Kurs ishini tashkillashtirish
Kurs ishiga rahbarlik talabaga topshiriq berishdan boshlanadi.
Kurs ishi topshirig‘ini berishda asosiy bosqichlarni bajarish vaqtlari ko‘rsatilgan jadval tavsiya qilinadi. Kurs ishilarini taqdim etish muddatlari OTM rahbariyati tomonidan mazkur yo‘nalish o‘quv rejasiga mos holda belgilanadi.
Kurs ishi topshirig‘i ish rahbari imzosi bilan beriladi, kafedra jurnalida berilgan kun sanasi qayd qilinadi.
Kurs ishining ahamiyati, unga qo‘yiladigan talablar, amaliy qismining tarkibi va rasmiylashtirish, topshiriqni bajarish bo‘yicha umumiy topshiriqlar, uning hajmiga bo‘lgan talablar haqidagi ma'lumotlar mazkur fan bo‘yicha kirish ma'ruzasi o‘qilganda tushuntiriladi.
Kurs ishi, zaruriy uslubiy qo‘llanmalar, ma'lumotnomalar, maxsus adabiyotlar va kurs ishi namunalari bilan ta'minlangan maxsus auditoriyada bajariladi.
Kurs ishining rahbarlari oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
-talabaga kurs ishini bajarishda bevosita rahbarlik qiladi.
-raxbar kurs ishining rejasini talaba bilan birgalikda tuzadi va maqsadini aniqlab, talabaning ijodiy izlanishlarini mazkur rejaga muvofiqlashtirishga yordam beradi.
-talaba bilan birgalikda ilmiy tadqiqot usullarini aniqlaydi, o‘tkazilishi zarur bo‘lgan eksperementlar metodikasini, o‘tkazilishi muddatlarini muhokama etadi.
-rahbar talaba bilan birgalikda kurs ishini bajaralishi jarayonini taxlil qiladi, u tomondan ishlatiladigan ilmiy atamalar, shartli belgi va simvollarning qo‘llanilish tartibga rioya qilinishini nazorat qilib boradi.
Kurs ishlari amaldagi me'yoriy talablar asosida tayyorlanadi va bu talabaning kelgusida ilmiy ishlarini bajarish malaka va ko‘nikmalarini to‘la shakllantirishga yordam beradi.
Rahbarlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va yozma ravishda xulosalangan kurs ishlari semestrdagi reyting sessiyasidan 10 kun oldin kafedraga topshiriladi. Kafedra mudiri kurs ishni taqriz qilish uchun yetakchi dotsent yoki o‘qituvchiga topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |