Davlat va huquq asoslari


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqining manbalari va tizimi


Download 193.65 Kb.
bet5/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqining manbalari va tizimi.

Konstitutsiyaviy huquq normalarida ifodalangan normativ huquqiy aktlar konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbalarini tashkil etadi. Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbasi bo’lib, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalarining Konstitutsiyalari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - davlatning Asosiy Qonuni sifatida oliy yuridik kuchga egadir, shuning uchun ham unda ifodalangan tartib-qoidalar konstitutsiyaviy huquq normalari tizimida bosh o’rinni egallaydi. Boshqa hamma huquq sohalarida o’rnatilgan normalar ham Konstitutsiya normalariga mos bo’lishi shart.
Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar deb, Konstitutsiyaviy huquqning predmetini tashkil qiluvchi, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarga aytiladi va ular barcha normalarga tegishli bo’lgan hususiyatlarga ega bo’ladi. Boshqa huquq normalari singari, ular ham davlat nomidan chiqariladi, umummajburiy qoidalarni o’rnatadi, davlat tomonidan himoya qilinadi. Uning bajarilishi ta’minlanadi va kafolatlanadi.
O’zbekiston Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy huquqning predmetiga aloqador bo’lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni umumlashtiruvchi yagona manba bo’lib hisoblanadi va bu normalar butun Respublika hayotida harakatda bo’ladi.
Konstitutsiya normalari eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Boshqa huquq manbalarida ifodalangan normalar esa Konstitutsiya normalarini rivojlantirishga va amalda bo’lishiga qaratilgan bo’ladi.
O’zbekiston Konstitutsiyasida davlatning ijtimoiy tuzum asoslari, siyosiy tizimi, iqtisodiy negizi, tashqi siyosatining konstitutsiyaviy printsiplari o’z ifodasini topgan. Unda fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilovchi normalar aks ettirilgan.
Konstitutsiya normalari davlat hokimiyati organlarini tashkil etish va ularning faoliyat printsiplarini mustahkamlaydi. O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Konstitutsiyalarida saylov tizimiga aloqador bo’lgan asosiy normalar ifodalangan. SHuningdek, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, sud hokimiyati organlari, prokuratura organlariga aloqador normalar ham aks ettirilgan. Konstitutsiyaviy huquqning manbalari qatoriga davlat-huquqiy normalari aks ettirilgan qonunlar ham kiradi. Masalan: “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi 1992 yil 2 iyul Qonuni, 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari o’zining yuridik kuchi va hududiy harakati doirasi jihatlaridan bir-biridan farq qiladi, buni o’rganish jarayonlari Konstitutsiyaviy huquqning manbasi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquqning manbalaridan bo’lib, vakillik organlari tomonidan qabul qilinadigan ish yuritish tartiblari; yo’riqnomalar, reglamentlar ham manbalar hisoblanadi.
Vakillik organlari tomonidan qabul qilingan Nizomlar ham Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo’ladi. SHuningdek, Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga O’zbekiston Respublikasi Prezedenti tomonidan qabul qilingan davlat-huquqiy xarakteriga ega bo’lgan farmonlari, qarorlari farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining ba’zi bir aktlar kiradi.
O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan va tuziladigan shartnomalari bitimlari ham konstitutsiyaviy huquq manbasini tashkil qiladi. Masalan: O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari o’rtasidagi Konstitutsiya doirasida tuzilgan shartnoma bitimlari va boshqa davlatlar bilan fuqarolik masalalariga yoki tashqi siyosat munosabatlariga oid tuzilgan shartnoma va bitimlari kiradi.
Va nihoyat konstitutsiyaviy huquq manbalaridan bo’lib, mahalliy vakillik organlarining ba’zi bir aktlari ham hisoblanadi. Masalan: Hokimlarning qabul qilgan huquqiy aktlari va ular to’g’risidagi qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish tartib qoidalari va boshqa davlat organlarining faoliyat printsiplari kiradi.
. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish yo`liga o`tdi. Jahon tajribasidan ma'lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat'iy himoya qilmasdan va amalda ta'minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning boy ma'naviy salohiyati, uning tasarrufida bo`lmish ulkan tabiiy boyliklar va texnikaviy imkoniyatlar, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik rivojlanish hamda inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish imkonini bermoqda.
Shaxsning huquqiy maqomi deganda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda burchlarining majmui tushuniladi.
O`zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMTning 1948 yilda qabul qilingan "Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi" ifodasini topgan qoidalarni yaxlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan.
O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo`lishi shart.
O`zbekiston Respublikasi o`zining ichki va tashqi siyosatida BMTning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan "Inson huquq va erkinliklarining universalligi" talablariga qat'iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMTning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi.
Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta'minlash va himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakllantirilmoqda.
Bugungi kunda Yevropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini ta'minlashning ko`proq rivojlangan tizimi hisoblanadi.
“Jamiyatning, davlatning shaxslar bilan bo`ladigan va huquqiy normalar bilan belgilanadigan o`zaro munosabatlari shaxsning huquqiy holati deb ataladi”5[73].
Jamiyat va davlatning shaxs bilan munosabatlari Konstitutsiya normalarida o`z ifodasini topadi.

Download 193.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling