Bu holat emansipasiya ya’ni ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq, bunday rozilik bo’lmaganda sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Emansipasiya e’lon qilingan shaxslar tomonidan etkazilgan zarar oqibatidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo’yicha o’zlari javobgar bo’ladilar. Ayrim toifadagi ya’ni ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki uni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Bundan tashqari fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiste’mol qilish natijasida o’z oilasini og’ir moddiy ahvolga solib qo’yayotgan fuqaroning muomala layoqati tegishli sud tomonidan fuqarolik prosessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo’yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro faqat mayda maishiy bitimlargina tuzishga haqli hisoblanadi, boshqa turdagi bitimlarni homiy roziligi bilan tuzishi lozim bo’ladi. Ma’lumki, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to’liq layoqatli bo’lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga etmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanishi mumkin. Vasiylar va homiylar o’z himoyasidagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar. Ota-onalari bo’lmagan taqdirda yoki ular biror-bir sabab bilan, masalan, ozodlikdan mahrum etilish joylarida yoki kasalxonada bo’lishi tufayli ota-onalik vazifasini bajara olmasalar yoki ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bo’lsalar – vasiylik va homiylik organlari iloji boricha, vasiy va homiyni vasiylikka olinuvchiga yaqin bo’lgan shaxslardan tayinlaydilar. Vasiylik va homiylik davlatning mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi. Vasiylar va homiylar o’z qaramog’iga olgan shaxslarga g’amxo’rlik qilish, ularni tarbiyalash, sog’liqlarini saqlashga doir tadbirlarni bajarish vazifalarini oladilar. Fuqarolik qonun hujjatlarida fuqaroni bedarak yo’qolgan ya’ni uning qaerdaligi huquq yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo’lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq tegishli sud uni bedarak yo’qolgan deb topishi mumkinligi, uning mol-mulkini doimiy ravishda boshqarib turish lozim bo’lsa, bu mol-mulk sudning qaroriga muvofiq vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadigan va ushbu organ bilan tuzilgan ishonchli boshqaruv to’g’risidagi shartnoma asosida ish olib boradigan shaxsga topshirilishi, agar bedarak yo’qolgan shaxs qaytib kelsa yoki uning turar joyi aniqlansa, sud uni bedarak yo’qoldi deb e’lon qilgan qarorini bekor qilishi va mol-mulkiga nisbatan ham vasiylikni bekor qilinishi to’g’risidagi qoidalar belgilangan. Bundan tashqari, agar fuqaroning qaerda turganligi huquq uning yashash joyida uch yil mobaynida ma’lumot bo’lmasa, basharti u o’lim havf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo’lgan deb taxmin qilish uchun asos bo’ladigan vaziyatlarda bedarak yo’qolgan bo’lib, uning qaerdaligi huquq olti oy mobaynida ma’lumotlar bo’lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq tegishli sud uni vafot etgan deb e’lon qilishi mumkin. Moboda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxs qaytib kelsa yoki uning qaerdaligi ma’lum bo’lsa sud tomonidan unga tegishli qaror bekor qilinadi va uning barcha qonuniy huquqlari qayta tiklanadi. Fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan ya’ni fuqarolik holati hujjatlarini yozish (FHDYO) organlari tomonidan qayd etilishi lozim: tug’ilish; nikohdan o’tish; nikohni bekor qilish; farzandlikka olish; otalikni belgilash; ismni o’zgartirish; fuqaroning vafot etishi. Bularni amalga oshirilishi maxsus huquqiy me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan tartibda bajariladi. Ularga nisbatan xilof harakat javobgarlikni keltirib chiqaradi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-T.:O’zbekiston (yangi kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar bilan) 2009. 2. Karimov I.A. “Barkamol avlod yili ” Davlat Dasturi to’g’risidagi PQarori “Xalq so’zi” 2010 yil 28 yanvar soni Download 20.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling