Indeksasiya-inqirozdan himoya qilish vositasi sifatida kontraktlar va majburiyatlar bo’yicha narxlar indeksi bilan to’lovlar muvoqligi.
Ish vaqti- mehnat huquqida kalendar vaqtining bir qismi, bu vaqt mobaynida ishchiyoki xizmatchi o’ziga ko’rsatilgan joyda topshirilgan ishini yoki boshqa ish majburiyatlarini bajarishi kerak.
Ishonch xati-fuqarolik huquqida bir shaxs boshqa shaxsga uchinchi shaxslar oldida uning nomidan ish yuritishi uchun beriladigan yozma vakolat.
Iqtisodiy josuslik-qonunga xilof ravishda iqtisodiyot, tijorat, ishlab chiqarish sohasidagi ma’lumotlarni o’z manfaatlari uchun olish va foydalanish.
Iqtisodiy huquqlar-iqtisodiy sohadagi inson faoliyatining yuridik jihatdan belgilovchi huquqlarning majmui.
Konfederasiya – shartnoma asosida qat’iy muayyan maqsadlar yo’lida birlashishidir.
Kafil- u yoki bu narsaga kafolat beruvchi davlat, muassasa yoki shaxs.
Kafolat muddati-fuqarolik huquqida tovar oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sifat talablariga javob berishi, ish va xizmatlar esa-o’zining is’temol xossalarini saqlab qolishi kerak bo’lgan davr.
Kodifikasiya-normativ-huquqiy aktlarni qayta ishlash yo’li bilan ularning yagonaligiga olib boruvchi prosess.
Kontraktasiya-mahsulot etishtiruvchi bilan davlat yoki bosh xaridor o’rtasida tuziladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini etkazib berish to’g’risidagi shartnoma.
Legalizasiya-biron tashkilotning faoliyatini qonuniylashtirish, biron-bir hujjatga, harakatga yuridik kuch berish, legal holatga o’tish.xorijiy davlatlarga beriladigan xujjatning haqiqiyligini tasdiqlash va unga yuridik kuch berish.Noqonuniy yo’l bilan topilgan pul mablag’larini yoki boshqa mol-mulkni oshkoralashtirish.
Lesbiyanlik-ayollarning ayollar bilan jinsiy aloqasi.
Lisenziya-maxsus vakolatli davlat organi amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra lisenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turi bilan muayyan muddat davomida shug’ullanish uchun beriladigan ruxsat.
Do'stlaringiz bilan baham: |