Davlat va huquq nazariyasi
Huquq printsiplari va uning funktsiyalari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy huquqiy printsiplar
- 2) Qonuniylik printsipi.
- 3) Insonparvarlik printsipi.
- Maxsus-yuridik printsiplar
- Tarmoqlararo huquqiy printsiplar
- Sohaviy huquqiy printsiplar
- Huquqning regulyativ-dinamik ya’ni tartibga soluvchi - dinamik funktsiyasi
2. Huquq printsiplari va uning funktsiyalari Xuquq printsiplari, hech mubolag’asiz, uning mohiyatini ifodalovchi asosiy mexanizmlardan birini, tag zamin o`zagi (sinch - umurtqasi)ni tashkil etadi. Ular butun xuquqiy materiyani í g’oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, jami huquqiy hayotga muayyan mantiq, mazmun-ma’no, sobitqadamlik, ichki mutanosiblik xamda uyg’unlik bahsh etadi. Yanada teranroq. ta’rif beradigan bo`lsak huquq printsiplarida, bamisoli, huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat ma’rifiy taraqqiyotining hosilasi o`zining mujassam ifodasini topadi. Printsiplar 48 huquq shakllanishida yo`nalish beruvchi mo`ljal, mezon vazifasini o`taydi. Hukuq printsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining rahbariy g’oyasi, ibtido qoidasi, etakchi mezoni sifatida maydonga chikadi. Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o`z tasdig’ini topadigan huquq printsiplari jamiyatning butun siyosiy-huquqiy xayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga tulaligicha singib ketadi. Ular nafaqat huquqding moxiyatini, balki uning mazmunini tavsiflaydi, nafaqat uning ichki tuzilishi, statik xolatini, balki hukukni qo`llash jarayonini, huquq faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquq printsiplari normativ aktlarni tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish va chiqarishga, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari o`rnatilishiga nihoyatda katta ta’sir ko`rsatadi. Huquq printsiplari o`ziga xos tayanch tuzilma (konstruktsiya) bo`lib, unga nafakat huquq normalari, institutlari yoki tarmoklari, balki butun huquq tizimi asoslanadi. Mazkur rahbariy tamoyillar davlat idoralarining butun huquq ijodkorligi, huquqni qo`llash va huquqni muhofaza qilish faoliyati uchun yo`naltiruvchi mash’al bo`lib xizmat qiladi. Ularga rioya etish darajasiga huquqiy tizimning barkarorligi va samaraliligi bevosita bog’liq. Huquq printsiplari umummajburiy tusga ega bo`lganligi sababli ular turli huquq tarmoqlari va institutlari, normalari va huquqiy munosabatlar o`rtasidagi, ob’ektiv hamda sub’ektiv huquq o`rtasidagi ichki birlikni, uyg’unlikni va o`zaro aloqadorlikni ta’minlashga ko`maklashadi. O`z mohiyati, tabiati jihatidan huquq printsiplari tasodifiy emas, balki jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan ob’ektiv tarzda belgilanadi. Bundan tashqari, ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq hukmron siyosiy va davlat rejimi, jamiyat siyosiy tizimining qurilish xamda amal kilish tamoyillari o`z ta’sirini o`tkazadi. Yuqoridagi fikr kundek ravshan, uni isbotlab o`tirishning xojati ham yo`q. Zero, aytaylik feodal huquqning tuzilish va harakatlanish printsiplari kuldorchilik huquqi yoki hozirgi zamonaviy huquq printsiplaridan tubdan farq kiladi. Shuningdeq rim huquqiga asoslangan bugungi kunimizdagi roman-german huquqining printsiplari islom dini arkonlariga asoslangan musulmon huquqi printsiplaridan farqlanishi barchaga ayondir. Huquq printsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va joriy qonunlarning muqaddimasida, moddalarida) mustahkamlanadi; ba’zan huquq normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O`zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqlari va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqlik printsipi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish printsipi o`z aksini topgan. Shuningdek Konstitutsiyamizning bir kator moddalarida o`ta muhim boshqa huquqiy printsiplar mustahkamlangan. Ulardan ba’zilarini eslab o`tamiz: «davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi» (2- modda), «halk hokimiyatchiligi» (7-modda), «davlat hokimiyatining taksimlanishi» (11-modda), «siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilmaxilligi» (12-modda), «Konstitutsiya va qonun ustuvorligi» (15 va 16-mod-dalar), «fuqarolarning qonun oldida tengligi» (18-modda) va xokazo. Xorijiy davlatlar tajribasi ham aynan shunday. Misol uchun Shvetsiya 49 Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq: «Shvetsiyada butun davlat hokimiyati halkdan kelib chiqadi. Shved halkining boshqaruvi fikrlarni erkin shakllantirish hamda umumiy va teng saylov huquqiga asoslanadi. Boshkdruv davlat tuzumi vositasi bilan, vakillik va parlament tizimi, va kommunal o`zini o`zi boshkarish orqali amalga oshiriladi». Adolat va erkinlik huquq binosining tamal toshlaridir. Barcha printsiplar orasida ular alohida muhim o`rin tutadi. Adolat va erkinlik printsipi ko`pgina nufuzli halqaro normativ-huquqiy hujjatlarda, mamlakat ichki konunchiligida o`z tasdig’ini topgan. Fikrimizning dalili sifatida 1948 yilda qabul kilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarni keltirish mumkin. Huquq printsiplarini mazmuni, namoyon bo`lish jabhasi va xususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqning tipi va harakatlanish ko`lamiga qarab quldorchilik, feodal, burjua va sotsialistik huquq printsiplari haqida gapirish mumkin. Shuningdek, huquq printsiplari o`z tabiatiga ko`ra ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ahloqiy, diniy va maxsus-yuridik turlarga bo`linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda umumiy va maxsus, sohaviy va tarmokdararo printsiplar to`g’risida fikr mulohazalar mavjud. Umumiy huquqiy printsiplar butun huquqiy tizim zaminida turishi bilan harakterlanadi. Bu printsiplar tahlili orqali u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining mazmun moxiyati, tabiati, o`ziga xos xususiyatlari, xarakatlanish sifatlari hakida xulosa chiqarish mumkin. Bunday huquqiy printsiplar qatoriga kuyidagilar kiradi: 1) Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizm printsipi. Mazkur printsip huquqni yaratish sohasida halqning, bevosita halq vakillari bo`lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo`ladi. Huquqni amalga oshirish jabhasida demokratizm tamoyili huquqni qo`llovchi va hukukni muhofaza qiluvchi idoralarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastavval odil sudlovni amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik yordamning realligi darajasida o`z aksini topadi. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat kilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo`lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap so`zlar yo xalkda xushomad qilish yoki oddiy siyosiy o`yin bo`lib qolaveradi» 2 . 2) Qonuniylik printsipi. Hukuq ijodkorligi jarayoni sub’ektlari tomonidan normativ-huquqiy aktlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, kabul qilish va nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik tamoyilining asosiy ma’nosi shundaki, qonun chiqaruvchi idora-parlamentning ham, huquq ijod etuvchi boshqa idoralarning ham faoliyati qonun asosida qat’iy amalga oshirilishi lozim. Sudlov jarayoni hamda huquqni amalga oshirishda ish ko`radigan barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamom qonunga mos ravishda bo`lishi talab etiladi. Mazkur faoliyatda qonuniylik printsipi barcha mutasaddi idoralar, 50 mansabdor shaxslar hamda fuqarolar xatti-harakatida qonunga itoat etish, uning talabiga og’ishmay rioya qilishda namoyon bo`ladi. Qonuniylik umumiylik va yagonalik sifatlari bilan xarakterlanadi. Qonunga itoat etish barcha sub’ektlar uchun umumiy talabdir. Ayni vaqtda, qonundagi qar bir qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun yagona talab sifatida maydonga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, qonun ustuvor va butun mamlakat xududida yagonadir. U bir xilda tushunilishi va bir xilda bajarilishi lozim. 3) Insonparvarlik printsipi. Buning ma’nosi shundaki, huquq jamiyat - inson - davlat o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va tartibga solishda adolat, insonni sevish, shaxsni e’zozlash va uning sha’nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish nuqtai nazaridan kelib chiqadi. Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan iqtisodiy hamda ijtimoiy tuzum shaxs uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratishini nazarda tutadi. Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nis-batan noinsoniy munosabatni mustahkamlovchi qoidalar bo`lishi mumkin emas. Mamlakatda vujudga keltirilgan kafolatlar tizimi fuqarolarni g’ayrihuquqiy xatti-xarakatlardan hamda ularning oqibatlaridan himoya qilishi kerak. Albatta, fuqarolar hukuq va erkinliklarining to`la kafolati faqat demokratik huquqiy davlat sharoitidagina bo`lishi mumkin. O`zbekistonda insonparvar huquqning shakllanishi mustaqillik davlat suverenitetining qo`lga kiritilishi hamda mustahkamlanishi davri bilan chambarchas bog’likdir. Xususan, O`zbekiston Konstitutsiyasida: oila jamiyat va davlat muhofazasidadir (63-modda). Ota-onalar o`z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan maxrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`kitishni ta’minlaydi (64- modda). Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g’amxo`rlik qilishga majburdirlar (66-modda), - deb ta’kid-langanligida naqadar insonparvarlik g’oyalari mujassamdir. Bunday insonparvarlik bilan yo`g’rilgan huquqiy qoidalarni Oila kodeksida, Mehnat kodeksida, «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to`g’risida», «Fuqarolarning pensiya ta’minoti to`g’risida»gi va boshqa qonunlarimizda ko`plab uchratish mumkin. 4) Fuqarolarning qonun oldida tengligi printsipi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chikishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab kuyiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo`lishi shart. Mazkur printsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, davlatda barcha fuqarolar teng xolat va maqomga egaligi. Davlat o`z qonunlari bilan fuqarolarga bir xildagi sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xildagi huquq va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha bo`ladi. Masalan, birov oliy o`quv yurtiga kiradi, ikkinchi fuqaro esa bu huquqdan foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu printsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligida ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bu-lar fuqarolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, meditsina yordamidan foydalanish huquqi, turar 51 joyga, xususiy mulkka ega bo`lish huquqi va xokazolardir. Uchinchidan, bu printsip fuqarolarning qonun oldida birdek, mas’ulligida ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) o`z qilmishi uchun javob berishi shart. 5) Davlat va shaxsning o`zaro mas’ulligi printsipi. Davlat bilan shaxs bir-birlari bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog’liq bo`lishlari lozim. Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlat boshkaruvining muhim talablaridan biridir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o`z ifodasini topgan: «O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari bilan O`zaro bog’likdirlar. Fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim hakli emas» (19- modda). Ayni vaktda, davlat idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat va fukarolar oldida mas’uldirlar. O`z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy itoat etishlari, jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, qonun bilan belgilangan soliqlarni to`lashlari lozim. Fuqarolar o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart (Konstitutsiyaning 20-moddasi). Basharti, bir tomondan, davlat, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, ik-kinchi tomondan, fuqarolar o`z zimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Bunday xollarda fuqaro davlat oldida, davlat esa (o`z mansabdor shaxslari va idoralari orqali) fuqaro oldida qonunda belgilangan majburiyatlarni o`taydi. Mazkur yuridik munosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishning zaruriy shartidir. Ta’bir joiz bo`lsa, bu erda gap «davlat suvereniteti» va «shaxs suvereniteti» ning o`zaro dialektik aloqadorligi, bog’liqligi xususida bormokda. Umumiy huquqiy printsiplar qatoriga, shuningdeq ijtimoiy adolat, teng huquqliliq huquq va majburiyatlar borligi, huquqning ustuvorligi kabilar kiradi. Maxsus-yuridik printsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy printsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotlarda maxsus-yuridik printsiplar toifasiga quyidagilar kiritiladi: 1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi; 2) amaldagi ob’ektiv huquqni tashkil etuvchi normalarning ziddiyatsizligi va qonunning boshka normativ-huquqiy aktlardan ustunligi; 3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq sohalari hamda institutlariga bo`linishi; 4) ob’ektiv va sub’ektiv huquq o`rtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat o`rtasida, huquq bilan huquqning qo`llanishi o`rtasida mutanosiblik nisbatining mavjudligi printsipi; 5) ijtimoiy erkinliq qonun va sud oldida tenglik teng huquqlilik printsipi; 6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning yuridik kafolatlanganligi; 7) teng yuridik mezon (mikyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi hamda 52 yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mutanosibligi; 8) yuridik javobgarlikning faqat aybli huquqda xilof xatti-harakat (yoki harakatsizlik) uchungina qo`llanishi va ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko`rilib, uning aybi isbotlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik prezumptsiyasi printsipi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi); 9) yangi yoki nisbatan og’irroq. yuridik javobgarlikni o`rnatayotgan qonunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi printsipi; jazolash tizimini insonparvarlashtirish. Tarmoqlararo huquqiy printsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmokdari doirasida amal qiladigan printsiplardir. Ko`pincha bunday prinpiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq soxalari; jinoyat-protsessual va fuqarolik-protsessual huquqi sohalari uchun umumiy bo`ladigan printsiplar). Aytaylik moddiy javobgarlik printsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo`llaniladigan tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik printsipi esa Jinoyat kodeksida hamda Ma’muriy javobgarlik to`g’risidagi kodeksda, bevosita ulardagi moddalarda aks ettirilgan. Aybsizlik prezumptsiyasi printsipi ham tarmoqlararo xarakterga ega. U jinoyat huquqi, ma’muriy xukuq jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlarda qo`llaniladi. Sohaviy huquqiy printsiplar faqat bitta konkret huquq sohasi doirasida harakatlanadi. Masalan, er huquqi uchun «erga egalik qilish shakllarining ko`pligi va ularning tengliga» printsipi, «erning fuqarolik muomalasida bo`lish» printsipi, «er ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» printsipi, «erda mustaqil xo`jalik yuritish va erdan foydalanuvchi sub’ektlarning tengligi» printsipi, «erdan maqsadga muvofiq foydalanish, erdan foydalanganlik uchun haq to`lanishi» printsipi va xokazolar. Yana bir misol. Xo`jalik-protsessual (arbitraj-protsessual) huquqda quyidagi printsiplar rahbariy rol’ o`ynaydi: sud’yalarning saylab qo`yilishi, ularning mustakilligi va faqat qonunga buysunishi printsipi, ishlarni ko`rishda kollegiallik va yakkaboshchilikning qo`shib olib borilishi printsipi, ishlarni ko`rishda oshkoralik printsipi, ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi printsipi, nizolarni ko`rishda bahslashish, og’zakilik va bevositalik printsiplari. Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo printsiplarga tayanishdan tashqari faqat o`zigagina xos printsiplarga ham asoslanadi. Bu printsiplarning barchasi birgalikda nafaqat huquq sohasi uchun, balki butun huquq tizimining tuzilishi va xarakatlanishiga zamin bo`lib xizmat qiladi. Huquqning moxiyati va ijtimoiy vazifasi uning funktsiyalarida namoyon buladi. Huquq funktsiyalari - ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta’sir etishning asosiy yunalishlari bo`lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgalanadi. Hukuq avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga - iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy munosabatlarga ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funktsiyalarni bajaradi. Huquq funktsiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: birinchidan, xukuq funktsiyalari huquqning moxiyatidan kelib chikadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgila-nadi. Funktsiya - huquq moxiyatining 53 ijtimoiy munosabat-lar mazmunida ifodalanishi (yoritilishi)dir; ikkinchidan, huquq funktsiyalari - ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishning shunday yo`nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijtimoiy xodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chikadi; uchinchidan, funktsiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo`naltiriladi; to`rtinchidan, huquq funktsiyalari uning ijtimoiy munosabatlar muayyan turini tartibga soluvchi faol xarakatining yo`nalishini aks ettiradi. Shu bois huquq funktsiyalarining muhim belgilaridan biri uning dinamizmi, harakatlanishi, ta’sir etishidir; beshinchidan, huquq funktsiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning uzluksizligi, uzoq muddat harakatlanishini anglatadi. Sof yuridik nuqtai nazardan huquq funktsiyalarini ikki turga ajratish mumkin: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo`riqlovchi) funktsiyalar. Huquqning regulyativ funktsiyasi jamiyat a’zolari yurish-turishi va hulq- atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o`rnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni yuridik tashkillashtirishdan, insonlar o`rtasidagi ijtimoiy aloqalarni uyg’unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funktsiya doirasida huquqiy ta’sirning yana ikki yunalishi haqida gapirish mumkin: regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funktsiyalar. Huquqning regulyativ-statik ya’ni tartibga soluvchi-statik funktsiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga, ular mavjud xolatini, erishilgan darajasini mustahkamlashga, barqarorlashtirishga qaratilgan ta’sir etishi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu huquqiy institutlar shaklida mustahkamlanishi huquqiy tartibga solish maqsadlaridan biridir. Ushbu funktsiya turli sub’ektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan, inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlashda, davlat idoralari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilashda, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqdorligini belgilashda namoyon bo`ladi. Huquqling mazkur funktsiyasida uning tabiati nihoyatda yaqqol aks etadi. Zero, fuqarolar va tashkilotlarga huquqiy vakolatlar beriladi, ular shu vakolatlar doirasida erkin, o`zlari istagancha faoliyat yuritadilar. Bu chegara qanchalik kengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat kiladilar. Tartibga soluvchi - statik funktsiya vakolat beruvchi va man etuvchi normalar orqali amalga oshadi, shu bois ular asosida tarkib topadigan munosabatlar passiv huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Bunday xolatlarda huquq sub’ektlari o`zlari tashabbus ko`rsatib huquqiy faollik qilishlari mumkin. Huquqning regulyativ-dinamik ya’ni tartibga soluvchi - dinamik funktsiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etib, ularning kelgusidagi rivojlanishini, o`zgarish hamda takomillashuvini belgilab berishi tushuniladi. Bu erda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi (dinamikasi)ni rasmiylashtiradi. Mazkur funktsiya majburiyat yuklovchi normalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikda fuqarolar zimmasiga qator majburiyatlar yuklatiladi: soliqlarni to`lash, harbiy burchni ado etish, mehnat 54 intizomiga rioya qilish, shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarish va xokazolar. Tartibga soluvchi-dinamik funktsiya faol toifadagi huquqiy munosabatlar shaklida ro`yobga chiqadi. Bular fukarolik, mehnat, ma’muriy, moliya va boshqa huquq sohalari institutlarida o`z aksini topadi. Huquqning regulyativ funktsiyasini amalga oshirishda keng tarqalgan usullar quyidagilardir: - huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy muomala layokatini belgilash; - fuqarolarning huquqiy maqomini belgilash (mustahkamlash) va o`zgartirish; - davlat idoralarining huquq va majburiyatlarini hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash; - yuridik shaxslarning huquqiy xolatini mustahkamlash; - huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash; - huquq. sub’ektlari o`rtasida konkret huquqiy aloqani o`rnatish (tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar); - konkret ijtimoiy munosabatlarga tatbiqan huquqiy tartibga solishning oqilona tipini belgilash. Yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, huquqning regulyativ funktsiyasini shunday ta’riflash mumkin. Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funktsiyasi huquqning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo`lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasini o`rnatishda, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida huquq sohiblariga sub’ektiv huquqdar berish va yuridik majburiyatlarni yuklashda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy munosabatlarni qo`riqlash zaruriyati har doim mavjud bo`lgan va bundan keyin ham bo`ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi bo`lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo`nalishi huquqning qo`riqlovchi funktsiyasini tashkil etadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling