davlat VA huquq nazariyasi va tarixi
(kurs ishini tayyorlash bo’yicha )
METODIK KO’RSATMA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM , FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
DAVLAT HUQUQI VA BOSHQARUVI KAFEDRASI
davlat VA huquq nazariyasi va tarixi
(kurs ishini tayyorlash bo’yicha )
METODIK KO’RSATMA
TUZUVCHIlAR: AKAYEVA MARAPATXON
BOYMIRZAYEVA RAXIMAXON
Namangan - 2023 -yil
M.Akayeva, R. Boymirzayeva “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi modulidan kurs ishi tayyorlash bo’yicha” metodik ko’rsatma –Namangan.: NamDU nashri, 2023- yil. 28 bet.
Mazkur metodik ko’rsatma 60420100-Yurisprudentsiya (faoliyat turi bo’yicha) yo`nalishi 1- kurs talabalari uchun Davlat va huquq nazariyasi va tarixi o`quv moduli o`quv reja va o`quv dasturi asosida tuzildi.
Tuzuvchi: Yu.f.n.dosent.Akayeva Marapat Abduxalikovna
Katta o`qituvchi, Boymirzayeva Raximaxon Xoshimjonovna
Taqrizchilar: Chuboyeva Ozodaxon, NamDU yuridik fakulteti katta o’qituvchisi
Namangan viloyat advokatlar palatasi advokati M.Ibragimov
Mazkur metodik ko’rsatma Namangan davlat universiteti O`quv –uslubiy kengashi tomonidan 2023 yil ___ ________ kunida muhokamadan o`tkazilgan. Kengashning ___-sonli majlisi bayonnomasi tasdiqlangan va nashrga tavsiya qilingan
© NamDU “Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi
SO’ZBOSHI
Hurmatli talabalar! Ushbu uslubiy ko’rsatma davlat va huquq nazariyasi va tarixi fanidan talabalarga kurs ishini tayyorlash bo’yicha eng asosiy tushunchalar va konsepsiyalarni anglash uchun ishlab chiqilgan bo'lib, asosan fan bo’yicha kurs ishini tayyorlashni amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan. Davlat va huquq nazariyasi o’zining mustaqil yo’nalishiga ega bo’lib, ijtimoiy, shuningdek, yuridik fanlar tizimida muayyan o’rin tutadi. Davlat va huquq nazariyasi fanidan davlat masalasi keng qamrovli bo’lib, turli talqin va tadqiqlar asosida o’rganilgan. Huquqshunoslik, davlatshunoslik va yuridik amaliyotda davlat masalalari doimo chuqur tahlil etiladigan masalalardan hisoblanadi.Biz davlat va huquq asoslari fani bo’yicha kengroq ma’lumotga ega bo’lishni istagan talabalar ommasiga davlat masalalari bilan bog’liq ma’lumotlar, fikrlar va nazariyalarni qamrab olgan holda kurs ishini tayyorlashni e`tiborga olib, ushbu ko’rsatmanii tuzishda , uning ilmiyligi va ommabop bo’lishiga harakat qildik.
Davlatchilik tarixida uni qanday tushunish lozimligini aniqlashni Aflotun va Arastudan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ular tasavvuriga ko’ra, davlat siyosiy aloqalar vositasida muayyan bir tarzda birlashgan va o’zaro bog’liq odamlar jamoasidir. «Insonning o’ziga o’xshagan va ozod kishilar ustidan hukmronligini o’rnatuvchi hokimiyat»11 shu aloqalar asosini tashkil etadi, deb hisoblardi ular.Davlat haqidagi fan tarixi murakkab, serqirra jarayondir. Ushbu fan doirasida davlatchilik tabiati, tuzilishi va funktsiyalari haqidagi, davlatning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi to’g’risidagi bilimlar to’planib, boyib boradi. Davlat tushunchasi va mohiyatini ko’rib chiqishga kirishishdan oldin, ularning talqini turlicha bo’lib kelginiga e’tiborni qaratish joiz. Davlat mohiyatini ta’riflashga aynan shunday yondashuv Aflotun va Arastudan tortib, to ularning g’arbiy Ovrupadagi bugungi izdoshlarigacha bo’lgan nomarksistik ta’limotlarni asossiz ravishda idealistik, noilmiy qarash sifatida rad etib keldi. O’zaro farqlariga qaramay, ularning aksariyati davlatni ijtimoiy murosa va umumiy ezgulik yutug’i sifatida tushunishlari bunga sabab bo’lgan.Davlat umumiy qiyofasini yagona fuqarolik jamoasi, siyosiy uyushma sifatida tushunish Ovrupa huquqshunoslik fanida uzoq vaqt mustahkam o’rin egallab keldi. Umuman, bu borada Aflotun va Arastu izdoshlari ko’pchilikni tashkil etadi.Ular orasidan eng buyuklari - G.Grotsiy, J.Lokk va I.Kantlar nomini keltiramiz.
«Urush va tinchlik huquqi to’g’risida » gi asarida G.Grotsiy davlatni «huquqqa rioya yetish va umum manfaati yo’lida tuzilgan erkin kishilarning mukammal ittifoqi»2 sifatida ta’riflaydi.
J.Lokk ham davlatni qariyb xuddi shunday tushunadi. «Hukmdorlik to’g’risida ikki risola» asarida u o’z nuqtai nazarini shunday ifoda etadi: «Davlat deganda men hamisha demokratiya yoki boshqaruvning u yoki bu shaklini emas, balki lotincha «civitas» so’zi bilan ifodalagan har qanday mustaqil uyushmani nazarda tutaman, bizning tilimizda ushbu so’zga «davlat» “commnwealtx” so’zi mos keladi, u kishilarning shunday uyushmasini anglatadigan tushunchani yanada aniqroq ifodalaydi»3.
Ular orasida J.Boden o’zining «Davlat to’g’risida olti kitob» asarida davlatni «suveren hokimiyat vositasida ko’plab oilalar va ularga tegishli narsalar»4 ustidan adolatli hukmronlik sifatida tushunishni taklif etgandi. Atoqli frantsuz davlatshunosi, Arastu singari, davlat deganda odamlarning muayyan birligini qayd etsa-da, bu birlik endi davlatning asosiy, tizimlar tashkil etuvchi qismi sifatida maydonga chiqmaydi. U faqat davlat tomonidan harakat ob’ekti sifatidagina namoyon bo’ladi. Davlat esa, uning ta’kidlashicha, suveren hokimiyatning odamlar jamoasi ustidan amalga oshiradigan rahbarligidir. J.Bodengacha hech kim davlatni shunday tushunmaganini qayd etish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |