Davlat va huquq nazariyasi
Huquqqa legistik yondashuv
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquq shakli (manbai) tushunchasi va mazmuni
- Huquq shakllari(manbalari)ning turlari
- Normativ-huquqiy hujjat deganda
Huquqqa legistik yondashuv yuridik pozitivizm, normativizm kabi ko`rinishlarga ega. Ushbu yondashuvni ingliz mutafakkirlari T. Gobbs, J.Ostin, Germaniyada R.Iering, G.Kel’zen, Rossiyada G.F.Shershenevich va boshqalar asoslab bergan. Nomlari kayd etib o`tilgan mutafakkirlar turli tarixiy davrlarda yashab o`tgan bo`lishlariga qaramay, ular ilgari surayotgan quyidagi holatlar ularni o`zaro yaqinlashtiradi: a) huquq - davlat hokimiyatining mahsuli, hukmdorning buyrug’i, talabi va h.k.; b) davlat huquq bilan bog’liq bo`lmagan; v) davlat hokimiyati huquq ostida emas, balki undan ustun turadi; g) vujudga kelish nuqtai nazaridan davlat birlamchi, huquq esa ikkilamchidir va h.k. Huquqka legistik yondashuv huquqni o`rganishda ham o`ziga xos tarzda yo`l tutadi. U huquqni falsafiy talqinlardan, his-tuyg’u, orzu-istaklar va boshqalardan xoli tarzda tadqiq etish lozimligini uqtiradi. Jumladan, nemis huquqshunosi R.Iering davlat va huquq hodisalarini bilish metodologiyasida tavsiflash, tasnif va faktlar talqiniga alohida e’tibor qaratib, huquqiy hodisalarni tarixiy, tuzilish hamda funktsional jihatdan ko`rib chiqish lozimligini uqtiradi. Huquq shakli (manbai) tushunchasi va mazmuni –huquqning manbai deganda, umumiy ma’noda huquqning ifoda etilish shakli tushuniladi. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɇɟɪɫɟɫɹɧɰ ȼ. ɋ. ɂɡ ɢɫɬɨɪɢɢ ɩɪɚɜɨɜɵɯ ɭɱɟɧɢɣ: ɞɜɚ ɬɢɩɚ ɩɪɚɜɨɩɨ-ɧɢɦɚɧɢɹ //ɉɨɥɢɬɢɱɟɫɤɢɟ ɢ ɩɪɚɜɨɜɵɟ ɭɱɟɧɢɹ: ɩɪɨɛɥɟɦɵ ɢɫɫɥɟɞɨɜɚɧɢɹ ɢ ɩɪɟɩɨɞɚɜɚɧɢɹ. - Ɇ., 1978; ɒɭ ɦɭɚɥɥɢɮ. ɉɪɚɜɨ ɢ ɡɚɤɨɧ. - Ɇ., 1983. 41 Huquqshunoslikda «huquq shakli» va «huquq manbai» kabi o`xshash tushunchalar mavjud va ularning har biri o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ushbu tushunchalarning o`zaro nisbati hususida bahs yuritar ekanmiz, avvalambor, ularning etimologiyasiga e’tibor qaratish hamda o`zaro aloqadorligi va farqini aniqlab olish lozim. Yuridik adabiyotda ba’zan huquq shakli va manbai sinonim tushunchalar sifatida talqin etilsa, boshqa hollarda mazkur tushunchalarning bir- biridan keskin farq qilishi bayon etiladi. Huquq shakli – davlat bilan huquq o`rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Unda huquqning tashqi ifodalanishi tushuniladi. Huquq manbai deyilganda, huquq normasining paydo bo`lishi va amal qilishiga imkon beruvchi zamin (rezervuar) tushuniladi. Taniqli rus huquqshunosi G.F. Shershenovich Huquq shakli – ma’lum ma’noda huquqni o`zida aks ettiruvchi, uning oldingi vaqtda chiqarilgan manbai, ya’ni asosi deb ta’riflagan. Huquq tushunchasida maxsus huquqiy mazmunni emas, balki uning mavjud bo`lishining ichki shaklini ham tushunmoq lozim. Agar huquqning mazmuni bo`lib, umumiy yurish-turish qoidalari yig’indisi tushunilsa, uning ichki shakli har bir alohida huquq normasining tashkil topish usullari va barcha huquq normalarining bir tizimga birlashishini anglatadi. Huquqning tashqi shakli yoki manbai esa, davlat irodasini o`ziga xos tarzda rasmiylashtirish, shakllantirish usullari yig’indisidir. Huquq manbai tushunchasini uning tashqi ifodalash shakli nuqtai nazaridan tahlil qilinganda, normalar hokimiyat tepasida turgan xalq yoki ma’lum bir siyosiy kuchning irodasini qonun darajasiga ko`taruvchi vosita sifatida tushuniladi. Jamiyatning moddiy shart-sharoiti, huquqni yaratadigan kuch sifatida maydonga chiqadi. Shakl doimo mazmunga ega bo`lishi kerak, aks holda o`z qadr-qimmatini yo`qotadi. Yuridik adabiyotda keltirib o`tilishicha, huquq shakllari quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: u fuqarolar irodasini normativ tarzda mustahkamlashi zarur; mavjud ijtimoiy-iqtisodiy bazis bilan belgilanadi; xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy hokimiyatni ta’minlashi zarur; manfaatlarni ifodalashning eng demokratik shakli sifatida qonunlar ahamiyatini tasdiqlashi lozim. Har qanday ijtimoiy hodisa kabi huquq ham ma’lum shaklda o`z ifodasini topadi. Huquq shaklini tahlil etish xalq irodasini qonun darajasiga qanday usullar bilan ko`tarilganligini anglashga ko`maklashadi. Huquq shakli, davlat irodasining hamma uchun majburiylik usuliga qarab belgilanadi. Shunga qarab, huquqning to`rtta tarixiy shakli mavjud: huquqiy odat, yuridik pretsedent, normativ-huquqiy akt va normativ shartnoma. Huquq shakllari(manbalari)ning turlari – jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar ahloq, odat, an’ana, rasm-rusm va huquq kabi turli xil normalar asosida tartibga solinadi. Odat normalari asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish alohida ahamiyat kasb etadi. Odat – doimiy takrorlanishi natijasida kishilar ongida shakllangan xulq-atvor qoidasi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi manbalar tizimida odat va huquqiy odatni farqlash lozim. Kundalik turmushdagi barcha odatiy qoidalar ham huquqiy odat sifatida shakllanavermaydi. Ma’lumki, ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda odat normalaridan keng foydalanilgan va davrlar o`tishi bilan odat o`z o`rnini huquqqa 42 bo`shatib bera boshladi. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga bo`lish mumkin: birinchi bosqich – odatning mutlaq hukmronlik davri. Bu davrda jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlar odat orqali tartibga solingan, ya’ni bu davrda huquq umuman bo`lmagan, chunki bunda huquqni yuzaga keltiruvchi davlat ham bo`lmagan. ikkinchi boskich – odat va huquqning birgalikda amal qilgan davri. Bu davr-da davlat paydo bo`lib, asta-sekinlik bilan huquq normalari vujudga kela boshlagan, ya’ni huquq o`z-o`zidan, paydo bo`lib, zudlik bilan odat asosida tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan emas, aksincha bosqichma- bosqich, asta-sekinlik bilan odat o`rniga, davlat tomonidan yaratilgan huquq normalari kela boshlagan. uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlik davri. Bu davrda odat o`z o`rnini davlat tomonidan yaratilgan huquqqa bo`shatib bergan va hozirga qadar huquq to`la hukmronlik qilmoqda. Hozirgi vaqtda odat faqat huquq etarli tarzda tartibga sola olmayotgan bo`shliqlarni to`ldirish maqsadida qo`llanilmoqda. Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki u ma’lum bir guruh, sinf yoki butun jamiyatning manfaatlariga mos kelgan taqdirdagina, ijtimoiy foydali va davlat tomonidan qo`llab-quvvatlangan (ma’qullangan) holdagina huquqiy odat bo`lishi mumkin. Huquqiy odat, boshqa ijtimoiy normalardan o`zining davlat tomonidan tasdiqlangani, bajarilishining majburiyligi va davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanishi bilan ajralib turadi. Odat o`tmish bilan bugungi kunni bog’lab turadi. Jamiyatda shunday odatlar borki, davlat ularni qo`llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi. Masalan, ommaviy hashar tadbirlari, navro`z bayrami va boshqalar. Odat insonlar o`rtasida bir xil holatning ketma-ket takrorlanishi natijasida shakllanadi. Odatning davlat tomonidan ma’qullanishigina unga rasmiy, yuridik ahamiyat baxsh etadi, shunda u umummajburiy talabga aylanadi va u davlatning kuchiga tayanadi. Huquqiy odat huquqning tarixan tarkib topgan dastlabki manbai bo`lib, davlat paydo bo`lguniga qadar insonlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solgan. Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo`lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir. Mamlakatimiz misolida oladigan bo`lsak, O`zbekistonning mustaqillikkacha bo`lgan davrida «Navro`z», «Qurbon hayiti», «Ro`za hayiti» kabi diniy bayramlar odat tarzida, ayrim hollarda yashirin ravishda o`tkazilar edi. O`zbekiston mustaqilligini qo`lga kiritgach, yo`qotilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni tiklash maqsadida Respublika Prezidentining tashabbusi bilan «Navro`z», «Qurbon hayiti» va «Ro`za hayiti» kabi milliy qadriyatlarimizni rasmiy ravishda bayram sifatida e’tirof etib, shu kunlarni dam olish kunlari, deb e’lon qildi va mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida belgilab qo`yildi. Mamlakatimizdagi ayrim odat qoidalari, nafaqat huquqiy odatga, balki ummummajburiy bo`lgan xulq- 43 atvor qoidasiga aylantirildi. Huquq manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o`rni turli davlatlarda turlicha bo`lgan. Masalan, Angliyada huquqiy odat o`z kuchi bilan saqlanmasligi, balki davlatning kuchi bilan qo`llab-quvvatlab turilganligi haqida shubhaga o`rin yo`q. Huquqshunos olimlar o`rtasida huquqiy odatni davlat hokimiyatiga asoslanmasligi xususida alohida qarash mavjud, ular o`z fikrlarini quyidagi omillar bilan isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikricha, huquqiy odat davlat paydo bo`lmasdan oldin ham bo`lgan, chunki ibtidoiy jamiyat davrida ham odamlar va jamoalar o`rtasidagi ayrim ijtimoiy munosabatlar huquqiy odatga asoslangan holda tartibga solingan. Masalan, bir shaxsning qabilada o`rnatilgan tartib-qoidani buzishi, uni qabila oldida izza qilishga sabab bo`lgan. U og’ir qilmish sodir etgan taqdirda esa qabiladan haydab yuborilgan. Umuman, ko`rinib turibdiki, odat hukmron bo`lgan vaqtlarda davlatning majburlov kuchisiz ham ijtimoiy munosabatlar tartibga solingan. Huquqiy odat quyidagi xususiyatlarga ega: birinchidan, mahalliy ahamiyatga molik, chunki huquqiy odat uncha ko`p bo`lmagan bir guruh odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga soladi, ya’ni ma’lum bir urug’ yoki qabila irodasini o`zida ifoda etadi; ikkinchidan, huquqiy odat, qisman din bilan bog’liq bo`lib, ko`pgina munosabatlarni tartibga solishda dinga asoslanadi va tayanadi. Jumladan, o`z otasini urgan farzand nafaqat qonun bilan jazolanadi, balki uning qilmishi bir vaqtda og’ir gunoh sanalib, xudoning qattiq qahriga uchrashiga sabab bo`lishi e’tirof etiladi. Huquqiy odat huquq manbai sifatida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda hozirga zamon davlatlarida unchalik katta o`ringa ega emas va ayni vaqtda o`zining ijtimoiy ahamiyatini yo`qotgan. Huquqiy odat hozirgi vaqtda, asosan er, meros, nikoh va oilaviy munosabatlarni tartibga solishda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ayrim davlatlarida qisman qo`llanilmoqda. Tarixdan shu narsa ma’lumki, huquq shakllarining roli sud amaliyotiga borib taqaladi. Yuridik pretsedent huquq shakli (manbai) sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda dunyoning anglosakson huquqiy tizimiga asoslanuvchi davlatlarida yuridik pretsedentning huquq manbai sifatida o`rni beqiyosdir. Ammo Evropa qonunchiligi va roman-german huquqiy tizimiga mansub davlatlar sud amaliyotini huquq shakli sifatida tan olmaydilar. «Pretsedent» – lotincha so`zidan olingan bo`lib, «ilgarida bo`luvchi», «oldinda boruvchi» degan ma’noni anglatadi. Yuridik pretsedent deb, ma’muriy yoki sud organining muayyan ish bo`yicha chiqarilgan yozma yoki og’zaki qarorini, kelgusida xuddi shunga o`xshash ishlarni ko`rib chiqishda asos sifatida qo`llanishiga aytiladi. Yuridik pretsedent turlari shartli ravishda ma’muriy pretsedent va sud pretsedentiga bo`linadi. Ma’muriy pretsedent – ma’muriyatning jamiyatni boshqaruv sohasidagi ayrim ishlar yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o`xshash 44 ishga asos sifatida qo`llashi uchun xizmat qilishi tushuniladi. Sud pretsedenti – sud organining biror-bir ish yuzasidan qabul qilgan qarorini, kelgusida xuddi shunga o`xshash ishga nisbatan namuna tarzida qo`llashiga aytiladi. Huquqshunoslik umumiy ma’noda huquqiy pretsedent sifatida talqin etilsada, uning tarkibidagi sud yoki ma’muriy pretsedentlar bir-biridan keskin farq qiladi. Albatta, huquqning pretsedent shakli sifatida sud yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar yaratish huquqiga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda huquq o`zining murakkabligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, bu erda mansabdor shaxsning suii’stemollik qilishi ehtimoli saqlanib qoladi. An’anaga ko`ra sud qarorlari pretsedent sifatida quyidagicha bo`lishi mumkin: birinchisi, qonun va odat normalari to`g’ri kelmay qolgan taqdirda yangidan huquq normalari yaratiladi, bu inglizlarda original precedent deb nomlanadi, ushbu pretsedent normalari ijtimoiy munosabatlardagi yangi holatlarni tartibga soluvchi manba bo`lib xizmat qiladi. Bunda sud’yalar qonunchilikdagi mavjud bo`shliqni to`ldirish maqsadida huquq normasini yaratadilar. Roman-german huquq tizimiga mansub davlatlarda esa sud’yalar huquq ijodkorligi vakolatiga ega bo`lmay, faqatgina huquqni qo`llash bilan shug’ullanadilar. ikkinchisi, original (asl) normalarning ma’nosini tushuntirib beruvchi pretsedent ingliz tilida declaratoruo precedent deb nomlanib, u mavjud holatlarni tartibga soluvchi, asoslantiruvchi manba bo`lib, muayyan ish bo`yicha sudning oldin qabul qilingan hukmiga asoslangan holda boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun avvalgisini namuna, etalon sifatida qo`llaydi. Ikkinchi holatda so`z yangi norma haqida bormoqda. Nima uchun sud qarori pretsedent sifatida normaga aylanishi mumkin? Chunki, hayotda huquqdan tashqari pretsedent ham katta rol’ o`ynaydi. Haqiqatdan ham, kishilar doimo hayotiy tajribaga asoslanadilar. Bu holat musulmon huquqidagi asosiy manbalardan biri – Hadisi sharifni eslatadi. Shunday qilib, sud qarorlari xususiy ishga taalluqli bo`lib, ikki yoqlama ahamiyatga ega bo`lishi mumkin: birinchidan, sud faoliyati natijasida ma’lum bir hodisani hal qilish mumkin; ikkinchidan, bu sud qarori kelgusida bo`ladigan hodisalarga ham xuddi shu qarorni namuna sifatida ishlatish imkonini beradi. Ikkinchi holda sud qarori huquq normasi bo`lib xizmat qiladi, chunki u oldingi qabul qilingan qarorga (pretsedentga) asoslanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, sud amaliyoti, ya’ni sud pretsedenti huquq shakli xisoblanadigan mamlakat Angliyadir, shu bois yuridik pretsedent bir vaqtda ingliz odat huquqi deb ham nomlanadi. Angliyada to`plamda yozilgan sud pretsedentiga asoslanish xuddi qonun moddasiga asoslangandek yuridik ahamiyatga ega. Bunga o`xshash holatlarni Evropa qit’asida uchratmaymiz. Masalan, Frantsiya huquqshunosligida, frantsuz yuristlari sud amaliyotini huquq normasi sifatida hech qachon tan olmagan. Ularning fikricha, sudning obro`si qanchalik baland, uning qarori qanchalik to`liq bo`lmasin, u hech qachon hamma fuqarolar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni yarata olmaydi. Shunisi e’tiborga molikki, roman-german huquq nazariyotchilari huquqning 45 pretsedent shaklini hech qachon tan olmaganlar, chunki ular sud va ma’muriy organlar huquqni ijod qilishlari emas, balki uni qo`llash faoliyati bilan shug’ullanishlari lozim, deb hisoblaydilar. Anglo-sakson huquqiy tizimiga kiruvchi davlatlarda sud’yalar tomonidan shakllantirilgan va sud pretsedentlarida ifodalangan normalar huquqning asosiy manbai bo`lib xizmat qiladi. Huquq ijodkorlik faoliyatining bevosita mahsuli – turli-tuman normativ- huquqiy hujjatlardir. Bunday hujjatlar huquq ijodkorligi sub’ektlarining yuridik normalarini ifodalaydi. O`zbekiston Respublikasida huquqni ifodalashning (bayon etishning) asosiy manbai, shakli normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar davlat tomonidan o`rnatiladigan yoki ma’qullanadigan huquqiy hujjatlarning alohida rasmiy turidir. Normativ-huquqiy hujjat deganda, davlat vakolatli organlarining ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy tusdagi qoidalarni o`rnatuvchi, o`zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorlik hujjati tushuniladi. Huquqning normativ hujjat shakli demokratik huquqiy jamiyat sharoitida mamlakat xo`jalik, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotiga davlat yo`li bilan rahbarlik qilishning eng maqbul shaklidir. Normativ-huquqiy hujjatlar o`zining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi: 1) normativ-huquqiy hujjatlar vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib, barcha uchun umumiy majburiy qoidalarni o`rnatadi, o`zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; 2) ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining xuquq va burchlari ifoda etiladi; 3) normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan takdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo`yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi. Yuridik ustqurma murakkab va serqirra bo`lganligi sababli normativ-huquqiy hujjatlar turli mezonlar bo`yicha turkumlanishi (tasnif qilinishi) mumkin. Bunday mezonlar quyidagilar bo`lishi mumkin: huquqiy tartibga solish predmeti yoki tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarning turi; huquq ijod etuvchi sub’ekt; huquqiy hujjatning yuridik kuchi; huquqiy hujjat amal qiladigan hudud; huquqiy-normativ hujjatning yuridik nomlanishi. Normativ-huquqiy hujjatlarni turkumlash usullari, uslublari va yo`llari ham turlichadir. Turkumlashning juda keng tarqalgan ilmiy usullari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: alifboli-predmetli ko`rsatkichlar; ierarxiyaga (pog’onali mutanosiblikka) asoslangan turkumlash, u oddiy va o`nliklar bo`yicha bo`linishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar ularni chiqaradigan davlat organlarining mavqei, hujjatlarning yuridik kuchiga ko`ra quyidagi turkumlarga bo`linadi: – qonunlar (Konstitutsiya va joriy qonunlar); – Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari; 46 – Hukumat qaror va farmoyishlari; – davlat va xo`jalik boshqaruv organlarining qaror, buyruq va yo`riqnomalari; – mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari. Ushbu turkumlashda keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning har biriga alohida-alohida to`xtalib, ularning xususiyatlari, o`zaro munosabatlari va farqlarini ko`rsatib o`tamiz. Qonun – normativ-huquqiy hujjatlar tizimida qonunlar asosiy o`rin egallaydi. Qonun huquqning eng muhim shakli bo`lib, unda huquqning hamma sifatlari mujassamlashadi. Albatta, «qonun» iborasi serqirra va ma’nodordir. Bu o`rinda so`z yuridik qonunlar xususida bormoqda. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori yuridik kuchga ega bo`lgan aktidir. Konstitutsiya (Asosiy qonun) qonunlar orasida asosiy o`rin egallaydi. Unda jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimi mustahkamlanadi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv mexanizmi, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari belgilab beriladi. Konstitutsiya jamiyatning huquqiy tizimini, butun qonunchilikning o`zagi va yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va printsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yo`lida chiqariladi. Qonun oliy yuridik kuchga ega. Bu sifat quyidagilarda namoyon bo`ladi: í qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim o`zgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini o`rnata olmaydi; í boshqa barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonunga qat’iy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; í biron-bir qonunosti normativ-huquqiy hujjat qonunga zid bo`lsa, u qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; í qonun oliy yuridik kuchga ega bo`lgan hujjat bo`lganligi sababli uni qabul qilgan organdan boshqa hech kim qo`shimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan to`xtatab ko`yishi mumkin emas. Qonun davlat nuqtai nazaridan eng muhim deb hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni mustaxkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasidir. Unda mazkur munosabatlardagi qonunlarning normativ majburiy xarakteri va siyosiy-huquqiy me’yori o`z ifodasini topadi. Qonunlar faqat siyosatning ifodasi, siyosiy chora bo`lib qolmay, beqiyos ijodiy va tarbiyaviy vazifani bajaruvchi katta ma’naviy boylik hamdir. O`zbekistonda qonun huquqning asosiy shakli bo`lib, u davlat oliy hokimiyat vakillik organi tomonidan maxsus belgalangan tartibda qabul qilinadi. U davlat muayyan holatlar (munosabatlar)ga tatbiq qilish uchun chiqaradigan, aynan o`xshash turdagi holatlarga takror-takror qo`llaniladigan, barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan umumiy qoidalarni o`z ichiga oluvchi normativ- huquqiy hujjatdir. Respublika qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumimizning, huquqiy davlat barpo etishning eng muhim printsiplari, rivojlanishimizning yo`nalishlari va dasturiy vazifalari o`z aksini topadi. Bunday muhim printsiplar, avvalo, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Masalan, davlat suvereniteti printsipi, xalq hokimiyatchiligi printsipi, inson huquqlarining ustuvorligi printsipi, 47 qonuniylik printsipi, demokratizm printsipi, davlat bilan shaxsning o`zaro burchdorligi printsipi, Konstitutsiya va qonunning oliyligi printsipi, hokimiyatlar taqsimpanishi printsipi, ijtimoiy adolat printsipi, qonun va sud oldida barchaning tengligi printsipi, aybsizlik prezumptsiyasi, fuqarolarning mahalliy o`zini o`zi boshqarish printsipi va boshqalar. Shunday qilib, qonun ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarining yuridik shakldagi tavsifini o`zida aks ettirgan va eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, bevosita xalq irodasini ifodalovchi, belgilangan tartibda davlat hokimiyatining oliy vakillik organi tomonidan yoki referendum yo`li bilan qabul qilinadigan va oliy yuridik kuchga ega bo`lgan normativ hujjatdir. Qonunning yuridik xususiyatlari ichida uning normativligi alohida ahamiyat kasb etadi. Normativlik qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ bo`lishi mumkin, biroq ular qonunchalik qat’iy kuchga ega bo`lmay, tezkor ijro etiluvchi yoki huquqni muhofaza etuvchi bo`lishi mumkin. Qonunning normativ hujjat ekanligi quyidagi ikki jihat bilan xarakterlanadi. Qonunning normativligi deganda, uning barcha uchun umumiy-majburiy qoida, davlat talabining ifodasi ekanligani ham tushunish lozim. Boshqacha aytganda, qonunning normativligi undagi bir xil qoidaning barcha uchun norma, me’yor, mezon darajasiga ko`tarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma o`xshash hollarda bir xil talab sifatida takror-takror amal qilaveradi. Har qanday huquq amalda bir-biriga teng bo`lmagan har xil odamlarga bir xildagi masshtabni tatbiq qilishdir. Bu erda “Norma” - lotincha “norma” so`zidan olingan bo`lib, me’yor, qoida, aniq ko`rsatma, namuna, o`lcham demakdir. Uning umumiy va mavhum tabiati ham ana shunda. Normativlik esa muayyan harakat, faoliyat va munosabatning faqat norma talabi asosida amalga oshirilishidir. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qat’iyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bog’liqdir. Aynan shu irodaning imperativ (bo`ysundiruvchi) mazmuni qonun vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi. Demak, qonunning normativligi: 1) uning davlat hokimiyat mazmunidagi oliy irodani ifoda etishida; 2) eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilganligi va bunday tartibga solishning qat’iy chegarasini belgilashida; 3) hamma uchun bir xil umummajburiy harakat qoidasini o`rnatishida va lozim bo`lganda, davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanganligida; 4) maxsus vakolatli davlat organi tomonidan alohida belgilangan tamoyil asosida yaratilishidadir. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling