Lyumpsum-tashilayotgan yukning haqiqiy miqdoridan qa’tiy nazar, butun kema uchun akkord ravishda olinadigan kira haqi.
Ma’muriy-boshqaraman, boshqaruvchi ma’nosini anglatadi.
Ma’muriy huquq-davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish normalarini uz ichiga olgan huquqning aloxida tarmogi.
Ma’muriy jarayon – ijro hokimiyat organlarining ma’muriy protsessual shaklda amalga oshiriladigan va aniq bir huquqiy masalalarni hal etishga qaratilgan hokimiyat faoliyati.
Ma’muriy huquqiy norma-davlat tomonidan urnatilgan va bajarishi shart bo’lgan koida.
Ma’muriy huquqbuzarlik-ma’muriy koidalarning buzilishidir.
Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy prosessual tartibda ma’muriy jazoni qo’llashdir.
Makler-vositachi degan ma’noni anglatadi.
Mulkiy zarar-jismoniy va yuridik shaxs mulkiga unga ziyon etkazish yoki u bilan birga tuzilgan shartnomani bajarmaslik oqibatida etkazilgan zarar.
Mehnat shartnomasi - ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi kasbga oid yozma kelishuvdir.
Mehnatga layoqatlilik-inson salomatligiga bog’liq bo’lgan mehnat faoliyatiga qobillik.
Mehnatni muhofaza qilish jamg’armalari-mehnatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni mablag’ bilan ta’minlash manbai bo’lib xizmat qiluvchi.
Jamiyat- kishilarning murakkab ijtimoiy birlashmasidir.
Jamoa shartnomasi - bu korxonada ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni normativ hujjat.
Jamoat izzasi-mahkumni omma o’rtasida uyaltirish, unga qo’llaniladigan jazoning samarasini oshirish maqsadida jazoni ijro etish usuli.
Jahon bozori-milliy bozorning jahon darajasiga chiqishi bo’lib, asosan davlatlarning iqtisodiy hamkorligi, munosabatlarida namoyon bo’ladi. Unda jahon bahosi o’rnatilgan bo’lib, davlatning bojxona siyosati va holati bilan bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |