Davlat va huquq asoslari 10 sinf 12 $ Oʻzbekiston respublikasi fuqarolik huquqi


Download 35.69 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi35.69 Kb.
#1264819
Bog'liq
10sinf 12 mavzu

Davlat va huquq asoslari 10 sinf

12 $ Oʻzbekiston respublikasi fuqarolik huquqi


Fuqarolik huquqi tushunchasi
Fuqarolik huquqi deyilganda huquqning me’yorlari mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni
(sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni) tartibga soladigan
sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi manbalariga
quyidagilar kiradi:
— Konstitutsiya;
Fuqarolik kodeksi;
— amaldagi qonunlar;
— qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari);
— O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
— ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar);
— mahalliy odat va an’analar.
Fuqarolik huquqi subyektlari
Jismoniy shaxslar
Yuridik shaxslar
Fuqarolar
Chet el fuqarolari
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari
yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan
mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan
va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
39-modda.
Huquqiy layoqat
— fuqarolarning huquq va burchlarga ega bo‘lish
layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga
keladi va butun hayoti davomida saqlanadi.
shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga
ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga
keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh cheklanishlari bilan bog‘liq
Muomala layoqati
Download 35.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling