Davlat va huquq asoslari


Obrogasiya-eski qonunga qisman o’zgartirishlar kiritish. Obstruksiya


Download 193.65 Kb.
bet30/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

Obrogasiya-eski qonunga qisman o’zgartirishlar kiritish.

  • Obstruksiya-shovqin ko’tarish, ishga taalluqli bo’lmagan uzundan uzoq nutq so’zlash orqali yig’ilish, majlis va hakozolarni buzishga qaratilgan, ko’proq parlamentcha e’tiroz turi, kurash uslubi.

  • Oversold-ma’lum turdagi mahsulot yoki qimmatli qog’ozlarning bozorda ko’payib ketishi sababli, narxlar keskin tushib ketishi natijasida yuzaga keladigan holat.

  • Odat huquqi-ma’lum davlat, joy yoki etnik va ijtimoiy guruhda takroriy qo’llanishi natijasida yuzaga kelgan jamoat munosabatlarini boshqaruvchi yozilmagan axloq qoidalari majmui.

  • Respublika – davlatni idora qilish (boshqarish) shakli bo’lib, unda davlatni saylab qo’yilgan kishilar boshqaradi.

  • Ratifikasiya-tasdiqlash, biror bir mamlakatning oliy davlat organi tomonidan tasdiqlangan xalqaro shartnoma.

  • Reablitasiya-nohaq qoralangan, ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortilgan yoki aybdor deb hisoblangan, nohaq hukm qilingan shaxsga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi ko’rilishi hisoblanadi.

  • Ramburs krediti-savdo operasiyalarini bank tomonidan qisqa muddatli kreditlash.

  • Regress da’vo-qarzdorning aybi bilan uchinchi shaxsga to’langan pulni qaytarish to’g’risidagi qarshi talabnoma.

  • Syuzerenitet – frans., bir davlatning ikkinchi davlatga (vasiylik)ga nisbatan ustuvorlik huquqi.

  • Sabotaj-ma’lum majburiyatlarni olgan holda bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik.

  • Sotuvchi-oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha iste’molchiga tovar realizasiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tadbirkor.

  • Savdo-tovar ishlab chiqaruvchi va uni iste’mol qiluvchi o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy vositachilik bo’lib, iste’molchilarga qayta sotish maqsadida ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni xarid qilish yo’li bilan yoxud tovarlarni iste’molchilarga sotish va keyinchalik ularning pulini ishlab chiqaruvchilarga to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi.


  • Download 193.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling