Davlat va huquq asoslari


Shaxs huquqiy maqomining prinsiplari


Download 193.65 Kb.
bet6/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

2. Shaxs huquqiy maqomining prinsiplari
O`zbekistonda fuqarolar konstitutsiyaviy maqomining asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning beshinchi bobida mustahkamlangan. Xususan, Asosiy qonunning 18-moddasida fuqarolarning teng huquqliligi mustahkamlangan.
Teng huquqlilik tushunchasini avvallari sotsialistik ta'limotning mazmuni sifatida ilgari suriladigan ijtimoiy tenglik tushunchasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
Teng huquqlilik - insonlarning huquq, erkinlik va burchlarda o`zaro tengligini anglatadi. Ijtimoiy tenglik esa–ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishda hammaning teng bo`lishini ta'kidlaydi. Ijtimoiy tenglik insoniyat o`z iste'mol ehtiyojiga nisbatan ko`proq tovar ishlab chiqara boshlanganidan buyon hech qachon va hech qayerda mavjud bo`lmagan. Demokratik mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, ijtimoiy-iqtisodiy tenglik mavjud bo`lmagan sharoitda ham teng huquqlilik amal qilishi mumkin ekan.
Albatta, kishilarning turli ijtimoiy mavqeini egallashlari orqali ular huquqlarida tenglikni amalga oshirish muayyan muammolarning paydo bo`lishiga olib kelishi muqarrar. Masalan, dastlabki qamoq chorasidan garov, ya'ni muayyan pul miqdori evaziga ozod bo`lish imkoniyatiga nisbatan badavlat kishilar ega, ijtimoiy mavqei past kishilar bunday imkoniyatga ega bo`lmay, ular sud hukmini qamoqda kutishiga to`g`ri keladi. Biroq yetarli mablag` va vositalarsiz kishilar sonining salmog`i o`sha jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasiga bog`liqdir. Bu daraja qanchalik yuqori bo`lsa, bunday kishilar jamiyatda kam bo`ladi.
Konstitutsiyalar teng huquqlilik tamoyilini turlicha izohlaydilar: gohida to`g`ridan-to`g`ri (pozitiv), gohida ajratishni, kamsitishni man etish ko`rinishida, ba'zan esa ikki usulni birgalikda qo`llash orqali tushuntiradilar.
Ba'zan ayollar va erkaklar tengligi alohida kafolatlanadi, shuningdek, u yoki bu muayyan holatlaridan qat'iy nazar, tenglik (irqi, millati, kelib chiqishi, terisining rangi va boshqalar) kafolatlanadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, teng huquqlilik, asosan, inson va fuqaro hayoti uchun eng muhim huquq, erkinlik va burchlarni o`z ichiga olganligi bois ular konstitutsiyalarda kafolatlanadi.

Download 193.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling