Davlat va huquq nazariyasi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana10.11.2020
Hajmi0.62 Mb.
#142922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi


3) Patriarxal nazariya. Davlatning vujudga kelishi to`g’risidagi
nazariyalardan biri – patriarxal nazariya hisoblanadi. Patriarxal nazariyasining 
vujudga kelishi Konfutsiy (er.av. YI-Y asrlar), Arastu (er.av. 384-322 y.y.), 
Fil’mer (XYII asr) nomlari bilan bog’liq. Patriarxal nazariyasiga ko`ra, davlat 
tabiiy taraqqiyot  mahsulidir. Qadimgi afsonalarda urug’ va qabilaning hokimiyati 
ajdodlar hokimiyatidan kelib chiqishi asoslangan.  
Konfutsiy qadimgi Xitoy ana’nalari asosida imperatorni «Osmon o`g’li»,
Osmon irodasini amalga oshiruvchi deb bilib, imperatorni oila boshlig’iga, davlatni 

11 
esa katta oilaga o`xshatadi. Hukmdor hokimiyati otaning oiladagi hokimiyati 
kabidir. Davlatni boshqarish oilani boshqarish kabi yaxshilik, ezgulik qoidalarga 
asoslanadi. Bunda kattalar kichiklarni izzat qilishi, kichiklar esa kattalarga hurmat 
bilan munosabatda bo`lishi lozim. Davlatda hokimiyat (imperator ota 
boshchiligidagi «kattalar» va «kichiklar» (tobe’lar) o`rtasida bunday oilaviy 
munosabatlarni o`rnatish uchun oilada ham yaxshi tartib amal qilishi lozim. 
4) Shartnoma nazariyasi. Shartnoma nazariyasining alohida elementlari oltin 
davr faylasuflari tomonidan ilgari surilgan bo`lsada, ammo u o`zini hozirgi 
ko`rinishini shartnoma nazariyasi sifatida o`rnini XVII-XVIII asrlarda egalladi. 
Shartnoma nazariyasi tabiiy huquq nazariyasi birga yuzaga keldi va mazkur 
nazariya negizida rivojlandi. Shartnoma nazariyasida asosiy e’tibor davlat va 
davlatning vujudga kelishi masalalariga qaratiladi. Shartnoma nazariyasi 
tarafdorlari o`z asarlarida davlat va huquqning vujudga kelishi, siyosiy hokimiyat 
va inson siyosiy erkinliginingg nisbati, ommaviy hokimiyatni amalga oshirishda 
inson irodasining daxlsizligi masalasini yoritganlar. 
Qadimgi Xitoy mutafakkiri Mo-Tszɵ (er.av. 479-400) insonlarning  
5) Zo`ravonlik nazariyasi. Davlat va huquqning kelib chiqishi to`g’risidagi
g’arbda tarqalgan nazariyalardan biri zo`ravonlik nazariyasidir. Mazkur 
nazariyaning eng ko`zga ko`ringan tarafdorlari bo`lib, nemis faylasufi va 
iqtisodchisi E. Dyuring (1833-1921), Avstriya jamiyatshunosi va davlatshunosi 
L.Gumplovich (1838-1909), K.Kautskiy (1854-1939) va boshqalardir.  
Zo`ravonlik nazariyasining asosida davlat va huquqni kelib chiqishining bosh 
sababi – bosqinchilik, zo`ravonlik va bir qabilani ikkinchi qabila tomonidan 
zulmga duchor etish, degan g’oya yotadi.  
6) Tarixiy materialistik nazariya. Davlatning vujudga kelishi to`g’risidagi
tarixiy materialistik nazariya asoschilari K.Marks (1818-1883 y.y.), F.Engel’s
(1820-1895 y.y.) va V.I.Lenin (1870-1924 y.y.) hisoblanadi. Unga ko`ra, davlat 
hokimiyatning muayyan taraqqiyot bosqichida, bir-biriga qarama-qarshi 
sinflarning vujudga kelishi, hukmron sinflarning eziluvchi sinflar ustidan 
o`rnatilgan hokimiyatini saqlab qolish maqsadida mulk egalari tomonidan 
 
o`rnatilgan. 
Kishilik jamiyati taraqqiyotida shunday davrlar bo`lganki, unda davlat mavjud 
bo`lmagan. Insonlar teng ravishda mehnat bilan shug’ullanganlar, umumiy 
mulkdan ulush olganlar.  
7) Organik nazariya. Davlatning vujudga kelishi to`g’risidagi organik 
nazariyada  davlat tirik organizmga qiyoslanadi. Organik nazariya tarafdorlari 
bo`lib, Aflotun, T.Gobbs (1588-1679 y.y.),  J.J.Russo (1712-1778 y.y.) va 
boshqalar hisoblanadi. Unga ko`ra, jamiyat va davlat o`zaro bog’liq bo`lgan 
organizmlar yig’indisidir. Davlat hokimiyati va uning organlari tirik mavjudotning 
organlari kabi muayyan bir vazifani bajarish uchun yaralgan.  
8) Psixologik nazariya. Psixologik nazariya tarafdorlari jamiyat va davlatni 
insonlarning ruhiy uyushmasi sifatida ham talqin etadilar. Unga ko`ra, huquqning 
negizi bo`lib individual ong hisoblanadi. Davlat hokimiyati biror bir kishining 
irodasi emas, balki fuqarolarning davlatga bog’liqligi to`g’risidagi ruhiy 

12 
tasavvurlaridan kelib chiquvchi kuchdir. Davlat mustaqil majburlov hokimiyatiga 
ega bo`lgan ijtimoiy uyushma kabi, huquqni amalga oshirish vositasi sifatida 
vujudga keladi. 
Davlatning belgilari Yurisprudentsiyada davlat belgilari masalasi 
huquqshunos olimlarning doimiy tadqiqot ob’ekti bo`lib kelgan. Zero davlat 
jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan o`ziga xos bir qator 
belgilari bilan farq qiladi. Olimlarning davlat belgilari xususidagi fikr-
mulohazalari, dunyoqarashlari va yondoshuvlari turlichadir.  
«Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» nomli asar muallifi-
F.Engel’s davlatning asosiy belgilari siftida aholining hududiy bo`linishi, 
ommaviy-siyosiy hokimiyat hamda soliqlar tizimining joriy  etilishini ko`rsatib 
o`tgan. G. F. Shershenevich ham shunga o`xshash uch belgi: «a) odamlarning 
birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; v) shu hokimiyat ta’sir
doirasidagi hudud»ni sanab o`tgan.  
Z. M. Islomov o`z asarlarida davlatning  umume’tirof etilgan belgilari sifatida 
fuqarolik, suveren hokimiyat, yuridik kuchga ega bo`lgan qonunlar, davlat 
funktsiyasini bajarish uchun lozim bo`lgan moddiy vositalar, mamlakatda 
qonuniylik va huquqiy-tartibotni o`rnatuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
(sud, prokuratura, politsiya va h.k), hududiy yaxlitlikni ta’minlovchi qurolli 
kuchlarni sanab o`tadi
1
.
Ba’zi ilmiy adabiyot va darsliklarda davlatning asosiy belgilari sifatida davlat 
suvereniteti, davlatning nomi, bayrog’i, gerbi, poytaxti va konstitutsiyasining 
mavjudligi ham qayd etilgan. Biroq bunday fikrlarni quvvatlab bo`lmaydi. Davlat 
bayrog’i, gerbi, madhiyasi belgi-xususiyat emas, balki davlatning ramzlaridir. 
Davlatning nomi uning mavjudligi va mohiyatini belgilaydigan omil emas. 
Davlatning poytaxti  ham o`zgarib turishi mumkin. Va nihoyat, konstitutsiya ham 
davlatning mavjudlik sharti emas. Masalan, Buyuk Britaniyaning Konstitutsiyasi 
yo`q, ammo u davlatlik sifatlarini yo`qotmaydi. Konstitutsiyalar paydo bo`lgunga 
qadar ham davlatlar mavjud bo`lgan. 
Davlat belgilari xususida huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, 
yondoshuvlari turli-tumanligi fanni boyitishga va bu sohadagi bilimlarni 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, fandagi ilmiy yangiliklar o`zaro ilmiy bahs va 
munozaralar natijasida shakllanadi. 
Davlatning asosiy belgilari, uning jamiyatdagi turli nodavlat tashkilotlar, 
ijtimoiy-siyosiy tizimning boshqa qismlaridan farqlarini ochishga imkon beruvchi 
jihatlari mavjud. Davlatning belgilari sifatida kishilik jamiyati uyushgan davlat 
tashkilotining barqaror, qat’i  umurtqasini ifodalovchi jihatlari maydonga chiqadi. 
Ular jamiyat rivoji bilan hamohang tarzda mazmunan boyib boradi, eski 
funktsiyalar barham topib, yangi idoraviy tuzilmalar va funktsiyalar vujudga 
kelaveradi. 
Davlatni boshqa jamoat tashkilotlaridan ajratib turuvchi asosiy belgilari 
hudud, fuqarolar, ommaviy hokimiyat, yagona soliq tizimi kabilar bo`lib, mazkur 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɂɫɥɨɦɨɜ Ɂ. Ɇ. Ⱦɚɜɥɚɬ ɜɚ ԟɭԕɭԕ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. – Ɍ., 2007, 180 – 181-ɛ; Ⱦɚɜɥɚɬ ɜɚ ԟɭԕɭԕ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ // 
ɩɪɨɮɟɫɫɨɪɥɚɪ ɏ.Ȼ.Ȼɨɛɨɟɜ ɜɚ Ԟ.Ɍ. Ɉɞɢɥԕɨɪɢɟɜɥɚɪɧɢɧɝ ɭɦɭɦɢɣ ɬɚԟɪɢɪɢɞɚ. –Ɍ., 2000. 76-ɛ.

13 
belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi. 
Aholining hududiy uyushishi va shu xudud chegaralarida ommaviy 
hokimiyatning amalga oshirilishi. Davlat tuzumigacha bo`lgan kishilik jamiyatida 
individning u yoki bu uruqqa mansubligi qon-qarindoshlik asosida aniqlanardi. 
Buning ustiga, qat’i  belgilangan hududiga ega bo`lmagan urug’ jamoasi u erdan-bu 
erga ko`chib yurardi. Davlatga uyushgan jamiyatda aholining urug’chilik asosida 
uyushishi o`z ahamiyatini yuqotdi. Uning o`rnini hududiy asosda uyushish 
printsipi egalladi. Davlat qat’i chegaralangan hududga ega bo`lib, uning suveren 
hokimiyati shu hududga tatbiq etiladi, unda yashaydigan aholi esa yuzaga kelgan 
davlatning fuqarosiga aylanadi. Shunday qilib, yangi huquqiy institut –  fuqarolik 
tobeligi paydo bo`ladigan davlatning makondagi sarhadlari suveren hudud 
hisoblanadi. Ko`rinib turibdiki, «Davlat – jamiyatning 
siyosiy-hududiy 
tashkilotidir. Davlat hududi – muayyan davlat suvereniteti ostida bo`lgan, tarixiy 
voqelik, xalqaro bitimlarga muvofiq o`rnatiladigan va mustahkamlanadigan 
hududdir»
1
.
Davlat hududi – uning yurisdiktsiyasi tarqaladigan makon. Davlat o`zining 
tegishli hududida suveren hokimiyatini amalga oshiradi va ularni boshqa davlatlar 
va ayrim shaxslarning hujumidan himoya qilish huquqiga ega. Muayyan 
davlatning tegishli qonunlari faqat o`sha davlatning belgilangan hududida amal 
qiladi, boshqa davlatlar esa undan mustasno hisoblanadi. Zero, qonunlarni 
makonda amal qilishi printsipining mohiyati va mazmuni ham shundadir.  
Davlatning ma’lum hududga egalik qilishi birinchi belgisidir. Davlat hududi 
er, er osti boyliklari, havo bo`shlig’i va hududiy suvlarni o`z ichiga oladi va u 
«qattiq er»gagina bog’lanishi mumkin emas. 
Davlat hududida istiqomat qiluvchi va uning hokimiyatiga bo`ysunuvchi 
odamlar uning fuqarolari hisoblanadi. Fuqarolar xalq vakili, jamiyat a’zolari
sifatida umumiy madaniy jihatlari va tarixiy ongiga ko`ra davlatga mansublik 
tuyg’usiga ega bo`lgan, nisbatan keng ijtimoiy guruh tarzida tavsiflanishi mumkin.  
Fuqarolik
 o`zaro huquq va majburiyatlar hamda javobgarlikning 
mavjudligida ifodalanadigan, davlat hududida yashovchi shaxslarning davlat bilan 
barqaror huquqiy aloqasi tushuniladi. Bu shaxsning muayyan davlat ixtiyorida 
bo`lishi, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham davlatga mansub ekanligida 
namoyon bo`ladi. Ushbu mansublik huquqiy hujjatlar (pasport) yordamida 
tasdiqlanadi. Fuqarolik deganda insonni siyosiy-huquqiy tomondan davlat 
hududida va uning tashqarisida himoyalanishi, qonuniy muhofazalanishi 
tushuniladi. 
Davlatning yana bir muhim belgisi  ommaviy-siyosiy hokimiyatning ta’sis
etilganligi. Ya’ni, siyosiy elita va jamiyatning qolgan qismi o`rtasida mavjud 
hukmronlik va bo`ysunish (hokimlik va tobelik) munosabatlarining mavjudligi.  
Jamiyatda hokimiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy kabi turlaridan farqli 
o`laroq davlat hokimiyati alohida mavqega ega. Davlat hokimiyati faqat ma’lum
hududgagina tatbiq etiladi. Ibtidoiy jamoa tuzumidagi ijtimoiy hokimiyat esa 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ɋɚɹɧɨɜ Ɏ.Ɇ. ɉɪɨɛɥɟɦɵ ɬɟɨɪɢɢ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ ɢ ɩɪɚɜɚ  (ɸɪɢɫɩɪɭɞɟɧɰɢɢ). – Ɇ., «ɉɪɚɜɨ ɢ
ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɨ». 2003. – ɋ. 112. 

14 
hududga bog’liq bo`lmay, faqat urug’, qabila a’zolarigagina tatbiq etilar edi. Bu 
davlatning butun jamiyatni muayyan yo`sinda boshqarish va majburlash 
qobiliyatini anglatadi. 
Ommaviy-siyosiy hokimiyat irodasiga u ta’sir etuvchi hududdagi barcha itoat 
qilishi shart bo`ladi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat jamiyatning rivoji va ravnaqi 
manfaatlaridan kelib chiqib, uni boshqarishni amalga oshiradi.  
Ommaviy-siyosiy hokimiyat maxsus davlat apparati timsolida moddiylashadi, 
institutsiyalashadi. Uning ijtimoiyligi, ommaviyligi shundaki, davlat hokimiyati 
butun jamiyatga daxldor, davlat butun jamiyat (xalq) irodasini ifodalab, uning 
nomidan ish yurita oladi. 
Ommaviy-siyosiy hokimiyat apparati, odatda, jamiyat hamda xalq manfaatiga 
xizmat qilishga safarbar etilgan. Ushbu apparatga qonun chiqaruvchi idora
hukumat, moliya organlari, boshqaruv organlari, sud idoralari, huquqni muhofaza 
etuvchi idoralar, qurolli kuchlarni boshqarish apparati, turma va jazoni ijro etish 
muassasalari kabilar kiradi. Davlat apparati davlat majburlovini qo`llashda mutlaq 
huquqqa ega.   
Davlatning muhim xususiyatlaridan biri uning suverenitetga  egaligidir. 
Suverenitet – mamlakat ichkarisida va undan tashqarida (xalqaro maydonda) davlat 
hokimiyatining oliyligi, ustunligidir. Suveren hokimiyat 
– 
bu oliy, mustaqil, 
bo`linmas, umumiy va uzviy, ya’ni ajralmas, begonalashtirib bo`lmas 
hokimiyatdir. Davlat hokimiyatining suverenligi – uning mamlakat hududidagi 
barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalardan ustunligi va ulardan 
mustaqilligidir. 
Davlat suvereniteti quyidagilarda ifodalanadi: 
– ichki va tashqi siyosat masalalarida mustaqil qaror qabul qila olishi; 
– davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishi va davlat 
organlarining barcha aholi uchun umumiy majburiy qarorlar qabul qilishi; 
– boshqa ijtimoiy-tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoat birlashmalari, 
diniy tashkilotlar va boshqalar) ning qarorlarini bekor qila olishi. 
Davlat shaklining tarkibiy elementlari 
Davlat shakli uch tushunchani: davlat boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli 
va siyosiy rejimni o`z ichiga oladi.  
Davlat boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining 
shakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o`zaro hamda aholi bilan 
aloqadorligidir. Bu tushuncha orqali mamlakatda kim hukmron va u hokimiyatni 
qanday boshqaradi, degan savollarga javob olinadi. Boshqaruv shakliga qarab 
davlatlarning monarxiya va respublika shakllari farqlanadi.  
Davlat tuzilishi shakli orqali davlatning hududiy tarkibi, markaziy va 
mahalliy hokimiyat idoralarining o`zaro munosabati (nisbati) ifodalanadi. 
Davlatlar tuzilishi shakliga ko`ra, oddiy (unitar) va murakkab (federativ, 
konfederativ) turlarga ajratiladi. 
Siyosiy (davlat – huquqiy) rejim davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari 
(metodlari) va vositalari yig’indisidir. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va 
vositalari toifasiga ko`ra demokratik va avtoritar siyosiy rejimlar farqlanadi. 
Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga 

15 
bo`lgan umumiy yondashuv, ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun 
davlat shaklini tashkil etuvchi har uch jihatni diqqat bilan o`rganish, ularning 
o`zaro bog’liqligi, o`zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy 
tafakkur yuz yillar davomida davlatni o`rganar ekan, davlat shaklining aynan 
shunday mazmunini nega alohida ajratib ko`rsatganligini tushunishga harakat 
qilish lozim. 
Davlat shaklini bunday tushunishning shunchaki tarkib topmaganligi va ayrim 
olimlarning hozir ham unga qo`shilmasliklarini qayd etib o`tish joiz. Uzoq vaqt 
davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan 
tarkibdan dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingan. Keyinchalik unga 
siyosiy idora usuli qo`shilgan. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli» o`rtasiga 
tenglik alomatini qo`yuvchilar ham, bunga asos ham bo`lgan. Buni keyinroq 
«siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini batafsil ko`rib chiqish vaqtida 
mufassal izohlab o`tamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati 
tashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat (siyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) 
idora usuli – birligidan tashkil topadi, degan fikr keng tarqalgan. 
Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruvi shakli alohida 
ahamiyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi va 
mazmunini anglatadi. 
Davlat boshqaruvi shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bunda 
davlatni kim boshqaradi, davlat qanday boshqariladi degan masalalarga va uning 
boshqarish shakllariga Aflotun, Arastu, Forobiy, Montesk’yo, Lokk, Russo va 
boshqa mutafakkirlar o`z asarlarida alohida e’tibor qaratganlar. Boshqaruv shakli 
deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari aholi bilan o`zaro munosabati, 
aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi. 
Boshqaruv shakliga ko`ra, davlatlar monarxiya  va respublikaga  bo`linadi. 
“Monarxiya” yunoncha so`zdan olingan bo`lib («monos» – bir, «arhe» –
 hokimiyat), yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik degan ma’noni anglatadi. 
Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: 
– monarx davlatni shaxsiylashtiradi; 
– monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig’i hisoblanadi; 
– monarx davlatni o`zi yakka boshqaradi
– monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi; 
– hokimiyatni o`rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud; 
– monarx o`z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar 
bo`lmaydi. 
Monarxiya oliy hokimiyat xalq tomonidan saylab qo`yilgan organlarga emas, 
balki meros tariqasida egallagan podsho-hukmdorga tegishli bo`ladi. Monarxiya 
boshqaruv shakliga asoslangan davlatlarda mamlakat boshliqlari imperator, xon, 
podsho, sulton, qirol, qirolicha, amir, shoh va boshqa shu kabi nomlar bilan ataladi. 
Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi. Albatta, bu davlatning 
barcha ishlarini uning bir o`zi hal etar ekan, degan ma’noni bildirmaydi.  
Monarxiyaning uch turi mavjud: mutlaq monarxiya, cheklangan monarxiya 
va noan’anaviy monarxiya.
Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilan yoki qonunlar 

16 
asosida cheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaq 
monarxiya deyiladi.  
Mutlaq monarxiya boshqaruv shaklida davlat boshlig’i hokimiyatdan 
muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanadi, taxtni meros yoki qarindoshlik tsenzi 
bo`yicha egallaydi hamda  o`z xatti-harakatlari uchun qonun yoki biror davlat 
organi oldida javobgar bo`lmaydi, balki faqat xudo oldida mas’uliyatning
mavjudligida namoyon bo`ladi.  
Cheklangan monarxiyada mutlaq monarxiyadan farqli ravishda monarx 
hokimiyatining vakolatlari konstitutsiya va qonun asosida yoki davlatning biron-
bir vakolatli idorasi tomonidan cheklangan bo`ladi. Cheklangan monarxiya, o`z 
navbatida, dualistik va parlamentar turlarga bo`linadi.  
Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt, Nepal kabi 
davlatlar kiradi. Dualistik monarxiyalar XIX asrning oxiri  XX asr boshlarida 
(burjua-demokratik inqiloblar davrida), ya’ni hukmdorlar mutlaq monarxiya 
shaklida boshqaruvni ushlab tura olmagan, burjaziya esa hali kuchga to`lmagan 
davrda keng tarqalgan edi.  
Parlamentar monarxiyada hokimiyat hukmdor bilan birga davlat 
hokimiyatining oliy organlari – parlament, hukumat va boshqa organlar o`rtasida 
taqsimlangan bo`ladi. Parlament xalq tomonidan ko`ppartiyaviylik asosida saylash 
yo`li bilan shakllantiriladi. Hukumatni parlamentda ko`pchilik o`rin egallagan 
partiya tuzadi, xuddi parlamentar respublikada bo`lganidek, saylov natijalariga 
ko`ra hukumat parlament oldida hisob beradi. Eng ko`p deputatlik mandatiga ega 
bo`lgan partiya rahbari huqumatga boshchilik qiladi. 
Hozirgi vaqtda Evropaning qator davlatlari parlamentar monarxiya shaklida 
faoliyat yuritmoqda. Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Ispaniya, Bel’giya, Gollandiya, 
Daniya, Norvegiya va boshqalar shular jumlasidandir. 
Davlat boshqaruvining respublika shaklida 
davlat hokimiyati va 
boshqaruvning oliy organlari bevosita xalq tomonidan yoki xalq saylagan organlar 
tomonidan saylab qo`yish yo`li bilan tuziladi va uning vakolati muayyan muddatga 
belgilanadi. «Respublika» lot. respublika – «jamoa ishi», «xalq ishi», davlat degan 
ma’noni anglatadi. Respublikaning asosiy belgilari – hokimiyat oliy organlarining 
saylab qo`yilishi, hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi, qonunlarning 
bajarilishini nazorat qiluvchi organ – sudlarning mavjudligi, fuqarolarning davlat 
ishlarini boshqarishda bevosita va bilvosita ishtirok etishi.  
Jamiyat taraqqiyoti tarixida respublika shaklidagi davlat boshqaruvining bir 
necha ko`rinishlari ma’lum.
Afina davlatida (mil. av. V – IV asrlar) boshqaruvning demokratik respublika 
shakli mavjud bo`lgan. Unda afinalik erkin fuqarolarning qulga aylanishiga yo`l 
qo`yilmasdi. Bu respublikada ijtimoiy raqobat, qulga egalik qilishning maxsus 
tartibi, jamoa qulchiligi mavjud edi. Shuningdek, Afinada davlat boshqaruvining 
birmuncha samarali tizimi faoliyat ko`rsatgan. 
Sparta (mil. av. V – IV asrlar) va Rim davlatlari (mil. av. V – II asrlar) 
aristokratik respublikalar bo`lgan. Ular davlat sifatida aksariyat aholining 
aristokratiya, nufuzli kiborlar qismining manfaatlarini ifodalagan. Shuningdek, 
shahar-respublikalar ham mavjud bo`lib, ularda fuqarolarning erkinliklari va 

17 
xususiy mulk munosabatlarining erkinligi tan olingan. Shahar-respublikalar 
Florentsiya, Venetsiya – Italiyada; Novgorod, Pskov – Rossiyada va Germaniya, 
Frantsiya, Angliyada ham bo`lgan. 
Respublika hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruv shakli bo`lib, 
uning ikki ko`rinishi mavjud: 1) 
prezidentlik respublikasi; 2) 
parlamentar 
respublika.
Prezidentlik boshqaruv shaklida «kuchli prezident» qoidasiga asoslaniladi. 
Prezident hukumat boshlig’i hisoblanib, uni tuzadi va hukumat prezident oldida 
hisobot beradi. Prezident ham rasman, ham amalda davlat boshlig’i hisoblanib, 
maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay’ati tomonidan saylanadi, shu bois u 
parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Prezident mustaqil holda normativ 
va normativ bo`lmagan hujjatlar qabul qilish hamda parlament qabul qilgan 
qonunlarga veto qo`yish huquqiga ega. 
Davlat boshlig’i keng vakolatlarga va mamlakatda hokimiyatni amalga 
oshirishda muhim nufuzga ega bo`lib, shaxsan o`zi yoxud parlament roziligi bilan 
hukumat a’zolarini tayinlaydi hamda vazifasidan ozod qiladi, shuningdek ba’zi
hollarda parlamentni ham tarqatib yuborish huquqiga ega.  
Prezident ijroiya hokimiyat rahbari bo`lsa-da, ayni vaqtning o`zida millatning 
yaxlitligi ramzi hisoblanadi. Prezident mamlakatda oliy bosh qo`mondon vazifasini 
ham amalga oshiradi. Masalan, Rossiya, Frantsiya, O`zbekiston Respublikasi va 
boshqa qator davlatlarda prezident bevosita xalq tomonidan saylanadi. Saylovlar 
tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi.  
Parlamentar respublikaning mohiyati shundan iboratki, parlament oliy davlat 
hokimiyat organlari orasida muhim mavqega ega bo`lib, hukumatni tuzishda hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. Hukumat parlament oldida hisobdordir. Hukumatni 
parlament saylovlarida eng ko`p o`rin egallagan partiya tuzadi. Davlatning 
amaldagi rahbari hukumat boshlig’i – bosh vazir bo`lib, u qoidaga ko`ra 
saylovlarda g’olib chiqqan partiya yo`lboshchisi hisoblanadi. 
Parlament davlat hokimiyati organlari tizimida eng muhimidir. Hukumat o`z 
vazifalarini qonun chiqaruvchilarning aksariyati qo`llab-quvvatlasagina bajarishi 
mumkin, bunday ishonchdan mahrum bo`lgan taqdirda, u iste’foga chiqadi. 
Parlamentar respublikalarda prezidentlik lavozimi ko`zda tutilgan bo`lsa-da, 
odatda, u katta mavqega ega bo`lmaydi. Ushbu boshqaruv shaklida «kuchli 
parlament» qoidasi amalda bo`lib, parlament keng doiradagi vakolatlarga ega 
bo`ladi. 
Germaniya, Avstriya, Italiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar parlamentar 
respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi.  
Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy,
hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o`rtasidagi 
aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo`linadi: oddiy (unitar) va
murakkab (federativ va konfederativ). 
Oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga 
(viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo`linib, u yagona oliy organ, 
yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, 

18 
yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, 
yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo`ladi. Bunda har bir ma’muriy-
hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo`ladi.  
Unitar davlatlar (lotincha «unitas» so`zidan olingan bo`lib – “yagona”, “bir 
butun” degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo`lib, to`la 
siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. 
Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida 
davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar, ya’ni, “davlat ichidagi davlatlar”
bo`lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo`linmalar faqat 
mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati 
mamlakatning butun hududiga o`z ta’sirini, yurisdiktsiyasini tanho o`tkazadi. 
Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya-kredit va 
soliq siyosati amal qiladi. Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, 
Frantsiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol bo`la 
oladi.
Unitar davlatlarning alohida turi bo`lib, avtonom hududli unitar davlatlar
hisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo`ladi. Avtonom 
hududli unitar davlatlarga Xitoy (o`z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega –
Tibet, Ichki Mo`g’uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati), 
Ukraina (Qrim avtonom respublikasi), Daniya (Farer orollari va Grenlandiya) 
misol bo`ladi. 
Federativ davlat (lotincha so`zidan olinib, “ittifoq bilan mustahkamlash”
ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat – teng huquqli 
respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy 
birlashuvi asosida tashkil topadi.  
Tarixda yirik davlatlar vujudga keliishining ikki  yo`li bo`lgan. Har ikki yo`l 
bir necha yoki ko`pchilik alohida davlatlarning birlashuvidan boshlanadi. Birinchi 
yo`l muayyan iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy maqsadlarga erishish maqsadida 
shartnomaviy birlashuv (federatsiya yo`li); ikkinchisi – unitar davlatga iqtisodiy va 
madaniy chatishib ketadigan siyosiy qo`shilish yo`li. 
Federatsiya tushunchasi haqida ko`pchilikning tasavvuri va tushunchasi 
noxolis yoki mavhum bo`lib, ayrimlarning fikricha, federatsiyaga birlashish 
go`yoki, federatsiya tarkibidagi mavqei yuqori bo`lgan davlatga qaram bo`lib 
qolishni nazarda tutadi. Aslida, federatsiya turli tarixiy davrlarda bir necha kichik 
davlatlarning tashqi xavfdan mudofaalanish maqsadida birlashuvi natijasida 
yuzaga kelgan.  
Amerika Qo`shma Shtatlari bir necha mustaqil shtatlarning 1775 yilda 
Angliya mustamlakasiga qarshi kurashishda strategik maqsadlarda yagona 
federatsiyaga birlashganligi asosida tashkil topgan.   
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling