Davlat va huquq asoslari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 193.65 Kb.
bet3/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.Huquq tushunchasi, mohiyati, bеlgilari va funktsiyalari.
2.Axloq va huquq nima?
3.Huquq mе'yorlari, tartibi, turlari, usullari haqida.
4.Mе'yoriy – huquqiy hujjatlarning turlari va ularga amal qilish.
5.Uch mе'zon haqida zamon, makon va shaxslar doirasi.
6.Huquqiy munosabat tushunchasi, asoslari va tarkibi haqida.
7.Huquqiy munosabat tushunchasi, asosalri va tarkibi haqida nima bilasiz.
8.O`zbеkiston huquqiy tizimi haqida nima bilasiz?
9.Qonunchilik, huquqbuzarlik, yuridik javobgarlik nima?


2- mavzu: Konstitutsiyaviy huquq – huquqning bosh sohasi
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari. Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibi. Konstitutsiyaviy tuzum va konstitutsiyaviy tamoyillar.
2. Konstitutsiyaviy tuzum va huquq tartibot. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi sifatida insonparvarlik tamoyili. O‘zbekiston
3. Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarining belgilanishi.
4. Xalq hokimiyatchiligi. Shaxsiy huquq va erkinliklar. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari.
Tayanch tushunchalar: Konstitutsiya, qonun, qonun loyihasi, burch, huquq va erkinliklar, shaxsiy huquq, Konstitutsiyaviy tuzum, Xalq hokimiyatchiligi.

Konstitutsiyaviy huquq davlat huquqiy tizimining eng muhim va yetakchi sohasi hisoblanib, davlat tuzilishini mustahkamlovchi, jamiyat va shaxs munosabatlarini tartibga soluvchi, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini, shuningdek, davlatning ma’muriy-hududiy va davlat hokimiyati organlari tuzilishini belgilovchi huquqiy normalar yig’indisidir.


«Konstitutsiya» so’zi lotincha «tizim», «tartib» degan ma’noni anglatib, ilk bor Qadimgi Rim davlatining imperiya davrida imperator tomonidan chiqarilgan huquqiy hujjatlar ya’ni imperatorning davlat boshqaruviga oid umumiy ko’rsatmalari, sud nizolari bo’yicha imperator qarori, huquq normalarini qo’llash yoki sharhlashda ikkilanish yuz bergan taqdirda imperatorning javoblari, sud ishlari va idora qilish ishlariga doir imperatorning amaldorlariga bergan qo’llanmalari, yo’l-yo’riqlari “Imperator konstitutsiyalari” deb atalgan. XVII asrda Frantsiyada ushbu so’z bilan renta, renta shartnomasini belgilashgan. Keyinchalik qadimgi ma’nosiga qaytib, ushbu atama bilan huquqiy tomondan belgilab qo’yilgan davlat tuzumini atay boshlaganlar. Buyuk Frantsuz inqilobi arafasida esa «konstitutsiya» iborasi bilan «davlatning holatini» ifodalay boshlaganlar.
Konstitutsiyaviy huquqning paydo bo’lishiga bir qator konstitutsiyaviy ahamiyatga molik hujjatlar katta ta’sir ko’rsatgan.
Bunday hujjatlar jumlasiga 1251 yilda Angliyada qabul qilingan «Erkinliklarning Buyuk Xartiyasi», 1697 yilgi «Xabeas korpus akt» («Habeas Corpus Act») va boshqa bir qator hujjatlar kiradi. Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlar hozirgi kunda ham Buyuk Britaniyada Konstitutsiyaga ega bo’lmagan davlat bo’lsa-da amaldagi konstitutsiyaviy hujjatlari hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquq fanining paydo bo’lishiga boshqa bir qancha omillar, xususan, insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli bo’lmish va umuminsoniy huquqiy qadriyat hisoblanmish huquqiy nazariyalar va ta’limotlar, jahon huquqiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan buyuk mutafakkirlarning nazariy huquqiy merosi, turli davlatlarning konstitutsiyaviy qonunchiligi va amaliyoti ham ta’sir ko’rsatgan.
XVIII asrda SHimoliy Amerikadagi ilk shtatlar Konstitutsiyalari va Amerika Qo’shma SHtatlari tashkil topganidan so’ng qabul qilingan Konstitutsiyasi, shuningdek, ayrim Yevropa davlatlarida XVIII va XIX asrlarda qabul qilingan konstitutsiyalari konstitutsiyaviy huquqning mustaqil huquq sohasi sifatida shakllanishida katta rolь o’ynagan. CHunki konstitutsiyalar kontitutsiyaviy huquqning normativ-huquqiy asosini tashkil etadi.
Har bir davlatda konstitutsiyaviy huquq paydo bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqining mavzui asosan, XX asrning ikkinchi yarmida o’zini yakuniy shaklini oldi.
O’zbekistonda hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquq fanining shakllanishida 1992 yilgi Konstitutsiya muhim omil bo’lib xizmat qildi. Zero, uning “eng ilg’or g’oyalarni o’zida jo etganini, uning eng demokratik an’analar asosida yaratilganini bugungi kunda butun jahon tan olmoqda”1. Bugungi kunda g’arbiy demokratik konstitutsiyaviy-huquqiy ta’limotlar va sobiq Sovet Ittifoqida shakllangan sotsialistik davlat huquqi fani o’rtasidagi mafkuraviy qarama-qarshilik o’tmishda qoldi. O’zbekiston konstitutsiyaviy huquqi fani rivojidagi sifat o’zgarishi 80-yillarning oxirida boshlandi. Bu davrga kelib, huquqiy davlat g’oyasi keng o’rin egalladi, inson va fuqaroning huquqlari hamda erkinliklari esa insonga davlat tomonidan in’om etilgan degan qarashlardan voz kechildi2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizda konstitutsiyaviy-huquqiy ta’limotning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. Uning konstitutsiya haqidagi fikrlari, ta’kidlari va xulosalari ro’y berayotgan konstitutsiyaviy jarayonlarni, O’zbekiston siyosiy tarixiy shart-sharoitlarini, uning hozirgi holati va istiqbollarini, boy imkoniyatlarini o’rganish, chuqur tahlil qilish va umumlashtirish natijalariga asoslangan. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e’lon qilingan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida”gi farmoyishi Konstitutsiyaviy huquq fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi3.


  1. Download 193.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling