Davlat va huquq nazariyasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- X. T. ODILQORIEV, SH. N. BERDIYAROV, I. E. XOJANAZAROV YURIDIK TAYYORGARLIK KURSINING “DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI” BO`LIMI BO`YICHA
- Odilqoriev X.T., Berdiyarov SH.N., Xojanazarov I.E.
- T a q r i z c h i l a r : yuridik fanlar doktori, dotsent M.A. Axmadshaeva yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.P. Azizov
- 1-MAZU: DAVLAT TUSHUNCHASI, SHAKLLARI, FUNKTSIYALARI, APPARATI Reja
- 1. Davlat tushunchasi, belgilari va shakllari
- «Davlat – huquq asosida uyushgan
- Davlat va huquqning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar va ularning tavsifi.
- 2) Tabiiy huquq nazariya.
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlanadi YURIDIK TAYYORGARLIK KURSINING “DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI” BO`LIMI BO`YICHA O`QUV-METODIK QO`LLANMA Toshkent 2 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D E M I Y A X. T. ODILQORIEV, SH. N. BERDIYAROV, I. E. XOJANAZAROV YURIDIK TAYYORGARLIK KURSINING “DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI” BO`LIMI BO`YICHA SERJANTLAR TARKIBINI TAYYORLASH BO`YIChA OLIY KURSLARI UCHUN O`QUV-METODIK QO`LLANMA Toshkent - 2011 3 Odilqoriev X.T., Berdiyarov SH.N., Xojanazarov I.E. Serjantlar tarkibini tayyorlash bo`yicha oliy kurslari uchun Yuridik tayyorgarlik kursining “Davlat va huquq nazariyasi” bo`limi bo`yicha o`quv-metodik qo`llanma. – O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011. – 130 b. ȻȻɄ 67ɹ73 Ɉ- 44 T a q r i z c h i l a r : yuridik fanlar doktori, dotsent M.A. Axmadshaeva yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.P. Azizov. O`quv-metodik qo`llanma yuridik tayyorgarlik kursi bo`yicha o`quv dasturining davlat va huquq nazariyasi bo`limining mavzulariga monand bo`lib, ichki ishlar organlari xizmatlari uchun serjantlar tarkibini tayyorlashda davlat va huquq nazariyasi bo`yicha nazariy bilimlarini shakllantirishga mo`ljallangan. O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011. 4 K I R I SH Ma’lumki, davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida etakchi o`rinlarni egallab keladi. Shu bois unga mamlakatimiz va xo`rijiy yuridik adabiyotda katta e’tibor beriladi. Davlat va huquq nazariyasi davlat hamda huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va namoyon bo`lishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi, ularni ilmiy talqin etadi, ilmiy ta’rif va tavsifini yaratadi. Davlat va huquq to`g’risida nazariy bilimga ega bo`lish bu ikki hodisaning mohiyati va mazmunini, rivojlanish qonuniyatlarini, ularga ta’sir qiluvchi omillarni to`g’ri talqin qila bilish huquqni muhofaza etuvchi idoralarga mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Chunki, fuqarolik, ma’muriy, jinoiy, moliya, mehnat huquqi kabi huquq sohalarining maqsadi, mazmun – mohiyatini bilish uchun davlat va huquq nazariyasi fani fundamental asos bo`lib, davlat va huquqning tushunchasi, rivojlanishi va ularning faoliyat qilish tamoyillariga oid nazariy masalalarni o`rgatadi. Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning nihoyatda boy, serqirra, shu bilan birga murakkab, sirli olamiga kirishning kaliti bo`lib xizmat qiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqarash, ong hamda yuridik madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi davlat – huquqiy voqeliklar xususida muntazam tizimli bilimlar hosil qilish – mazkur o`quv kursining asosiy vazifasidir. O`rganish hamda tadqiqot doirasiga “davlat”, “huquq”, “qonun”, “demokratiya”, “hokimiyat”, “siyosat” kabi jozibali, murakkab hodisalarni qamrab oluvchi ushbu kurs huquqshunoslikning o`ziga xos qomusi sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqqa tegishli hodisa va jarayonlarining muhim, zaruriy va eng umumiy tomonlarini o`rganish orqali jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlarini tushuntirib berish, ijtimoiy hayot maqsadlarini aniqlash va ijtimoiy munosabatlarni davlat va huquq vositasida tartibga solish mexanizmlarini ochish, ularning rivojlanish istiqbollarini ko`rsatib berish masalalarini qamrab oladi. Bugungi o`zbek jamiyati o`zi uchun huquqiy davlat, inson huquqlari va shaxs erkinligi, demokratik fuqarolik jamiyati, siyosiy hurfikrlilik (plyuralizm), hokimiyatlar taqsimlanishi, qonun ustuvorligi, mustaqil sud hokimiyati kabi fundamental tushunchalarni qayta kashf etmoqda. Tan olish lozimki, jamiyat ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy hayotini zamonaviy ma’rifiy tamoyillar asosida isloh etishda davlat va huquq benihoya katta rol’ o`ynaydi. Shu bois davlat tuzilishi, demokratik siyosiy tizimning mavjud bo`lishi, huquqiy munosabatlar oqilona tizimini tashkil etilishi ko`p jihatdan mamlakatimizdagi davlat – huquqiy institutlarning faoliyatiga bog’liqdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy islohotlar mustahkam huquqiy zaminga tayangan va qat’iy davlat – siyosiy ta’minlanish mexanizmlariga ega bo`lgan taqdirdagina samarali bo`lishi isbot talab etilmaydigan aksiomadir. “Mustahkam huquqiy negiz bo`lgandagina, – deydi I. A. Karimov, – o`zini oqlamagan eski tizimni to`la ishonch bilan qayta 5 qurish, madaniy bozor iqtisodiyotiga ega bo`lgan yangi jamiyat qurish mumkin” 1 . Ayni vaqtda, davlatning faol tashkilotchilik va ijobiy bunyodkorlik roliga ham alohida urg’u beriladi. “Davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskorli bo`lishi, iqtisodiy taraqqiyotning etakchi yo`nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy – siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqish va izchil ro`yobga chiqarishi kerak” 2 . Mazkur o`quv-metodik qo`llanmani yaratishda mualliflar jamoasi nafaqat mustaqillik yillarida to`plangan davlat – huquqiy tajribamizga, konstitutsiyaviy tamoyillar va nazariy bilimlarga, balki umuminsoniy hamda milliy ma’naviy qadriyatlarga, hozirgi zamonda dunyoda mavjud davlatchilik va huquqshunoslik kontseptsiyalariga, shuningdek xalqimizning asrlar osha shakllanib kelayotgan boy huquqiy merosiga qat’iy tayandi. Bugungi kunda Prezident I.A. Karimov tabiri bilan aytganda “...yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo`lib qolmoqda” 3 . Davlat va huquq nazariyasi milliy istiqlol mafkurasi mohiyatidan kelib chiqqan holda kursantlarning huquqiy ongini va yuksak huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ular faoliyatida qonun ustuvorligi, qonunga hurmat va unga itoatkorlik ko`nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi. Mazkur o`quv-metodik qo`llanma serjantlar tarkibini tayyorlash bo`yicha oliy kurslari kursantlari uchun mo`ljallangan dastur asosida yozildi. O`quv-metodik qo`llanmada mavzular mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan itarzda joylashtirilgan. Mavzular, unda o`rganiladigan masalalarni kengroq yoritishga qaratilgan bo`lib, bu o`quvchilarga tegishli va zarur bilimlarni chuqurroq o`zlashtirish imkonini beradi. 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȼɚɬɚɧ ɫɚɠɞɚɝɨԟ ɤɚɛɢ ɦɭԕɚɞɞɚɫɞɢɪ. Ɍ.3. – Ɍ., 1996, 192 – ɛɟɬ. 2 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɲɚ ɚɫɚɪɞɚ, 178 – ɛɟɬ. 3 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɚɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. Ɍ.: ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ. 2010. íȻ. 16. 6 1-MAZU: DAVLAT TUSHUNCHASI, SHAKLLARI, FUNKTSIYALARI, APPARATI Reja: O`quv mashg’ulot rejasi: 1. Davlat tushunchasi, belgilari va shakllari. 2. Davlat funktsiyalari va ularning turlari. 3. Davlat mexanizmi (apparati), uning belgilari va printsiplari. 1. Davlat tushunchasi, belgilari va shakllari Davlatning mohiyatini tushunishda uch xil yondashuv mavjud: umumijtimoiy, sinfiy va siyosiy-huquqiy. Umumijtimoiy yondashuvga ko`ra, davlat – jamiyatning umumiy ishlarini boshqaradigan, uning rivojlanishini ta’minlaydigan, xilma-xil guruh va toifalarning manfaatlarini muhofaza etadigan, ijtimoiy kelishuv va muvozanatni saqlaydigan tashkilot. Sinfiy yondashuvga ko`ra, davlat – iqtisodiy jihatdan hukmron sinfning manfaatini himoya qiluvchi, majburlov apparatiga ega bo`lgan siyosiy tashkilot. Siyosiy-huquqiy yondashuvga ko`ra, davlat – ijtimoiy guruhlar o`rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib turuvchi, hamma uchun majburiy bo`lgan huquqiy normalar chiqaruvchi, jamiyatda yalpi huquqiy tartibotni ta’minlovchi siyosiy tashkilot. Albatta, uchala yondashuvda ham muayyan asos bor. Yanglishuv bir nazariy qarash boshqalaridan ustun qo`yilib, mutlaqlashtirilganda boshlanadi. Davlat — suverenitetga, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishning maxsus apparatiga ega bo`lgan, shuningdek, huquq normalari (qoidalari)ni yaratishga qodir bo`lgan ommaviy hokimiyatning siyosiy-hududiy tashkilot. Davlat — butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo`lgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo`lgan yagona siyosiy tashkilot. Davlat — jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruh, sinf va tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatini va o`zaro munosabatini tashkil etuvchi, yunaltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institut. Davlat — hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o`z siyosatini amalga oshiradi. «Hokimiyat», «davlat» va «siyosat» tushunchalari bir-biriga juda yaqin bo`lib, bir-birlarini taqozo etadi. Hokimiyat — o`zga kishilar xulq-atvori (irodasi) va faoliyatini butun jamiyat yoki alohida ijtimoiy guruhlar (shaxslar) irodasiga bo`ysundirish qobiliyati. Siyosat esa yunoncha «rolis» so`zidan olingan bo`lib, «davlat ishlari», «davlatni boshqarish san’ati» degan ma’noni anglatadi. 7 «Siyosat» hozirgi zamonda boshqaruv bobida oqilona qaror qabul qilish san’ati va qobiliyati, degan ma’noni bildiradi. Davlat – majburlov choralarini qo`llashda qonuniy huquqqa ega bo`lgan, tashkiliy rasmiylashgan hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy qatlam tomonidan o`rnatilgan yuridik tartib amal qiladigan muayyan hududda yashaydigan aholi tomonidan ta’sis etiladigan siyosiy tashkilot. Davlat va huquq hodisalari murakkab, uzoq tadrijiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini tushuntiruvchi turli-tuman nazariyalar mavjud. Davlat va huquq hodisalarining vujudga kelishi va taraqqiyotini turli tarzda talqin etilishi, quyidagilar bilan belgilanadi: birinchidan, davlat va huquqning vujudga kelishi jarayonining o`zi murakkab va serqirraligi; ikkinchidan, tadqiqotchilarning tafakkuri, e’tiqodi, manfaatlari va boshqa sub’ektiv omillar bilan bog’liqligi; uchinchidan, u yoki bu nuqtai nazarga tayangan holda davlat va huquqning dastlabki vujudga kelishi to`g’risidagi masalani buzib ko`rsatishlarning mavjudligi; to`rtinchidan, davlat va huquqning vujudga kelishidan keyin o`tgan vaqtning uzoqligi, faktik materiallarning saqlanib qolmaganligi. 1 Davlat va huquqning vujudga kelishi jarayonini o`rganish faqat nazariy ahamiyatga ega bo`lmasdan, shu bilan birga siyosiy-amaliy ahamiyatga ham egadir. Bu davlat va huquqning ijtimoiy tabiatini, mohiyatini, ularning xususiyatlari va belgilarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Ularga xos bo`lgan barcha funktsiyalarni aniq belgilab olishga, ularning jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyatini yanada aniqlab olishga yordam beradi. Qadimda vujudga kelgan davlatlarning har biri o`ziga xos tarzda takrorlanmas jarayonni bosib o`tgan. Shunday bo`lishiga qaramasdan, olimlar davlatlarning vujudga kelishida ko`p takrorlanadigan jihatlarni umumlashtirish asosida turli ta’limotlarni ilgari surganlar. Eng ko`p sub’ektiv fikr aynan davlat va huquqning kelib chiqish jarayonini talqin etishda yo`l qo`yiladi. Rus olimi G.F.Shershenevich, davlat va huquqning vujudga kelishini tushuntiruvchi ko`plab ta’limotlar mavjudligining sababini tushuntiradi. Uning fikricha, alohida olimlar uchun, davlat haqiqatda qanday paydo bo`lganligining ahamiyati yo`q, aksincha, oldindan kelib qo`yilgan fikrni asoslash uchun lozim bo`lgan davlatning vujudga kelish yo`lini qanday topish mumkinligi muhimdir. Taniqli davlatshunos L.Gumplovich ushbu holatga e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlaydi: agarda davlat tushunchasi, odatda siyosiy tendentsiyalarni ifodalash, siyosiy dasturlarni tasvirlash va siyosiy maqsadga erishish uchun bayroq sifatida xizmat qilgan bo`lsa, davlatning vujudga kelishi to`g’risidagi tarixiy masalada ham xuddi shunday buzilishlarga yo`l qo`yilgan. Ko`p hollarda «oliy g’oya»lar yo`lida u buzilgan holda talqin etilgan. Davlatning vujudga kelishi to`g’risidagi sof masala muayyan g’oya ustida qurildi, ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib izohlandi, boshqacha qilib aytganda, muayyan amaliy va axloqiy motivlardan kelib chiqib tushuntirildi Ularning talqinicha, axloq va inson 1 Ɉɛɳɚɹ ɬɟɨɪɢɹ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ ɢ ɩɪɚɜɚ. Ⱥɤɚɞɟɦɢɱɟɫɤɢɣ ɤɭɪɫ ɜ 2-ɯ ɬɨɦɚɯ. Ɉɬɜ. ɪɟɞ. ɩɪɨɮ. Ɇ.ɇ.Ɇɚɪɱɟɧɤɨ. – Ɍɨɦ 1. Ɍɟɨɪɢɹ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ. – Ɇ.: ɂɡɞɚɬɟɥɶɫɬɜɨ «Ɂɟɪɰɚɥɨ», 2000. – ɋ.30. 8 qadr-qimmatini saqlab turish uchun davlatning haqiqiy, tabiiy kelib chiqishini yashirish, buning o`rniga ko`plar uchun maqbul bo`lgan biror-bir qonuniy va insonparvar ta’limotni taqdim etish lozimdir. Huquqshunoslik adabiyotlarida davlat va huquqning vujudga kelishi jarayonining o`zi turli-tuman ekanligi ta’kidlanadi. Bunda bir tomondan, davlat va huquqning jamiyat hayotida ilk paydo bo`lish jarayonini farqlash talab qilinadi. Bu-jamiyatda hukm surgan davlat va huquqqacha bo`lgan hodisa, institut va muassasalarning emirilishi asosida davlat va huquq hodisalari, institutlari va muassasalarining shakllanish jarayonini ajratish lozim. Ikkinchi tomondan, oldin amal qilgan lekin qandaydir sabablarga ko`ra ijtimoiy-siyosiy sahnadan ketgan davlat-huquq hodisalari, institulari va muassasalari negizida yangi davlat-huquqiy hodisalari, institutlari va muassasalarining shakllanishi va rivojlanishi jarayonini farqlash kerak. 1 Huquqshunoslik adabiyotlarida Qadimgi Gretsiya, Misr, Rim va boshqa davlatlarda ilk davlat-huquqiy tizimlari jamiyatning qullarga va quldorlarga bo`linishi negizida vujudga kelganligi, O`rta Osiyo va Rossiyada esa tom ma’noda quldorchilik tuzumi mavjud bo`lmaganligi, ularda umumiy er egaligiga asoslangan davlat va huquq shakllanganligi e’tirof etiladi. “Davlat, – deydi mashhur rus olimi N.M.Korkunov, – erkin kishilarning ijtimoiy ittifoqi bo`lib, muayyan vakolatlar (majburlov) yordamida ta’minlanadigan osoyishta tartibotdir” 2 . Shunga o`xshash fikr G. Grotsiy asarlarida ham uchraydi. U davlatni “huquqqa rioya etish va umummanfaati yo`lida tuzilgan erkin kishilarning mukammal ittifoqi” 3 , deb ta’riflaydi. J.Lokkning talqinida: “davlat demokratiya yoki boshqaruvning u yoki bu shakli emas, balki lotincha «civitas» so`zi bilan ifodalanadigan har qanday mustaqil uyushmadir, ushbu so`zga “davlat” (“commbwealth”) so`zi mos keladi” 4 . Nemis falsafasining yorqin namoyandasi Immanuil Kant ham davlatning mohiyati borasida tahlil yuritib, shunday deb yozadi: “Davlat o`zi joylashgan erning xuddi o`zidek mulk emas, balki kishilarning o`zi xo`jayinlik qilib, o`zini o`zi boshqaradigan jamiyatdir” 5 . Mutafakkir boshqa bir asarida “Davlat huquqiy qonunlar himoyasida bo`lgan ko`pchilik odamlarning birlashmasidir” 6 , deydi. Davlatning mohiyatini tushunish bobida frantsuz mutafakkir Jan Boden o`z o`tmishdoshlari va zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketdi. U davlatni “suveren hokimiyat orqali ko`plab oilalar va ularga tegishli narsalar ustidan adolatli hukmronlik vositasi” sifatida tushunishni ilgari suradi. Davlat, – deydi J. Boden – suveren hokimiyatning odamlar ustidan amalga oshiradigan rahbarligidir. Uning ta’biricha, suverenitet davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir. Suverenitet g’oyasini T. Gobbs ham yoqlab chiqadi. Uning talqini quyidagicha: “Odamlarni qo`rquvda ushlab, ular harakatini ezgulikka 1 Ɉɛɳɚɹ ɬɟɨɪɢɹ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ ɢ ɩɪɚɜɚ. Ⱥɤɚɞɟɦɢɱɟɫɤɢɣ ɤɭɪɫ ɜ 2-ɯ ɬɨɦɚɯ. Ɉɬɜ. ɪɟɞ. ɩɪɨɮ. Ɇ.ɇ.Ɇɚɪɱɟɧɤɨ. – Ɍɨɦ 1. Ɍɟɨɪɢɹ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ. – Ɇ.: ɂɡɞɚɬɟɥɶɫɬɜɨ «Ɂɟɪɰɚɥɨ», 2000. – ɋ.30. 2 Ʉɨɪɤɭɧɨɜ ɇ.Ɇ. Ɋɭɫɫɤɨɟ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɟɧɧɨɟ ɩɪɚɜɨ. Ɍ.1. – ɋɉɛ., 1904. – ɋ.27. 3 Ƚɪɨɰɢɣ Ƚ. “Ɉ ɩɪɚɜɟ ɜɨɣɧɵ ɢ ɦɢɪɚ”. – Ɇ., 1956. – ɋ.74. 4 Ʌɨɤɤ Ⱦɠ. ɋɨɱɢɧɟɧɢɹ ɜ 3-ɯ ɬɨɦɚɯ. Ɍ.3. – Ɇ., 1956. – ɋ.388. 5 Ʉɚɧɬ ɂ. ɋɨɱɢɧɟɧɢɹ ɜ 6 – ɬɢ ɬɨɦɚɯ. Ɍ.4. – Ɇ., 1965. – ɋ.383. 6 ȸɲɚ ɠɨɣɞɚ, 270 – ɛɟɬ. 9 yo`naltirishga faqat barcha imtiyoz va kuchlarni bir odam yoki bir necha kishilik jamoa izmida jamlash orqaligina erishish mumkin. Agar ko`pchilik odamlarning birlashuvi (va boshqarilishi) shu tariqa ro`y bersa, bu davlat deb ataladi. “Suverenitetning sohibi aynan davlatning o`zidir, uning zimmasiga tinchlik- osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash yuklatiladi” 1 . Rossiyalik davlatshunos olim F. Kokoshkin davlat hokimiyatining majburlovga tayanganligini inkor etib, quyidagi mulohazani bildiradi: “Davlat ma’lum toifa insonlarning jamoasi emas, balki kishilar o`rtasidagi munosabatdir, ularning umumiy turmush kechirish shakli, ular o`rtasidagi muayyan ruhiy aloqadorlikdir” 2 . Davlat va uning mohiyati masalasiga Ivan Il’inning qarashlari ham g’oyat qiziqarli. “Uzoq tajriba, og’ir mashaqqatlardan aziyat chekkan insoniyat uyushgan majburlov tartibidan tashqaridagi hayotni sinab ko`rib, o`rta asrlarning xususiy huquqiy tizimi va ijtimoiy-huquqiy besaranjomliklarini boshdan kechirib, insoniyat nihoyat endilikda erkin va ixtiyoriy ittifoqqa asoslangan hayotni yakka hukmronlikka, majburlovga tayangan davlatdagi hayot bilan birga qo`shish mumkinligiga ishonch hosil qildi. Davlatning majburlov kuchi va uning serqirra va xilma-xil faoliyati to`g’ri tashkil etilgan taqdirda, insonning erkin ma’naviy hayotiga tazyiq o`tkazmay, balki uning uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi» 3 . Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin: «Davlat – huquq asosida uyushgan, yagona hudud ustidan hukmronlik qilish va yagona hokimiyatga bo`ysunish asosida birlashgan odamlarning umumiy ittifoqidir» 4 . «Davlat» iborasining to`la ma’nosi quyidagi ijtimoiy hodisalarning uyg’unligi va bir butunligida namoyon bo`ladi: a) hokimiyat va bo`ysunish munosabatlarining mavjudligi; b) hokimiyat majburlov choralarini qo`llashda tanho (suveren) huquqqa ega bo`lishi; v) yuridik mazmun va tartibning mavjudligi; g) boshqaruv va u tufayli nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi; d) tashkiliy uyushganlik. Shunday qilib, davlat – jamiyatdan mustaqil tuzilma emas, balki muayyan makon va zamonda mavjud huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy xulq-atvorning aniq shakli. Davlat – sezgi organlari yordamida aniqlash mumkin bo`lgan moddiy hodisa emas, balki jamiyat a’zolarining yuridik jihatdan tartibga solingan o`zaro bo`ysunish va boshqarilishini ifodalaydigan aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelik. Davlat to`g’risida so`z yuritganda, biz vakolatli organlar tomonidan odamlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini nazarda tutamiz. Demak, davlat odamlar xulq-atvorini qat’i huquqiy normalar yordamida majburiy tartibga solishdan iborat funktsiyani bajaruvchi murakkab ijtimoiy hodisadir. Davlat va huquqning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar va ularning tavsifi. Davlat va huquqning vujudga kelishi ko`p jihatdan insonlarning turmush tarzi, dunyoqarashi va ehtiyojlari tizimining shakllanishiga bevosita ta’sir ko`rsatgan 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ƚɨɛɛɫ Ɍ. ɋɨɱɢɧɟɧɢɹ Ɍ.2. – Ɇ., 1992. ɋ.133. 2 Ʉɨɤɨɲɤɢɧ Ɏ.Ɏ. Ɋɭɫɫɤɨɟ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɟɧɧɨɟ ɩɪɚɜɨ. – Ɇ., 1908. ɋ.3-4. 3 ɂɥɶɢɧ ɂ. ɋɨɛɪ. ɫɨɱ. ɜ 10-ɬɢ ɬɨɦɚɯ. – Ɇ., 1994. – ɋ. 111. 4 ȸɲɚ ɠɨɣɞɚ. 10 tabiiy shart-sharoitlar, iqlim, tuproq, suv, hududning suv havzalariga yaqin yoki uzoqligiga bog’liq bo`lgan. Shu bilan birga har bir avlod o`tmish ajdodlardan boy meros olish bilan birga, kelajak avlodlarga muayyan saboq qoldiradi. Shu orqali kelajak ijtimoiy hayotning rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatadi. 1) Diniy nazariya. Diniy (teologik) nazariya (yunoncha theos – xudo, logos – tushuncha, ta’limot, xudo to`g’risidagi ta’limotni anglatadi. Diniy ta’limotlar davlat va huquqning vujudga kelishi to`g’risidagi ilk ta’limotlardir. Davlatchilik va huquq shakllanishi bilan, uni diniy, ilohiy tarzda tushunish yuzaga kelgan. Avreliy Avgustin (354-430), al’-Mavardi (974-1058), Ibn Rushd (1126-1198), Foma Akvinskiy (1225-1274), Ibn Xaldun (1332-1406) kabi mutafakkirlar hamda yahudiylik, xristianlik va islom dini vakillari tomonidan davlat va huquqning kelib chiqishi diniy asosda tushuntiriladi. Qadimgi afsonalarda davlat va huquqning ilohiy tarzda kelib chiqishi ta’kidlanadi. Qadimgi Misr manbalariga ko`ra, azaldan hokimiyat odamlar orasida yashagan xudolarga tegishli hisoblangan. Ularning orasida bittasi eng qudratli bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan hokimiyat insonlar qo`liga o`tgan. Qadimgi Bobil va Hind muqaddas kitoblarida hukmdor hokimiyatining manbai xudolar hisoblanib, ular erdagi ishlar va inson taqdirini hal etganlar. 2) Tabiiy huquq nazariya. Ilmiy adabiyotda juda keng tarqalgan tabiiy huquq nazariyasi qadim zamonlarda vujudga kelgan nazariyalardan biri hisoblanadi. Tabiiy huquq nazariyasining paydo bo`lishi va uning rivojlanishi Qadimgi Yunon, Rim va Xitoy mutafakkirlari faoliyati va ijodi bilan bog’liq. Mazkur nazariyaning alohida qoidalari miloddan avvalgi V-IV asrlarda Qadimgi Yunonistonda faoliyat yuritgan sofistlar tomonidan rivojlantirilgan. Sofistlarning fikricha, insonlar paydo bo`lishlari bilan hech qanday qoidaga rioya qilmasdan yashaganlar, ammo keyinchalik o`zlarining xavfsizliklarini ta’minlash, o`zaro birlashib yashash uchun turli xil qoidalarni ishlab chiqishga majbur bo`lganlar. Qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun va Arastularning nuqtai nazariga ko`ra hamma qonunlar ham insonlar tomonidan qat’iy ravishda yaratilgan emas. Insonlar tomonidan yaratilgan qonunlardan tashqari «insonlar qalbida joylashgan ilohiy qonunlar ham mavjud». Boshqacha qilib aytganda, inson irodasiga bog’liq ravishda yaratilgan qonunlar, ya’ni davlat tomonidan chiqarilgan qonunlardan tashqari, inson xohish irodasiga bog’liq bo`lmagan qonunlar ham mavjud bo`lib, ular tabiiy huquqdan iboratdir. Bu qonunlar asosida boqiy, ajralmas ilohiy tartib hukmron bo`lib, ular nafaqat insonlar o`rtasidagi munosabatlarni, balki «butun dunyoni yaratilishini tartibga soladi». Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling