Demarsh-bir davlat tashqi aloqa organlarining boshqa davlatga nisbatan favqulodda chiqishi.
Denominasiya-pul muomalasini tartibga solish va milliy valyo`taga ko’proq salmoq berish maqsadida mamlakat pul birligini yiriklashtirish.
Ekosid-hayvonot va o’simliklar dunyosini yoppasiga qirib tashlash, atmosfera va suv resurslarini zaharlash, shuningdek, ekologik inqirozlar keltirib chiqaradigan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Ekologik urush- raqibga, uning xududiga ta’sir qilish orqali zarar etkazish. Bu BMT tomonidan man qilingan.
Ekologik jamg’armalar-byudjetdan tashqari davlat jamg’armalari. Ular kechiktirib bo’lmaydigan tabiiy muhofaza vazifalarini bajaradilar.
Ekologik ofat zonalari- O’zbekiston Respublikasi xududiy uchastkalarida xo’jalik va boshqa faoliyat natijasida faunalar va floralar buzilishi, tabiiy ekologik tizimni vayron qilish natijasida tabiiy muvozanatning buzilishi.
Eksgibisionizm- o’z tanasi a’zolarini qarama-qarshi jinsdagi yoki o’z jinsidagi odamlarga yalong’och qilib ko’rsatish orqali jinsiy qoniqish olish yoki lazzatlanish.
Eksgumasiya-shaxs o’limining sababi yoki o’likning shaxsini aniqlash masadida ko’milgan murdani qayta kavlab olish.
Ijrochi-maishiy xizmat, uy-joy kommunal ta’mirlash, qurilish, transport xizmati va xizmat ko’rsatishning boshqa sohalari bo’yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan korxona, tashkilot, birlashma yoki yakka tartibda faoliyat ko’rasatuvchi tadbirkor.
Iste’molchi –foyda chiqarib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs).
Ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga realizasiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.
Indent-agent-chegara ortida vositachilik asosida xorijiy mol etkazib beruvchidan kelib tushadigan tovarlarni sotish bo’yicha operasiyalarni amalga oshiruvchi agent.
Do'stlaringiz bilan baham: |