Davlat va huquq nazariyasi


Huquq printsiplari va uning funktsiyalari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana10.11.2020
Hajmi0.62 Mb.
#142922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi


2. Huquq printsiplari va uning funktsiyalari 
Xuquq printsiplari, hech mubolag’asiz, uning mohiyatini ifodalovchi asosiy 
mexanizmlardan birini, tag zamin o`zagi (sinch - umurtqasi)ni tashkil etadi. Ular 
butun xuquqiy materiyani í g’oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, jami 
huquqiy hayotga muayyan mantiq, mazmun-ma’no, sobitqadamlik, ichki 
mutanosiblik xamda uyg’unlik bahsh etadi. Yanada teranroq. ta’rif beradigan bo`lsak 
huquq printsiplarida, bamisoli, huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat 
ma’rifiy taraqqiyotining hosilasi o`zining mujassam ifodasini topadi. Printsiplar 

48 
huquq shakllanishida yo`nalish beruvchi mo`ljal, mezon vazifasini o`taydi. 
Hukuq printsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va 
harakatlanishining rahbariy g’oyasi, ibtido qoidasi, etakchi mezoni sifatida 
maydonga chikadi. 
Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o`z tasdig’ini topadigan huquq printsiplari 
jamiyatning butun siyosiy-huquqiy xayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga tulaligicha 
singib ketadi. Ular nafaqat huquqding moxiyatini, balki uning mazmunini tavsiflaydi, 
nafaqat uning ichki tuzilishi, statik xolatini, balki hukukni qo`llash jarayonini, huquq 
faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquq printsiplari normativ aktlarni 
tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish va chiqarishga, huquqiy 
talablarga rioya etish kafolatlari o`rnatilishiga nihoyatda katta ta’sir ko`rsatadi. 
Huquq printsiplari o`ziga xos tayanch tuzilma (konstruktsiya) bo`lib, unga 
nafakat huquq normalari, institutlari yoki tarmoklari, balki butun huquq tizimi 
asoslanadi. Mazkur rahbariy tamoyillar davlat idoralarining butun huquq ijodkorligi, 
huquqni qo`llash va huquqni muhofaza qilish faoliyati uchun yo`naltiruvchi mash’al
bo`lib xizmat qiladi. Ularga rioya etish darajasiga huquqiy tizimning barkarorligi va 
samaraliligi bevosita bog’liq. Huquq printsiplari umummajburiy tusga ega 
bo`lganligi sababli ular turli huquq tarmoqlari va institutlari, normalari va huquqiy 
munosabatlar o`rtasidagi, ob’ektiv hamda sub’ektiv huquq o`rtasidagi ichki 
birlikni, uyg’unlikni va o`zaro aloqadorlikni ta’minlashga ko`maklashadi. 
O`z mohiyati, tabiati jihatidan huquq printsiplari tasodifiy emas, balki 
jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan ob’ektiv tarzda 
belgilanadi. Bundan tashqari, ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq 
hukmron siyosiy va davlat rejimi, jamiyat siyosiy tizimining qurilish xamda amal 
kilish tamoyillari o`z ta’sirini o`tkazadi. 
Yuqoridagi fikr kundek ravshan, uni isbotlab o`tirishning xojati ham yo`q. 
Zero, aytaylik feodal huquqning tuzilish va harakatlanish printsiplari kuldorchilik 
huquqi yoki hozirgi zamonaviy huquq printsiplaridan tubdan farq kiladi. 
Shuningdeq rim huquqiga asoslangan bugungi kunimizdagi roman-german 
huquqining printsiplari islom dini arkonlariga asoslangan musulmon huquqi 
printsiplaridan farqlanishi barchaga ayondir. 
Huquq printsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va joriy 
qonunlarning muqaddimasida, moddalarida) mustahkamlanadi; ba’zan huquq
normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O`zbekistan Respublikasi 
Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqlari va davlat suvereniteti 
g’oyalariga sodiqlik printsipi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari 
ustunligini tan olish printsipi o`z aksini topgan. 
Shuningdek Konstitutsiyamizning bir kator moddalarida o`ta muhim boshqa 
huquqiy printsiplar mustahkamlangan. Ulardan ba’zilarini eslab o`tamiz: «davlat 
organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi» (2-
modda), «halk hokimiyatchiligi» (7-modda), «davlat hokimiyatining taksimlanishi»
(11-modda), «siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilmaxilligi» (12-modda), 
«Konstitutsiya va qonun ustuvorligi» (15 va 16-mod-dalar), «fuqarolarning qonun 
oldida tengligi» (18-modda) va xokazo. 
 
Xorijiy davlatlar tajribasi ham aynan shunday. Misol uchun Shvetsiya 

49 
Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq: «Shvetsiyada butun davlat hokimiyati 
halkdan kelib chiqadi. Shved halkining boshqaruvi fikrlarni erkin shakllantirish 
hamda umumiy va teng saylov huquqiga asoslanadi. Boshkdruv davlat tuzumi 
vositasi bilan, vakillik va parlament tizimi, va kommunal o`zini o`zi boshkarish 
orqali amalga oshiriladi».
Adolat va erkinlik huquq binosining tamal toshlaridir. Barcha printsiplar 
orasida ular alohida muhim o`rin tutadi. Adolat va erkinlik printsipi ko`pgina 
nufuzli halqaro normativ-huquqiy hujjatlarda, mamlakat ichki konunchiligida o`z 
tasdig’ini topgan. Fikrimizning dalili sifatida 1948 yilda qabul kilingan «Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarni keltirish mumkin. 
Huquq printsiplarini mazmuni, namoyon bo`lish jabhasi va xususiyatlariga 
qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqning tipi va 
harakatlanish ko`lamiga qarab quldorchilik, feodal, burjua va sotsialistik huquq 
printsiplari haqida gapirish mumkin. Shuningdek, huquq printsiplari o`z tabiatiga 
ko`ra ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ahloqiy, diniy va maxsus-yuridik 
turlarga bo`linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda umumiy va maxsus, sohaviy 
va tarmokdararo printsiplar to`g’risida fikr mulohazalar mavjud. 
Umumiy huquqiy printsiplar butun huquqiy tizim zaminida turishi bilan 
harakterlanadi. Bu printsiplar tahlili orqali u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining 
mazmun   moxiyati, tabiati, o`ziga xos xususiyatlari, xarakatlanish sifatlari 
hakida xulosa chiqarish mumkin. Bunday huquqiy printsiplar qatoriga kuyidagilar 
kiradi: 
1) Huquqni shakllantirish va amalga oshirishda demokratizm printsipi.
Mazkur printsip huquqni yaratish sohasida halqning, bevosita halq vakillari 
bo`lmish deputatlarning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy 
partiyalarning, fuqarolarning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni 
takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo`ladi. Huquqni amalga 
oshirish jabhasida demokratizm tamoyili huquqni qo`llovchi va hukukni muhofaza 
qiluvchi idoralarni tashkil etish va faoliyat yuritish tartibida, dastavval odil sudlovni 
amalga oshirish jarayonida, ularning fuqarolarga yaqinligida, aholi uchun yuridik 
yordamning realligi darajasida o`z aksini topadi. 
Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat kilinishi, oddiy fuqarolar 
davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar 
bo`lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap so`zlar yo xalkda xushomad qilish 
yoki oddiy siyosiy o`yin bo`lib qolaveradi»
2
.
2) Qonuniylik printsipi. Hukuq ijodkorligi jarayoni sub’ektlari tomonidan 
normativ-huquqiy aktlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, kabul qilish va 
nashr etish qonunlar, avvalo, Konstitutsiya asosida amalga oshiriladi. Qonuniylik 
tamoyilining asosiy ma’nosi shundaki, qonun chiqaruvchi idora-parlamentning 
ham, huquq ijod etuvchi boshqa idoralarning ham faoliyati qonun asosida qat’iy
amalga oshirilishi lozim. 
Sudlov jarayoni hamda huquqni amalga oshirishda ish ko`radigan barcha davlat 
idoralari va mansabdor shaxslar faoliyati ham batamom qonunga mos ravishda bo`lishi 
talab etiladi. Mazkur faoliyatda qonuniylik printsipi barcha mutasaddi idoralar, 

50 
mansabdor shaxslar hamda fuqarolar xatti-harakatida qonunga itoat etish, uning talabiga 
og’ishmay rioya qilishda namoyon bo`ladi. Qonuniylik umumiylik va yagonalik sifatlari 
bilan xarakterlanadi. Qonunga itoat etish barcha sub’ektlar uchun umumiy talabdir. Ayni 
vaqtda, qonundagi qar bir qoida huquqiy munosabatning barcha ishtirokchilari uchun 
yagona talab sifatida maydonga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, qonun ustuvor va 
butun mamlakat xududida yagonadir. U bir xilda tushunilishi va bir xilda bajarilishi 
lozim. 
3) Insonparvarlik printsipi. Buning ma’nosi shundaki, huquq jamiyat - inson - 
davlat o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va tartibga solishda adolat, insonni 
sevish, shaxsni e’zozlash va uning sha’nini qadrlash, unga hayot kechirish uchun 
munosib shart-sharoitlar yaratib berish nuqtai nazaridan kelib chiqadi. 
Huquqning insonparvarligi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan iqtisodiy 
hamda ijtimoiy tuzum shaxs uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyozlar yaratishini nazarda 
tutadi. Huquqda shaxsni tahqirlovchi, qiynovchi, unga nis-batan noinsoniy munosabatni 
mustahkamlovchi qoidalar bo`lishi mumkin emas. Mamlakatda vujudga keltirilgan 
kafolatlar tizimi fuqarolarni g’ayrihuquqiy xatti-xarakatlardan hamda ularning 
oqibatlaridan himoya qilishi kerak. 
Albatta, fuqarolar hukuq va erkinliklarining to`la kafolati faqat demokratik huquqiy 
davlat sharoitidagina bo`lishi mumkin. O`zbekistonda insonparvar huquqning shakllanishi 
mustaqillik davlat suverenitetining qo`lga kiritilishi hamda mustahkamlanishi davri bilan 
chambarchas bog’likdir. Xususan, O`zbekiston Konstitutsiyasida: oila jamiyat va davlat 
muhofazasidadir (63-modda). Ota-onalar o`z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish 
va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining 
vasiyligidan maxrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`kitishni ta’minlaydi (64-
modda). Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida 
g’amxo`rlik qilishga majburdirlar (66-modda), - deb ta’kid-langanligida naqadar 
insonparvarlik g’oyalari mujassamdir. Bunday insonparvarlik bilan yo`g’rilgan
huquqiy qoidalarni Oila kodeksida, Mehnat kodeksida, «Fuqarolar sog’lig’ini
saqlash to`g’risida», «Fuqarolarning pensiya ta’minoti to`g’risida»gi va boshqa 
qonunlarimizda ko`plab uchratish mumkin. 
4) 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi printsipi. O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq O`zbekiston 
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, 
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chikishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavkeidan 
qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab kuyiladi 
hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo`lishi shart. 
Mazkur printsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, davlatda 
barcha fuqarolar teng xolat va maqomga egaligi. Davlat o`z qonunlari bilan 
fuqarolarga bir xildagi sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir 
xildagi huquq va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha 
bo`ladi. Masalan, birov oliy o`quv yurtiga kiradi, ikkinchi fuqaro esa bu huquqdan 
foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu printsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligida 
ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda 
mustahkamlanadi. Bu-lar fuqarolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat 
qilish huquqi, bilim olish huquqi, meditsina yordamidan foydalanish huquqi, turar 

51 
joyga, xususiy mulkka ega bo`lish huquqi va xokazolardir. Uchinchidan, bu 
printsip fuqarolarning qonun oldida birdek, mas’ulligida ifodalanadi. Qonunni 
buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) o`z 
qilmishi uchun javob berishi shart. 
5) 
Davlat va shaxsning o`zaro mas’ulligi printsipi. Davlat bilan shaxs 
bir-birlari bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog’liq bo`lishlari lozim. 
Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlat boshkaruvining muhim talablaridan 
biridir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o`z ifodasini 
topgan: «O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan 
huquqlari va burchlari bilan O`zaro bog’likdirlar. Fuqaroning Konstitutsiya va 
qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud 
qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim hakli emas» (19-
modda). Ayni vaktda, davlat idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat va fukarolar 
oldida mas’uldirlar.
O`z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy itoat etishlari, 
jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqa kishilarning huquqlari, 
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, qonun bilan belgilangan 
soliqlarni to`lashlari lozim.  
Fuqarolar o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, 
davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur 
etkazmasliklari shart (Konstitutsiyaning 20-moddasi). Basharti, bir tomondan, 
davlat, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, ik-kinchi tomondan, fuqarolar o`z 
zimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridik javobgarlik kelib 
chiqadi. Bunday xollarda fuqaro davlat oldida, davlat esa (o`z mansabdor shaxslari 
va idoralari orqali) fuqaro oldida qonunda belgilangan majburiyatlarni o`taydi. 
Mazkur yuridik munosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishning 
zaruriy shartidir. Ta’bir joiz bo`lsa, bu erda gap «davlat suvereniteti» va «shaxs 
suvereniteti» ning o`zaro dialektik aloqadorligi, bog’liqligi xususida bormokda. 
Umumiy huquqiy printsiplar qatoriga, shuningdeq ijtimoiy adolat, teng 
huquqliliq huquq va majburiyatlar borligi, huquqning ustuvorligi kabilar kiradi. 
Maxsus-yuridik printsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy 
printsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotlarda maxsus-yuridik printsiplar toifasiga 
quyidagilar kiritiladi: 
1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi 
hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi; 
2) amaldagi ob’ektiv huquqni tashkil etuvchi normalarning ziddiyatsizligi va 
qonunning boshka normativ-huquqiy aktlardan ustunligi; 
3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq sohalari 
hamda institutlariga bo`linishi; 
4) ob’ektiv va sub’ektiv huquq o`rtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat 
o`rtasida, huquq bilan huquqning qo`llanishi o`rtasida mutanosiblik nisbatining mavjudligi 
printsipi; 
5) ijtimoiy erkinliq qonun va sud oldida tenglik teng huquqlilik printsipi; 
6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning yuridik kafolatlanganligi; 
7) teng yuridik mezon (mikyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi hamda 

52 
yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mutanosibligi; 
8) yuridik javobgarlikning faqat aybli huquqda xilof xatti-harakat (yoki 
harakatsizlik) uchungina qo`llanishi va ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda 
ko`rilib, uning aybi isbotlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik 
prezumptsiyasi printsipi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi); 
9) yangi yoki nisbatan og’irroq. yuridik javobgarlikni o`rnatayotgan qonunning 
orqaga qaytish kuchiga ega emasligi printsipi; jazolash tizimini insonparvarlashtirish. 
Tarmoqlararo huquqiy printsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmokdari 
doirasida amal qiladigan printsiplardir. Ko`pincha bunday prinpiplar bir-biriga 
yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va 
ma’muriy huquq soxalari; jinoyat-protsessual va fuqarolik-protsessual huquqi 
sohalari uchun umumiy bo`ladigan printsiplar). Aytaylik moddiy javobgarlik 
printsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo`llaniladigan 
tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik printsipi esa Jinoyat kodeksida hamda 
Ma’muriy javobgarlik to`g’risidagi kodeksda, bevosita ulardagi moddalarda aks 
ettirilgan. Aybsizlik prezumptsiyasi printsipi ham tarmoqlararo xarakterga ega. U 
jinoyat huquqi, ma’muriy xukuq jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlarda 
qo`llaniladi. 
Sohaviy huquqiy printsiplar faqat bitta konkret huquq sohasi doirasida 
harakatlanadi. Masalan, er huquqi uchun «erga egalik qilish shakllarining ko`pligi 
va ularning tengliga» printsipi, «erning fuqarolik muomalasida bo`lish» printsipi, 
«er ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» printsipi, «erda mustaqil xo`jalik 
yuritish va erdan foydalanuvchi sub’ektlarning tengligi» printsipi, «erdan 
maqsadga muvofiq foydalanish, erdan foydalanganlik uchun haq to`lanishi»
printsipi va xokazolar. 
Yana bir misol. Xo`jalik-protsessual (arbitraj-protsessual) huquqda quyidagi 
printsiplar rahbariy rol’ o`ynaydi: sud’yalarning saylab qo`yilishi, ularning 
mustakilligi va faqat qonunga buysunishi printsipi, ishlarni ko`rishda kollegiallik 
va yakkaboshchilikning qo`shib olib borilishi printsipi, ishlarni ko`rishda 
oshkoralik printsipi, ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi printsipi, nizolarni 
ko`rishda bahslashish, og’zakilik va bevositalik printsiplari. 
Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo printsiplarga tayanishdan 
tashqari faqat o`zigagina xos printsiplarga ham asoslanadi. Bu printsiplarning 
barchasi birgalikda nafaqat huquq sohasi uchun, balki butun huquq tizimining 
tuzilishi va xarakatlanishiga zamin bo`lib xizmat qiladi. 
Huquqning moxiyati va ijtimoiy vazifasi uning funktsiyalarida namoyon 
buladi.  Huquq funktsiyalari - ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta’sir etishning 
asosiy yunalishlari bo`lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat 
hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgalanadi. Hukuq avvalo, jamiyat hayotining 
turli jabhalariga - iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy
munosabatlarga ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy 
mazmundagi umumijtimoiy funktsiyalarni bajaradi. 
Huquq funktsiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 
birinchidan, xukuq funktsiyalari huquqning moxiyatidan kelib chikadi va 
uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgila-nadi. Funktsiya - huquq moxiyatining 

53 
ijtimoiy munosabat-lar mazmunida ifodalanishi (yoritilishi)dir; 
ikkinchidan, huquq funktsiyalari - ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishning 
shunday yo`nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijtimoiy xodisa 
sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chikadi; 
uchinchidan, funktsiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda etadi 
va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni 
bajarishga yo`naltiriladi; 
to`rtinchidan, huquq funktsiyalari uning ijtimoiy munosabatlar muayyan turini 
tartibga soluvchi faol xarakatining yo`nalishini aks ettiradi. Shu bois huquq 
funktsiyalarining muhim belgilaridan biri uning dinamizmi, harakatlanishi, ta’sir
etishidir; 
beshinchidan, huquq funktsiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning 
uzluksizligi, uzoq muddat harakatlanishini anglatadi. 
Sof yuridik nuqtai nazardan huquq funktsiyalarini ikki turga ajratish mumkin: 
regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo`riqlovchi) funktsiyalar. 
Huquqning regulyativ funktsiyasi jamiyat a’zolari yurish-turishi va hulq-
atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o`rnatishdan, ijtimoiy 
munosabatlarni yuridik tashkillashtirishdan, insonlar o`rtasidagi ijtimoiy aloqalarni 
uyg’unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funktsiya doirasida huquqiy 
ta’sirning yana ikki yunalishi haqida gapirish mumkin: regulyativ-statik  va 
regulyativ-dinamik huquqiy funktsiyalar. 
Huquqning regulyativ-statik ya’ni tartibga soluvchi-statik funktsiyasi 
deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga, ular mavjud xolatini, erishilgan 
darajasini mustahkamlashga, barqarorlashtirishga qaratilgan ta’sir etishi 
tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu huquqiy institutlar shaklida 
mustahkamlanishi huquqiy tartibga solish maqsadlaridan biridir. Ushbu funktsiya 
turli sub’ektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan, inson va fuqaroning 
asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlashda, davlat idoralari va mansabdor 
shaxslarning vakolatlarini belgilashda, jismoniy va yuridik shaxslarning 
huquqdorligini belgilashda namoyon bo`ladi. Huquqling mazkur funktsiyasida 
uning tabiati nihoyatda yaqqol aks etadi. Zero, fuqarolar va tashkilotlarga huquqiy 
vakolatlar beriladi, ular shu vakolatlar doirasida erkin, o`zlari istagancha faoliyat 
yuritadilar. Bu chegara qanchalik kengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat 
kiladilar. 
Tartibga soluvchi - statik funktsiya vakolat beruvchi va man etuvchi normalar 
orqali amalga oshadi, shu bois ular asosida tarkib topadigan munosabatlar passiv 
huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Bunday xolatlarda huquq sub’ektlari
o`zlari tashabbus ko`rsatib huquqiy faollik qilishlari mumkin. 
Huquqning regulyativ-dinamik ya’ni tartibga soluvchi - dinamik 
funktsiyasi  deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etib, ularning 
kelgusidagi rivojlanishini, o`zgarish hamda takomillashuvini belgilab berishi 
tushuniladi. Bu erda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi 
(dinamikasi)ni rasmiylashtiradi. Mazkur funktsiya majburiyat yuklovchi normalar 
vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikda fuqarolar zimmasiga qator 
majburiyatlar yuklatiladi: soliqlarni to`lash, harbiy burchni ado etish, mehnat 

54 
intizomiga rioya qilish, shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarish va xokazolar. 
Tartibga soluvchi-dinamik funktsiya faol toifadagi huquqiy munosabatlar shaklida 
ro`yobga chiqadi. Bular fukarolik, mehnat, ma’muriy, moliya va boshqa huquq 
sohalari institutlarida o`z aksini topadi. 
Huquqning regulyativ funktsiyasini amalga oshirishda keng tarqalgan usullar 
quyidagilardir: 
- huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy muomala layokatini 
belgilash; 
- fuqarolarning huquqiy maqomini belgilash (mustahkamlash) va o`zgartirish; 
- davlat idoralarining huquq va majburiyatlarini hamda mansabdor 
shaxslarning vakolatlarini belgilash; 
- yuridik shaxslarning huquqiy xolatini mustahkamlash; 
- huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi va bekor 
qiluvchi yuridik faktlarni belgilash; 
- huquq. sub’ektlari o`rtasida konkret huquqiy aloqani o`rnatish (tartibga 
soluvchi huquqiy munosabatlar); 
- konkret ijtimoiy munosabatlarga tatbiqan huquqiy tartibga solishning 
oqilona tipini belgilash. 
Yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, huquqning regulyativ 
funktsiyasini shunday ta’riflash mumkin. Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) 
funktsiyasi huquqning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo`lib, u xulq-atvorning 
ijobiy qoidasini o`rnatishda, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid 
munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida 
huquq sohiblariga sub’ektiv huquqdar berish va yuridik majburiyatlarni yuklashda 
namoyon bo`ladi. 
Ijtimoiy munosabatlarni qo`riqlash zaruriyati har doim mavjud bo`lgan va 
bundan keyin ham bo`ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza 
etish vositasi bo`lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo`nalishi huquqning 
qo`riqlovchi funktsiyasini tashkil etadi. 
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling