Davlat va huquq nazariyasi
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test savollari 1. "Davlat hududi" qachon paydo bo`lgan
- 2. Eng qadimgi odamlarning uyushmasi nima deb nomlangan
- 3. Davlatning paydo bo`lishi hakida diniy nazariya vakillarining fikri
- 4. Dunyoda davlat va huquqning paydo bo`lishi to`g’risida qanday ta’limotlar mavjud
- 5. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari nima
- 6. Davlat va huquq nazariyasi metodlari qaysi turlarga bo`linadi
- 8. Yuridik fanlar sohalari nimalarni o`rganadi
- 9. Davlat va huquq nazariyasi quyidagi qaysi ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda
- 11. Davlat va huquq nazariyasi qanday fanlar jumlasiga kiradi
- 13. Quyidagilardan qaysi birida tarixiy-nazariy yuridik fanlar ko`rsatilgan
- 14. Davlat va huquq nazariyasi fan sifatida nimani o`rganadi
- 15. Metodologiya so`zining ma’nosi qanday izohlanadi
- 16. Davlat va huquq nazariyasi qaysi guruhlarga bo`linadi
- 17. Quyidagilardan qaysi biri ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi
- 18. Davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy printsiplari
- 20. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar uchun qanday fan hisoblanadi
- 2.1-MAVZU: HUQUQ TUShUNChASI, NORMALARI, MANBALARI, TIZIMI. HUQUQIY MUNOSABATLAR
- 1. Huquq tushunchasi, belgilari va uning manbalari. Huquq
- 1. Huquq - normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi.
- 2. Huquq - davlat tomonidan o`rnatilgan yoki ma’qullangan normalar tizimi.
- 3. Huquq - umummajburiy xususiyatga ega normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi.
- 4. Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Davlat tushunchasiga ta’rif bering? 2. Davlatning paydo bo`lish nazariyasi haqida nimalarni bilasiz? 3. Tabiiy huquq nazariyasi deganda nimani tushunasiz? 4. Huquqiy davlatning belgilarini sanab bering? 5. Davlat shakli deganda nimani tushunasiz? 6. Davlatning tuzulish shaklining qanday turlari mavjud? 7. Monarxiyaning qanday belgilari mavjud? 8. Cheklangan monarxiya bilan cheklanmagan monarxiyaning farqi? 9. Davlatning boshqarish shakli deganda nimani tushunasiz? 10. Prezidentlik, parlamentar hamda aralash respublikalarning o`xshash va farqli tomonlari nimalardan iborat? 11. Davlatning tuzilish shakli tushunchasi va turlarini aytib bering? 12. Siyosiy rejim va uning turlari? 13. Davlat funktsiyasi va ularning tasniflanishi? 14. Davlat mexanizmi (apparati), uning belgilari? Test savollari 1. "Davlat hududi" qachon paydo bo`lgan? 1. Davlat paydo bulmasdan oldin paydo bo`lgan 2. Insoniyat vujudga kelishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan 3. Erning paydo bo`lishi bilan hudud mavjud bo`lgan 4. Davlat paydo bo`lgandan keyin paydo bo`lgan 5. Davlat paydo bo`lishi bilan bir vaqtda hudud paydo bo`lgan 33 2. Eng qadimgi odamlarning uyushmasi nima deb nomlangan? 1. Urug’chilik tuzumi davri 2. Ibtidoiy odamlar to`dasi 3. Ibtidoiy urug’chilik tuzumi davri 4. Qabilalar ittifoqi tuzumi davri 5. Ibtidoiy jamoat tuzumi davri 3. Davlatning paydo bo`lishi hakida diniy nazariya vakillarining fikri? 1. Davlatni boylar yaratgan, chunki shu vaqtda davlat iqtisodiy jihatdan hukmron sinfni manfaatini uchun xizmat qilgan 2. Davlatni hech kim yaratmagan, balki u o`z o`zidan tabiiy ravishda paydo bo`lgan 3. Davlatni insonlar xudodan tilab olishgan 4. Davlat xudoning amri bilan yaralgan bo`lib, u xudoning erdagi vakili orqali boshqariladi 4. Dunyoda davlat va huquqning paydo bo`lishi to`g’risida qanday ta’limotlar mavjud? 1. Islomiy ta’limoti 2. Sotsialistik va kapitalistik ta’limot 3. Ijtimoiy va iqtisodiy ta’limotlar 4. Sharq va G’arb ta’limoti 5. Diniy va dunyoviy ta’limotlar 5. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari nima? 1. Davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy funktsiyalarini ifodalashga xizmat qiladi 2. Davlat va huquq hodisalarini o`rganishga yordam beruvchi usul va vositalar yig’indisi 3. Davlat va huquqning kategoriyalari, tushunchalarini qamrab oladi 4. Boshqa ijtimoiy va huquqiy fanlar bilan uzviy aloqadorlikni ifodalaydi 5. Hamma javoblar to`g’ri 6. Davlat va huquq nazariyasi metodlari qaysi turlarga bo`linadi? 1. Maxsus 2. Umumiy 3. Xususiy ilmiy 4. Umumilmiy 5. Barcha javoblar to`g’ri 7. Quyidagilardan qaysi biri davlat va huquq nazariyasining funktsiyasiga kirmaydi? 1. Bashorat qilish funktsiyasi 2. Siyosiy funktsiya 3. Iqtisodiy funktsiya 4. Evristik funktsiya 5. Mafkuraviy 8. Yuridik fanlar sohalari nimalarni o`rganadi? 1. Faqat davlat va huquq qonuniyatlarini o`rganadi 2. Huquq institutlarini amaliy masalalarni o`rganadi 34 3. Faqat huquq sohalarini texnik jihatlarini o`rganadi 4. Huquq sohalarini normativ, yuridik mazmunini o`rganadi 5. Davlat va huquqni nazariy jihatlarini o`rganadi 9. Davlat va huquq nazariyasi quyidagi qaysi ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda? 1. Tarix 2. Sotsiologiya 3. Mantiq 4. Falsafa 5. Barcha javoblar to`g’ri 10. Davlat va huquq nazariyasining predmetini nima tashkil qiladi? 1. Har hil shakldagi siyosiy munosabatlarini o`rganish 2. Faqatgina davlatni vujudga kelish tarixini o`rganish 3. jamiyat va shaxslar o`rtasidagi ruhiy munosabatlarni o`rganish 4. Davlat va huquqning paydo bo`lishi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini nazariy jixatdan o`rganish 5. Huquqning falsafiy qonuniyatlarini o`rganish 11. Davlat va huquq nazariyasi qanday fanlar jumlasiga kiradi? 1. Xalqaro huquqiy fanlar 2. Maxsus huquqiy fanlar 3. Tarixiy-nazariy huquqiy fanlar 4. Amaliy yuridik fanlar 5. Tabiiy huquqiy fanlar 12. Amaliy yuridik fanlar ko`rsatilgan variantni aniqlang? 1. Ma’muriy faoliyat 2. Sud tibbiyoti 3. Ma’muriy huquq 4. Kriminologiya 5. Jinoyat huquqi 13. Quyidagilardan qaysi birida tarixiy-nazariy yuridik fanlar ko`rsatilgan? 1. Sud psixiatriyasi 2. Davlat va huquq nazariyasi va tarixi 3. Jinoyat huquqi 4. Yuridik psixologiya 5. Fuqarolik huquqi 14. Davlat va huquq nazariyasi fan sifatida nimani o`rganadi? 1. Huquq falsafasi qonuniyatlarini 2. Bu huquq va tarix qonuniyatlarini o`rganuvchi fundamental fan 3. Bu davlat va huquqning paydo bo`lishi va inqirozga uchrashi sabablarini tarixiy jihatdan o`rganuvchi yuridik fan 4. Bu davlat va huquqning paydo bo`lishi, rivojlanishi va taraqqiy etishi qonuniyatlarini nazariy jihatdan o`rganuvchi fan 5. Siyosat masalalarni o`rganuvchi fan 15. Metodologiya so`zining ma’nosi qanday izohlanadi? 35 1. Fanni qiyosiy tarzda o`rganish 2. O`rganish va bilishning bir shakli 3. Fan to`g’risidagi ta’limot 4. Fanni o`rganish yo`li, usuli haqidagi ta’limot 5. Barcha javoblar to`g’ri 16. Davlat va huquq nazariyasi qaysi guruhlarga bo`linadi? 1. Huquqiy davlat nazariyasi va fuqarolik jamiyati nazariyasi 2. Yuridik javobgarlik nazariyasi va huquqni sharhlash nazariyasi 3. Qonunlar nazariyasi va davlatchilik nazariyasi 4. Davlat nazariyasi va huquq nazariyasi 5. Ijtimoiy normalar nazariyasi va huquqiy munosabatlar nazariyasi 17. Quyidagilardan qaysi biri ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi? 1. Matematika, geografiya va fizika 2. Ximiya, biologiya, zoologiya 3. Matematika, ximiya, siyosatshunoslik 4. Fizika, kriminalistika, tarix 5. Falsafa, mantiq, siyosatshunoslik 18. Davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy printsiplari? 1. Tarixiylik printsipi 2. Mantiqiylik printsipi 3. Barcha javoblar to`g’ri 4. Ob’ektivlik printsipi 5. Muntazamlilik printsipi 19. Quyidagilardan qaysi biri huquqshunoslik fanlari uchun metodologik ahamiyatiga ega? 1. Falsafa 2. Xalqaro huquq 3. Jinoyat huquqi 4. Jinoyat protsessi 5. Davlat va huquq nazariyasi 20. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar uchun qanday fan hisoblanadi? 1. Rahbariy 2. Boshqaruvchi 3. Umumlashtiruvchi 4. Yordamchi 5. Metodologik 36 2.1-MAVZU: HUQUQ TUShUNChASI, NORMALARI, MANBALARI, TIZIMI. HUQUQIY MUNOSABATLAR O`quv mashg’ulot rejasi: 1. Huquq tushunchasi, belgilari va uning manbalari. 2. Huquq printsiplari va uning funktsiyalari. 3. Huquq normasi tushunchasi va uning tuzilishi. 1. Huquq tushunchasi, belgilari va uning manbalari. Huquq – davlat tomonidan o`rnatiladigan va qo`riqlanadigan, mamlakat aholisining umumiy va shaxsiy manfaatlarini ifodalovchi va ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida amal qiluvchi umummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa bo`lib, turli-tuman nuqtai nazardan talqin etiladi. Eng mashhur yondashuvlarni umumlashtirib, huquq-erkin va teng sub’ektlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning tarixan shakllangan, undan chetga chiqish davlat majburlovi vositalari bilan bartaraf etilishi mumkin bo`lgan tartibning normativ ifodasi, degan xulosaga kelish mumkin. Huquqning davlat bilan uzviy aloqasiga asoslanib (ma’lumki, davlat hokimiyat-majburlov vositalari yordamida huquqni amalga oshirishni ta’minlaydi), ko`pincha huquqni davlat yaratadi, degan xulosaga kelinadi. Bunga ayrim normalarni davlat rasman tasdiqlashi va hatto o`z qonun ijodkorligi faoliyatida qabul qilishi ham turtki beradi. Bu holda huquqni davlat tomonidan qabul qilingan yoki tasdiqlangan va uning majburlov kuchi bilan ta’minlangan yuridik normalar majmui sifatida ta’riflash uchun asos paydo bo`ladi. Huquq-murakkab, serqirra va ko`p ma’noli hodisa. Birinchidan, umumijtimoiy ma’nodagi huquq (ma’naviy huquq, xalqlar huquqi va sh.k.), ikkinchidan, maxsus yuridik ma’nodagi, davlat bilan bog’liq yuridik vosita sifatidagi huquq farqlanadi. Huquq (sof yuridik ma’noda) – ijtimoiy manfaatlarni ifodalovchi, davlat tomonidan o`rnatiladigan hamda ta’minlanadigan va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yuridik normalar tizimi. Huquq nafaqat eng muhim, balki o`ta murakkab ijtimoiy hodisalar qatoriga kiradi. Rim yuristlari huquqning ma’nosini tushunish va uning jamiyat hayotidagi o`rnini aniqlashga harakat qilib, huquq mazmuni faqat bir belgi yoki xususiyat bilan cheklanmasligiga e’tiborni qaratgan edilar. Ulardan biri – Pavel huquq bir necha ma’noda qo`llanilishini qayd etgan: birinchisi – huquq «hamisha odilona va oqilona bo`lgan narsa»ni anglatadi – bu tabiiy huquq; ikkinchisi – huquq «muayyan davlatda hammaga yoki ko`pchilikka foydali bo`lgan narsa» ma’nosida keladi – bu fuqarolik (tsivil) huquqi. Tabiiy huquq qoidalari hozirgi zamon huquqshunoslik nazariyasi va amaliyotida o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Bu qoidalar ko`pgina davlatlarning konstitutsiyaviy qonunchiligida o`z aksini topgan. Masalan, O`zbekiston 37 Respublikasining Konstitutsiyasida «yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi» ekanligi bevosita ko`rsatilgan (24-modda). Shu tariqa mazkur huquq davlat yoki boshqa organ tomonidan in’om etilmasligi, balki hech kimga bog’liq bo`lmagan tabiiy sabablarga ko`ra mavjud bo`lishi ta’kidlangan. Huquqning mohiyati va mazmuni haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga, shuningdek uning ta’rifiga boshqa omillar ham katta ta’sir ko`rsatadi. Bunda huquqning jamiyat va davlat hayotidagi o`rni va ijtimoiy vazifasi bilan bog’liq omillar muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Ijtimoiy jihatdan huquq hech qachon mavhum bo`lmasligi umumiy tan olingan talabdir. «Umuman» huquq mavjud emas, u doimo aniq va konkretdir. Bu tabiiy bir holdir, chunki huquq azaldan ayrim sinf, millat yoki odamlar guruhi faoliyati natijasi sifatida vujudga kelmaydi va maydonga chiqmaydi, balki butun jamiyat hayoti mahsuli va uning tabiiy rivojlanishi natijasi hisoblanadi. Huquq – yuksak ijtimoiy qadriyat va butun insoniyat madaniyatining ko`rsatkichi. Bunga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umum jahon deklaratsiyasi, 1966 yil 16 dekabrda qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g’risidagi xalqaro pakt kabi davrimizning ulkan umuminsoniy ahamiyatga molik xalqaro hujjatlari ishonch hosil qilish imkonini beradi. Huquq butun jamiyat yoki, hech bo`lmasa, uning katta qismining manfaatlarini aks ettiruvchi qoidalar nafaqat xalqaro-huquqiy hujjatlarda, balki ayrim davlatlar tomonidan qabul qilinuvchi hujjatlar, chunonchi: konstitutsiyalar, qonunlar, ba’zi qonun osti hujjatlarida ham ifodalanadi. Amalda har bir davlat konstitutsiyasida butun jamiyat manfaatlariga tegishli talablar va qoidalar aks etadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, hammaning qonun oldida tengligi (18-modda), har kimning yashash huquqi (24-modda), erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (25-modda), mehnat qilish, dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish kabi huquqlari mustahkamlab qo`yilgan. Yuqorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, yuridik adabiyotlarda huquq tushunchasini ta’riflashga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Huquq haqidagi fikr-mulohazalar xilma-xilligi u haqda aniq tasavvurning shakllanish jarayoniga ta’sir ko`rsatuvchi ko`plab omillar mavjudligidan kelib chiqadi. Huquq ta’riflarining ko`pligiga ijobiy hodisa sifatida qarash kerak, chunki u huquqqa asrlar osha nazar tashlash, uni nafaqat turg’un holatda, balki (dinamikada) rivojlanish holatida ham ko`rish imkonini beradi. Biroq, bu hodisa kamchiliklardan ham xoli emas. Asosiy kamchilik ta’riflardagi farqlar tug’diradigan qiyinchiliklar, huquqni bilish va undan amalda foydalanishda yagona, izchil jarayonning yo`qligi bilan bog’liq. Huquq tushunchasiga ta’riflar ko`pligidan kelib chiquvchi qiyinchiliklarni bartaraf etishning bir necha yo`llari mavjud. Shunday yo`llardan biri huquq tushunchasining turli zamonlarda taklif qilingan ayrim ta’riflari asosida «barcha zamonlar» va «hayotning barcha holatlari» uchun yaroqli bo`lgan umumiy ta’rifni ishlab chiqishdan iborat, ya’ni huquqning eng muhim belgilari va jihatlarini 38 aniqlash va ko`rib chiqish lozim. Bu erda, eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatidagi huquqning belgilari to`g’risida so`z yuritilmoqda. Huquqqa turli yondashuvlarning tahlili uning quyidagi muhim xususiyatlari va belgilarini qayd etish imkonini beradi: 1. Huquq - normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Boshqa har qanday tizim singari, u ham bir tartibli, o`zaro uzviy bog’langan va o`zaro ta’sirga kirishuvchi qismlardan tashkil topadi. Tizimning ayrim tarkibiy qismlari o`rtasida yuzaga keluvchi aloqalar yagona maqsadlarga erishishga qaratilishi lozim. Har qanday normalar (xulq-atvor qoidalari) tizimi zamirida ob’ektiv va sub’ektiv omillar yotadi. Ob’ektiv omillar orasida muayyan mamlakatda huquqiy normalar tizimi vujudga kelishi va faoliyat ko`rsatishiga imkoniyat yaratuvchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy va boshqa omillar alohida o`rin egallaydi. Ayrim normalar ham, ularning tizimi ham amalda o`z-o`zidan, muayyan shaxslarning xohishi yoki ko`rsatmasiga binoan vujudga kelmaydi, ular jamiyat va davlat hayotining ob’ektiv ehtiyojlari ta’sirida vujuda keladi. Normalar tizimining vujudga kelish va faoliyat ko`rsatish jarayoni ob’ektiv omillar bilan bir qatorda sub’ektiv omillar ham mavjud bo`lishini nazarda tutadi. Bu erda muayyan mamlakatda ilmiy asoslangan huquqiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, qonunchilik ishlari rejalarini tayyorlash va bajarish, davlat organlarining huquq ijodkorligi, huquqni qo`llash va huquqni muhofaza qilish faoliyati jarayonida yuristlarning faol ishtiroki to`g’risida ham gap bormoqda. 2. Huquq - davlat tomonidan o`rnatilgan yoki ma’qullangan normalar tizimi. Jahonda turli ijtimoiy normalar tizimlari juda ham ko`p. Biroq, faqat huquqiy normalar tizimigina davlat tomonidan yaratiladi. Huquq normalarini o`rnatar ekan, davlat bevosita o`z vakolatli organlari orqali ish ko`radi. Huquqiy normalar tizimining davlat tomonidan o`rnatilganligi va ma’qullanganligi ularning davlatga to`la bog’liqligini va unga bo`ysunishini anglatadimi? Bu masalaga ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi yondashuvga ko`ra, huquq normalariga «davlat talablari» sifatida qaraladi. Bunda davlat huquq manbai sifatida ta’riflanadi. Davlat hokimiyati huquqqa tobe emas, balki undan ustun bo`lib qoladi. Shunday qilib, davlatga birlamchi, huquqqa - ikkilamchi hodisa sifatida qaraladi. Ikkinchi yondashuvga ko`ra, davlat, davlat hokimiyati huquqiy xususiyat kasb etadi. Davlat hokimiyati zamirida fakt emas, balki huquq yotishi kerak. Davlat, garchi u huquqiy hujjatlar qabul qilsa-da, huquqning manbai bo`lishi mumkin emas. Chunki, davlat hokimiyatining o`zi huquqdan kelib chiqadi, ya’ni uning vakolatlari huquq vositasida rasmiylashtiriladi. Davlat huquqdan emas, balki huquq davlatdan ustun turadi, uni muvozanatga soladi va chegaralaydi. Bundan tashqari, davlat va huquq o`zaro munosabatlari xususiyatiga nisbatan boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Bu yondashuvlar murakkabligi, har xilligi va ziddiyatliligiga qaramay, ularning aksariyati huquq normalari davlatning huquq ijodkorligi faoliyati bilan belgilanadi, davlat tomonidan qabul qilinadi yoki tasdiqlanadi, degan asosiy fikrga asoslanadi. 3. Huquq - umummajburiy xususiyatga ega normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Umummajburiylik (ya’ni, normativlik) huquq normalarida 39 ifodalangan talablar jamiyatning barcha a’zolari tomonidan bajarilishi shartligini anglatadi. U huquq normasi bilan birga yuzaga keladi, u bilan birga rivojlanadi va huquq normasi ifodalangan hujjat bekor qilinishi bilan bir vaqtda barham topadi. Umummajburiylik nafaqat oddiy fuqarolar, mansabdor shaxslar, turli nodavlat organlari va tashkilotlari, balki davlatning o`ziga nisbatan ham tatbiq etiladi. Basharti, huquqiy davlat, agar u og’izda emas, balki amalda ma’rifatli va huquqiy bo`lsa, u muqarrar tarzda o`zini va o`z organlarini huquq normalari talablarining umummajburiyligi bilan cheklaydi, o`z faoliyatini qonun talablariga qat’i muvofiq tarzda tashkil etadi va bu talablar ular ifodalangan normalar bilan birga belgilangan tartibda o`zgartirilmagunicha yoki bekor qilinmagunicha ularga rioya qiladi. 4. Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi. Huquq normalarida ifodalangan talablar buzilgan hollarda davlat majburlovi qo`llaniladi. Davlat o`zi qabul qilgan yoki tasdiqlagan hujjatlarga befarqlik bilan qaray olmaydi, u mazkur hujjatlarni amalga oshirishga katta kuch-g’ayrat sarf-laydi, ularni muhofaza qiladi va bajarilishini kafolatlaydi. Bunda keng qo`llaniladigan usullardan biri – ishontirish, ikkinchisi – davlatning jismoniy va ruhiy majburlovi hisoblanadi. Jismoniy majburlov deganda, huquq bilan nazarda tutiladigan, huquqiy tartibotni saqlash uchun jismoniy kuch va vositalar qo`llanishidan iborat bo`lgan zaruriy chora-tadbirlar tushuniladi. Ruhiy majburlov deganda, shaxs bo`ysunmagan holda qo`llanishi qonun bilan nazarda tutilgan choralarga yo`liqishdan qo`rqish birinchi o`rinda turadi. Aynan qo`rquv fuqarolarni o`z xulq- atvorini huquq qonun talablariga moslashtirishga ruhan majbur etadi. Davlat ishontirish va majburlovdan huquq normalarining qo`llanilishini ta’minlash uchungina foydalanadi. Boshqa barcha hollarda undan foydalanishning ehtimol tutilgan imkoniyatigina muttasil saqlanadi. Huquqning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini anglash ko`p jihatdan qadimgi grek va rim faylasuflari hamda huquqshunoslari nomi bilan bog’liq. Pifagor, Geraklit, Demokrit, sofistlar, Suqrot, Aflotun, Arastu, Polibiy, Tsitseron kabi qadimgi grek va rim faylasuflari ilk bora huquqni dunyoviy tushuntirishga, ularni falsafiy, ilmiy-amaliy, tarixiy-siyosiy nuqtai nazardan tadqiq etishga kirishganlar va ko`p jixatdan bunga muvaffaq ham bo`lganlar. Buni esa, ular ilgari surgan xamda chuqur falsafiy, tarixiy, siyosiy, huquqiy asoslab berilgan ta’limotlarning muhim qirralari, oradan 2000-2500 yil o`tganiga qaramasdan, bugungi kunda ham o`z dolzarbligini yo`qotmaganligi isbotlab turibdi. Qadimgi grek siyosiy-huquqiy ta’limotlari, davlatchilikning asta-sekinlik bilan qad ko`tarishi, insonlarning tabaqkalarga – ozod va qullarga bo`linishi sharoitida yuzaga chiqishiga qaramasdan, erkinlik g’oyasi sifatida vujudga keldi va shakllandi. Erkinlik qadimgi grek siyosiy-huquqiy nazariyasi va amaliyotining oliy qadriyati, bosh maqsadi va asosiy o`rganish predmetidir. Albatta, u davrda erkinlik, tom ma’nodagi erkinlik bo`lmay, jamiyatning tabaqalarga bo`linishiga asoslangan erkinlik hisoblangan. Qadimgi Rim huquqshunosi Ul’pian huquqni - (yustitia) haq, haqiqat, ya’ni har kimga o`ziga tegishli bo`lgan huquqni berishga qaratilgan doimiy va uzluksiz iroda sifatida tushuntiradi. Huquqiy adolatning umumiy tushunchasidan, u quyidagi huquqiy qoidalarni keltirib chiqaradi: vijdonli (to`g’ri so`z) bo`lish, 40 boshqa kishiga zarar etkazmaslik, har kimga o`ziga tegishli bo`lganini berish. Shundan kelib chiqib, u yurisprudentsiyani «ilohiy va insoniy ishlarni anglash, adolat va adolatsizlikni bilish» sifatida tavsiflaydi. Shunday qilib, Qadimgi Gretsiyada yurisprudentsiyaning falsa-fiy, tarixiy, siyosiy negizlariga jiddiy e’tibor berilgan bo`lsa, Rimda uning ilmiy-nazariy, amaliy-texnikaviy qirralariga alohida urg’u berilgan. Kishilik jamiyati xamda uning ajralmas tarkibiy qismlari bo`lgan huquq va davlatning keyingi rivojlanishi, yurisprudentsiyaning taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko`rsatdi. G’arbiy Evropada bir necha asrlar hukm surgan diniy mutaassiblikning liberalizm g’oyalari bilan almashishi bunga turtki bo`lib xizmat qildi. Akademik V.S. Nersesyants ta’kidlab o`tganidek, huquqiy ta’limotlar va yurisprudentsiya tarixi ikki shakldagi huquqni tushunish va huquqqa bo`lgan yondashuvlarning kurashidan iborat. Huquqni bunday tushunish va yondashuvni shartli ravishda yuridik (jus - huquq so`zidan olingan, huquq va qonunni farqlashdan kelib chiqadigan) hamda legistik (Lex - qonun so`zidan olingan, huquq va qonunni aynanlashtirishdan kelib chiqadigan) shakllarga bo`lish mumkin. Bunda ularning har ikkisi yoki birining u yoki bu xususiyatlarini o`zida mujassam etgan ko`plab oraliq shakllarning mavjudligi istisno etilmaydi. 1 Tilga olingan ikki shakldagi huquqni tushunishda ikki xildagi: huquqiy va legistik yurisprudentsiya kontseptsiyalari mos keladi. Bular: birinchisi, huquq va qonunni (pozitiv huquqni) bir-biridan farqlashga xamda huquqni yuridik tushunishga asoslanuvchi yurisprudentsiya, bu tegishli tarzda davlatning yuridik tushunchasini xam o`zida qamrab oladi; ikkinchisi, huquq va qonunni (pozitiv huquqni) aynanlashtiruvchi va qonunni legistik tushunishga, o`zida davlatning legistik tushunchasini ham qamrab olishga asoslanuvchi yurisprudentsiyadir. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling