Davlat va huquq asoslari


Inson huquqlari va erkinliklarining yuridik kafolatlari


Download 193.65 Kb.
bet10/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

Inson huquqlari va erkinliklarining yuridik kafolatlari
O`zbekistonda "Har bir shaxsga o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g`ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi." (Konstitutsiyaning 44-moddasi).
Bu konstitutsiyaviy qoidaninng asosiy mohiyati shundaki, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilganda, u sud orqali himoya qilinadi. Insonlarga tegishli huquq va erkinliklar ko`p qirrali xususiyatga egadir. Shaxsiy huquq va erkinliklar turkumiga misol uchun yashash huquqi, erkinlik huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi kabilar kiradi.
Inson huquqlari va erkinliklarining ijtimoiy kafolatlari
O`zbekistonda voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir
O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so`ng, yangi iqtisodiy sharoitga o`tish davrida ijtimoiy himoya qilish dasturini yaratdi. Davlat asosiy bosh islohotchi sifatida tanilgani bois asosiy ijtimoiy himoya mexanizmlari ham davlat tomonidan yaratilishi o`z vaqtida samara bera boshladi. Bu ijtimoiy siyosatda mamlakat aholisining eng muhtoj qatlamlariga katta e'tibor berilmoqda. Bu Konstitutsiyaning 45-moddasida o`z ifodasini topgan. Davlat o`z manfaatlaridan kelib chiqib, ana shu qatlam himoyasini o`z bo`yniga olgan. Bu esa Konstitutsiya orqali fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlanishining amaliy ifodasidir.
Konstitutsiyaga muvofiq, erkak va xotin-qizlar teng huquqlidirlar.
Bu esa jamiyat a'zolari o`rtasidagi munosabatda fuqarolarning jinsidan qat'iy nazar, qonun oldida tengligini kafolatlaydi. Shuningdek, ularning hayotiy munosabatlarini tartibga soladi. Bular barchasining huquqiy tartibga solinishi g`oyatda ahamiyatlidir. Aks holda, bu yozilgan chiroyli so`zlar qog`ozda qolib ketishi mumkin. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Asosiy Qonunida maxsus bob shaxs erkinligi va huquqining kafolati mavzusiga bag`ishlangan.

Download 193.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling