Davlat va huquq asoslari


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi predmeti, ob’ekti va sub’ektlari


Download 193.65 Kb.
bet4/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi predmeti, ob’ekti va sub’ektlari.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi – mustaqil huquq sohasi bo’lib, muayyan konstitutsiyaviy huquqiy normalar tizimi (yig’indisi) dan iborat.
Konstitutsiyaviy huquqning predmetini davlat, jamiyat va shaxs o’rtasidagi munosabatlar yechimini topishda, davlat hokimiyatini amalga oshirishda vujudga kelib, konstitutsiyaviy tizimni tashkil etish, ta’minlash va himoya qilish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni, insonlarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tartibga solish, himoya qilish, qo’riqlash, kafolatlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni, «shaxs-jamiyat-davlat” o’rtasidagi eng muhim munosabatlartashkil etadi.
Konstitutsiyaviy huquq normalarini hayotga tadbiq etish jarayonlarida konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlari deb, Konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Bunday munosabatlarning ishtirokchilari konstitutsiyaviy huquq normalari tomonidan o’rnatilgan huquq va majburiyatlar bilan o’zaro bog’langan bo’ladi. Uning ishtirokchilari o’zaro yuridik aloqada bo’ladi, chunki ular kishilar ongiga bog’liq bo’lib, davlat organlari tomonidan ta’minlanadi, ximoya qilinadi, kafolatlanadi.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqiy sub’ektlari-konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan hamda muayyan huquq va majburiyatlarga ega jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq sub’ektlari turli tumandir. Konstitutsiyaviy huquq sub’ektlarini ikki katta guruhga bo’lish mumkin:
Birinchi guruh: Jismoniy shaxslar. Har bir davlatda har bir shaxs muayyan huquqiy maqomga ega bo’ladi va bu maqom, avvalambor, konstitutsiyaviy huquq normalari bilan belgilanadi. SHaxs o’z huquqiy maqomiga ko’ra fuqaro, chet ellik yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lishi mumkin. SHaxs o’z huquqiy maqomiga ko’ra turli xajmdagi siyosiy, shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga ega bo’ladi. SHaxsiy huquqlar barcha insonlarga tegishlidir.
Ikkinchi guruh: Yuridik shaxslar. Egallagan maqomi konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan yuridik shaxslar konstitutsiyaviy huquqning sub’ektlari bo’ladi va ularning huquqiy maqomi turlichadir.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi sub’ektlari jumlasiga quyidagi yuridik shaxslar kiradi:
1. Davlat va uning organlari;
2. Mamlakat aholisi;
3. Jamoat birlashmalari;
4. Siyosiy partiyalar;
5. Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari.
Konstitutsiyaviy huquqning asosiy sub’ekti insondir. Inson, uning huquqlari va erkinliklari konstitutsiyaviy huquqning mazmun mohiyatini belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqining ob’ekti – konstitutsiyaviy huquq normalarini tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquq ob’ektiga quyidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy normalar kiradi:
Birinchidan, konstitutsiyaviy huquqning asosiy printsiplari;
Ikkinchidan, inson va fuqaroning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash;
Uchinchidan, davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish.
Konstitutsiyaviy huquq ob’ekti – ushbu huquq sohasining chegaralarini belgilaydi va boshqa huquq sohalaridan farqlanishini ko’rsatadi.
Konstitutsiyaviy huquq ob’ekti, avvalambor, konstitutsiyaviy huquq tushunchasini berishga imkon yaratadi. Bunda konstitutsiyaviy huquq tushunchasi uning asosiy institutlarini ochib berish yo’li bilan beriladi4.


  1. Download 193.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling